Savdo korxonalarida soliq to’lovlarining hisobi
Savdo korxonalari davlatimizning soliq qonunchiligigako'ra. maqomi va yuritayotgan faoliyat turlari bo‘yicha har xil soliqlar, majburiy ajratmalar, to‘lovlar, ushlanmalarvayig‘imlarni toiaydilar. Chunonchi, chakana savdo, umumiy ovqatlanish ulguiji savdo korxonalari (ulguiji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi respublika ixtisoslashtirilgan ulguiji baza- kontoralari va ularning hududiy bazalaridan tashqari), joylashgan joyi va aholisining soniga qarab, belgilangan stavkalarda soliqqa tortiladigan bazadan yagona soliq to‘lovini to‘laydilar.
Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va ularning hududiy (viloyat, viloyatlararo vatumanlararo) bazalari belgikingan stavkalarda yalpi daromad solig‘ini vabudjetdan tashqari maqsadli fondlargaajratmalarnito‘lovchilari hisoblanadi. Savdo korxonalari hisoblanadigan avtomobillargayoqilg‘i quyush shoxobchalari (AYOQSH) belgilangan stavkalardayog‘ilg‘i iste’moli solig‘i hamda soliqqa tortiladigan bazadan yagona soliq to‘lovini to‘laydilar. Komissiyaga qabul qilingan tovarlar va konsignasiya tovarlari bo‘yicha vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi savdo korxonalari vositachilik haqidan belgilangan stavkalarda yagona soliq to’lovini to’lovchilari hisoblanadilar.
Yagona soliq to‘lovining hisobi
Soliq solish obyekti. Savdo korxonalarida yagona soliq to’lovining obyekti yalpi tushum hisoblanadi. Savdo korxonalarining yalpi tushumi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
tovarlarni realizasiya qilishdan sof tushum, ya ’ni sof tovar aylanmasi;
asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar:
undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida toianmagan qarzlar va xo‘jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari;
hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi foyda;
v) ishlab chiqarish va mahsulot (ish, xizmat)larni realizasiya qilish bilan bevosita bogliq boimagan operatsiyalardan, xizmat ko‘rsatuvchi va yordamchi xizmatlardan tushumlar sifatidagi boshqa daromadlar;
g) asosiy vositalar va boshqa mol-mulkni chiqib ketishidan daromadlar;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar;
tovar-moddiy boyliklarni qo'shimcha baholash (tovar-moddiy boyliklarni qo‘shimchabaholash summasi ular realizasiyaqilinishigaqarab soliq solinadigan yalpi tushumga kiritiladi;
j) boshqa shaxslardan tekinga olingan mol-mulk;
z) boshqa shaxslardan tekinga olingan moliyaviy yordam;
i) qisqa muddatli ijaradan daromadlar;
k) boshqa operasion daromadlar, quyidagi olingan daromadlardan tashqari (yetkazib beruvchilardan chegimialar ko'rinishidagi; ilgari chiqarib tashlangan xarajatlarni qoplash ko'rinishidagi; asosiy vositalarni tugatishda ilgarigi narxini arzonlashtirish summasidan oshadigan qo‘shimchabaholash summasi hisobiga);
Do'stlaringiz bilan baham: |