Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Download 1.4 Mb.
|
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)
moliyaviy faoliyatdan daromadlar:
olingan royaltilar va kapital transferti; 0‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatida ulush qo‘shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar bo‘yicha dividendlar va obligasiyalar hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektga tegishli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar; v) mol-mulkni uzoq muddatli ijara (lizing)ga berishdan olingan daromadlar (maija); g) chet el valutasidagi operatsiyalar bo‘yicha kursdagi farqdan daromadlar. Bunda, balansning valuta moddalarini qayta baholashda kursdagi farqdan daromad, musbat va manfiy kurs farqlari o‘rtasidagi saldo hisoblanadi. Manfiy kurs farqi summasi musbat kurs farqi summasidan oshib ketgan holda oshgan summa yagona soliq to'lovini hisoblab chiqarilayotganda soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi; qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholashlarni o‘tkazishdan daromadlar; moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar. favqulodda daromadlar. Yagona soliq to‘lovi stavkalari. Respublikamizning soliq siyosatiga muvofiq savdo korxonalari yagona soliq to‘lovini turli stavkalarda to‘laydilar. Chunonchi, 2009-yil uchun quyidagi soliq stavkalari belgilangan (28.1-jadval). 28.1-jadval Savdo korxonalari uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari (2009-yil uchun)
* Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va ularning hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalari bundan mustasno. Ular uchun О ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 8-iyundagi “Ixtisoslashtirilgan ulgurji bazakontoralarnisoliqqa tortish tartibini takomillashtirish to'g'risida” PQ-374- son qarorining amal qilishi saqlab qolinadi. Yagona soliq summasining hisob-kitobi va hisobi Yagona soliq to’lovi summasi soliq qonunchiligi hujjatlaridabelgilangan tartibda hisob-kitob qilinadi. Chunonchi, ushbu hisob-kitobga soliq solish obyektiga kiruvchi barcha tushum va daromadlar tafsilotni ifodalovchi jadvallar ilova qilinadi. Yagona soliq to’lovi summasini topish uchun hisob-kitobda maxsus «Soliq solish bazasi» ko‘rsatkichi (070-qator) ko‘zda tutilgan. Ushbu ko‘rsatkich jami sof yalpi tushum (050-qator) summasidan yalpi tushumdan chiqarib tashlanadigan summalarni (060-qator) ayirish orqali topiladi. Yalpi tushumdan chiqarib tashlanadigan summalarga savdo korxonalarida quyidagilar kiradi: davlat subsidiyalari; davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar; *to‘lov manbaidaushlab qolinishi lozim bo‘lgan dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlar; dividendlar ko‘rinishida olingan hamda dividend to‘lagan yuridik shaxsning ustav fondi (kapitali)gayo'naltirilgan daromadlar; *o'tganyillarning taqsimlanmagan foydasini ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirishda aksiyadorlar qo'shimcha aksiyalarning qiymati yoki aksiyalarning nominal qiymatini ko'paytirish tarzida olgan daromadlari; hisobot yilida aniqlangan o'tgan yillardagi foyda. Mazkur daromadlar qaysi davrda paydo bo'lgan bo'lsa, o'sha davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq shu davrdagi soliqlar va boshqa majburiy to' lovlar bo'yicha hisob- kitoblarni o'tkazishni hisobga olgan holda soliqqa tortiladi; olingan grantlar. ko'p aylanmaii qaytariladigan taraning qiymati, agar uning qiymati tovarlarni realizasiya qilishdan tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan bo'lsa; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa chegirmalar. Yagona soliq to'lovini to'lovchi avtomobillarga yoqilg'i quyish shoxobchalarida ushbu chegirmalardan tashqari soliq solish bazasi quyidagilarga kamaytiriladi: jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg'isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq summasiga; mahalliy budjetga o'tkazilishi lozim bo'lgan avtomobillarga yoqilg'i quyish shoxobchalari uchun belgilangan yuqori ustamasidan oshadigan chakana va xarid narxlari o'rtasidagi farq summasiga. Yagona soliq to'lovi bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan daromad turlari tafsiloti ushbu soliq to'lovi hisob-kitobiga ilova qilinadi. Yagona soliq to'lovi summasi savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan olib borilgan savdo faoliyati turlari bo'yicha ular uchun belgilangan soliq stavkasini har bir faoliyat turiga to'g'ri keluvchi soliq solish bazasi summasiga ko'paytirish orqali topiladi. Plastik kartochkalar bo'yicha olingan tushumga to'g'ri keluvchi yagona soliq to'lovi summasi ular bo'yicha tuzatilgan stavkada, ya’ni belgilangan stavkaning 10 foizga kamaytirilgan miqdorida topiladi. Yagona soliq to' lovi summasi yil boshidan boshlab o‘ sish tartibida hisob- kitob qilinadi. Jami hisoblangan soliq summasi va oldingi hisob-kitob summasi o'rtasidagi farq oxirgi hisobot davriga (chorakka) to'g'ri keladigan soliq summasini bildiradi. Ushbu summaga buxgalteriyada quyidagi yozuv beriladi: Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling