9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar”- ushbu schotning debetida yil mobaynida savdo korxonalarining moliyaviy faoliyatga doir boshqa xarajatlari, masalan moliyaviy investisiyalarni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar va boshqa xarajatlar aks ettiriladi Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu xarajatlarni ifodalovchi schotlarning kreditida (0600,5800,6990 va boshqa schotlar) aks ettiriladi.
Favquloddagi zararlar hisobi. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida favquloddagi zararlar hisobi 21 -son BHMSga muvofiq 9720 “Favquloddagi zararlar” schotining debetida hisobga olinadi. Bunda favquloddagi hodisalardan ko‘rilgan zararlarni ko‘rsatuvchi schotlar, masalan, 0100,0400,0700,1000,2900 va boshqa schotlar kreditlanadi.
Yil oxirida sotish tannarxiga kiritilgan xarajatlar, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyatdan olingan xarajatlar, favquloddagi zararlar hisobi schotlarining debetida to‘plangan summa ularning kreditiga va 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schotining debetiga yoziladi va shu asosda ular yopiladi.
27 J. Savdo korxonalarida yakuniy moliyaviy natijalarning hisobi
Savdo korxonalari faoliyatining yakuniy moliyaviy natijalarini ifodalovchi foyda (zarar)lar ko‘rsatkichlari boshqa turdagi korxonalardagidek «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risidaNizom»ga muvofiq aniqlanadi. Faqat, har bir foyda ko‘rsatkichini topishda bevosita savdo faoliyatiga doir ko‘rsatkichlar asos qilib olinadi. Chunonchi, savdo korxonalarida tovarlarni sotishdan olingan foyda (Fs) yoki zarar (Zs) sof tushumdan (St) sotilgan tovarlar tannarxini (S) ayirish orqali topiladi, ya’ni: Fs (Zs) = St -S, mos ravishda Fs = agar St > S , Zs = agar St< S
Savdo korxonalarining asosiy va umumxo‘jalik faoliyati turlaridan olgan foydasi (zarari), shuningdek soliqqacha foydasi (zarari) barcha tarmoq korxonalaridagi singari yaxlit belgilangan tartibda aniqlanadi. Ularning sof foydasi (Sf) yoki sof qoplanmagan zarari (Sz) soliqqacha foyda (Fst) yoki zarar (Zst) summasidan yagona soliq to‘lovi (Yast) summasini ayirish orqali topiladi, ya’ni:
Do'stlaringiz bilan baham: |