Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarning hisobi. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining moliyaviy faoliyatidan olingan daromadlari 21 -son BHMSga muvofiq quyidagi schotlarda hisobga olinadi:
9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar”;
9520 “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”;
9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar”;
9540 “Valuta kurslari farqlaridan olingan daromadlar”;
9550 “Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar”;
9560 "Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan olingan daromadlar”;
9590 “ Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar”.
Ushbu schotlarning kreditida nomlari yuqorida zikr etilgan
daromadlarning turlari hisoblash tamoyiliga muvofiq oldingi boblarda aks ettirilgan tartiblar singari aks ettiriladi.
Favquloddagi daromadlarning hisobi. 21-son BHMSga muvofiq favquloddagi daromadlarning hisobi 9710 “Favquloddagi foyda” schotining kreditida hisobga olinadi. Bunda favqulodda olingan yoki hisoblangan foydaning turini ko‘rsatuvchi schotlar (0100,0400,0700, 1000,2900 va boshqa schotlar) debetlanadi.
Barcha daromadlarni hisobga oluvchi schotlar hisobot davri oxirida 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schotining kreditiga yoziladi va shu asosda ular yopiladi.
Savdo korxonalarida xarajatlar hisobi
Do'stlaringiz bilan baham: |