Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Qurilish tashkilotlarida yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining hisobi


Download 1.4 Mb.
bet41/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

^ 5.2. Qurilish tashkilotlarida yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining hisobi
Qurilish tashkilotlarida yordamchi ishlab chiqarish deganda qurilish ishlarining olib borilishida bevosita va bilvosita ishtirok etadigan yordamchi hamda xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish bo’linmalarining faoliyati tushuniladi. Ularga, chunonchi, quyidagilar kiradi:

  1. qurilish materiallari, detallari, konstruksiya va moslamalarini tayyorlash sexlari (yog‘och materiallar, temir-tersaklar, beton, g‘isht plitalari, granit toshlar, bitum, asfalt va shu kabi boshqa materiallarga ishlov berish sexlari yoki ustaxonalari);

  2. energiyaning turli xillari (elektr energiyasi, bug‘ va boshqalar) bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatuvchi bo‘ linmalar;

  3. transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi bo‘linmalar (avtoxo‘jalik, garaj, ustaxonalar);

  4. ta’mirlash ishlarini olib boruvchi bo‘linmalar;

  5. qurilish ishlarini loyihalashtirish, tajriba konstruktorlik ishlarini olib boruvchi bo’linmalar.

  6. qurilish ishlari bilan band xodimlarga maishiy, tibbiy, sanitariya- gigiyena, ovqatlanishni tashkil qilish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish bo‘linmalari.

Yordamchi ishlab chiqarish xaraj atlarining yig‘ ma sintetik hisobi bosh kitobda 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schotida olib boriladi. Ushbu schotning debetida va kreditlanadigan korrespondensiyalanuvchi schotlarda (1000, 6710, 6520, 0200, 6000, 6990 va boshqalar) mos ravishda yordamchi ishlab chiqarishga ketgan material, ish haqi, ijtimoiy sug‘urta, amortizatsiya, turli xizmatlar va boshqa sarf-xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamlanadi. 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schotining kreditida yordamchi ishlab chiqarishdan olingan tayyor mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, qurilish materiallari, konstruksiyalar, moslama va

buyular, slumingdek ko‘rsatilganxizmatlargaketganjami saif-xarajatlarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Maxsus qurilish konstruksiyalari va moslamalarini yasash sexlari bo‘yicha tugallanmagan ishlab chiqarish mavjud bo‘lishi mumkin. Bu hollarda 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schoti qoldiqqa ega bo‘ladi. Qolgan hollarda ushbu schotning debetida to‘p!angan summa mos ravishdagi boshqa schotlarga o‘tkaziladi va u shu yo‘l bilan yopiladi. •
2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schotining yopilishi quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan aks ettiriladi:


  1. Download 1.4 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling