Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Qurilish ishlaridan olingan daromadlarni tan olish usullariga kirmaydi


Download 1.4 Mb.
bet50/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Qurilish ishlaridan olingan daromadlarni tan olish usullariga kirmaydi:

  1. yaxlit tugallanish usuli;

  2. tugallanish foizi usuli; v) bosqichli usul;

g) indeks usuli.

  1. Qurilish tashkilotlarida qurilish ishlaridan olingan daromad summasiga:

  1. QQS summasi kiradi;

  2. QQS summasi kirmaydi;

v) mol-mulk solig‘i summasi kiradi; g) aksiz solig‘i summasi kiritiladi.

  1. Subpudrat tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlar qiymati bosh pudratchi tashkilot uchun:

  1. daromad hisoblanadi;

  2. tannarxga kiritiladigan xarajat hisoblanadi; v) davr xarajati hisoblanadi;

g) yordamchi ishlab chiqarish xarajati hisoblanadi.

  1. Quyidagi yozuvlarning qaysi biri bosh pudratchi va subpudratchi tashkilot o‘rtasidagi barter operatsiyasi yuz berganligini ifodalaydi?

  1. Debet 9220 Kredit 1050;

  2. Debet 1050 Kredit 4010; v) Debet 6010 Kredit 4010; g) Debet 1050 Kredit 1050.

Adabiyotlar ro‘yxati

  1. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz - vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish. — Т.: 0‘zbekiston, 2010.

  2. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. “Norma” iqtisodiy—huquqiy ro'znoma №3 (288) 25 - yanvar 2011 yil.

  3. 0‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. -Т.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 2008.

  4. «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom». 0‘zR VMning 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan.

  5. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori «Qurilish sohasida hisobotni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2003-yil 24-sentabr, 4095-son.

  6. BHMS № 2 «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar». 0‘zR. AV tomonidan 1998-yil 26-avgustda ro‘yxatga olingan, № 483.

  7. BHMS № 21 «Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy-xo'jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma». O'zR. AV tomonidan 2002 yil 23 oktabrda ro‘yxatga olingan, № 1181.

  8. Bobojonov O., Jumaniyazov K. Moliyaviy hisob. - Т.: «Moliya», 2002.

  9. Voxidov S.V. va boshqalar. Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi xususiyatlari. - Т.: «0‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg‘armasi nashriyoti», 2004.

  10. To‘laxo‘jaeva M.M. va boshqalar. Moliyaviy hisob. — Toshkent, Pragma korporatsiyasi, 2004.

  11. Urazov K.B. Buxgalteriya hisobi va audit. Oliy o‘quv yurtlari uchun.

  • Т.: 0‘qituvchi, 2004.

  1. Urazov K.B. Investitsiyalarning buxgalteriya hisobi va soliqqa tortilishi.

  • Т.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, SBX gazetasi kutubxonasi, № 6, 2003.

  1. bob. QURILISH TASHKILOTLARIDA YAKUNIY

MOLIYAVIY NATIJALAR, SOLIQLAR VA MAJBURIY TO‘LOVLARNING HISOBI

    1. Qurilish tashkilotlarida yakuniy moliyaviy natijalarning hisobi

Qurilish tashkilotlarining yakuniy moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, ular olgan foyda (yoki zarar) hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlarning shakllanishi va hisobga olinishi respublikamizda «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risidanizom», Shuningdek 1,2,3 va 21 - sonli BHMSlar bilan tartibga solingan.
Ushbu me’yoriy hujjatlarga muvofiq qurilish tashkilotlari faoliyatining yakuniy moliyaviy natijalarini ifodalovchi foyda (zarar)lar quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
/.Sotishdan foyda (Fs) yoki zarar (Zs). Bu ko‘rsatkich quyidagicha topiladi:
Fs (Zs) = St -Ts
Bu yerda: St - sof tushum, Ts - sotish tannarxi.
Qurilish tashkilotlarining sof tushumi ular tomonidan bajarilgan qurilish ishlaridan olingan daromadlardan, shuningdek o‘zlari ishlab chiqargan tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlardan iborat boiadi. Bajarilgan qurilish ishlaridan olingan daromadlar hisobiga oldingi bobda batafsil to‘xtalgan edik. Quyida qurilish tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar hisobini yuritish tartibiga qisqacha to‘xtalarniz.
Qurilish tashkilotlarida ishlab chiqilgan tayyor mahsulotlar deganda maxsus sotish uchun ishlab chiqarilgan turli konstruksiyalar, moslamalar, detallar, qurilish materiallaridan yasalgan plitalar, sementli g ‘ isht-bloklar, eshik, dereza va shu kabi to‘ liq tayyor holga keltirilgan boshqa buyumlar tushuniladi. Ushbu tayyor mahsulotlar subpudratchilarning va boshqa tashkilotlarning buyurtmalari asosida, shuningdek aholi uchun erkin sotuvga chiqarish maqsadlarida ishlab chiqariladi.
Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish qurilish tashkilotlarining maxsus sexlari yoki yordamchi ishlab chiqarish bolinmalari tomonidan amalga oshiriladi. Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishga doir xarajatlarning hisobi 2000 «Asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schotlar» yoki 2300 «Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochiladigan alohida schotlarda olib boriladi. Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar qurilish tashkilotining hisob siyosatida belgilangan hisob bahosida 2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar» schotida hisobga olinadi. Hisob bahosi tayyor mahsulotlarning yakka o‘zini identifikatsiyalash (yoki buyurtmali) usulda aniqlangan reja (normativ) tannarxi yoki hiqiqiy tannarxi hisoblanadi.
Hisobot oyida ishlab chiqarishdan olingan tayyor mahsulotlarning omborlarga hisob baholarida kirim qilinishiga buxgalteriyada quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar»;
Kredit 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» yoki;
2310 «Yordamchi ishlab chiqarish».
Oy oxirida ishlab chiqarish xarajatlarining haqiqiy summasi aniqlangandan so‘ng tayyor mahsulotlarning turlari bo‘yicha ularning bir birligiga to‘g‘ri keladigan haqiqiy tannarxi kalkulyatsiya qilish yo‘ li bilan topiladi. Omborlarga qabul qilingan tayyor mahsulotlarning hisob baholaridagi qiymati va ularning haqiqiy tannarxi bo‘yicha qiymati o‘rtasidagi farq summasiga yuqoridagi buxgalteriya yozuvi qo‘shimcha tarzda (agar ularning hisob bahosidagi qiymat haqiqiy tannarxdan past bo‘lgan bo‘lsa) yoki qizil yozuv (stomo) usulida (agar ularning hisob bahosidagi qiymat haqiqiy tannarxdan yuqori bo‘lgan bo‘lsa) beriladi.
Tayyor mahsulotlar subpudratchi va boshqa tashkilotlarga shartnomalarda ko‘rsatilgan sotish baholaridajo‘natiladi. Sotilgan tayyor mahsulotlarga schot-faktura asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari beriladi:


  1. Download 1.4 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling