Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


sotish bahosidagi qiymatiga (QQSsiz)


Download 1.4 Mb.
bet51/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

sotish bahosidagi qiymatiga (QQSsiz):

Debet 4010 «Xaridor va buyurtmachilardar. olinadi gan schotlar»;
Kredit 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar».

  1. QQS summasiga:

Debet 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar»;
Kred it 6410 «Budj etga to‘ lovlar bo ‘yicha qarzlar».
Tayyor mahsulotlarning aholiga naqd pulga sotilishiga kirim kassa orderi asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari beriladi:

  1. sotish bahosidagi qiymatiga (QQSsiz):

Debet 5010 «Kassadagi milliy valutadagi pul mablag‘lari»;
Kredit 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar».

  1. QQS summasiga:

Debet 5010 «Kassadagi milliy valutadagi pul mablag4 lari»;
Kredit 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar».
Naqd va naqdsiz pu1 ga sotilgan tayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxi bo‘yichahisobdan chiqarilishigaquyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Debet 9110 «Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi»;
Kredit 2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar».
Sotilgantayyormahsulotlarbo‘yichaxaridorlarbilanhisob-kitoblarmng tahliliy hisobi 5-s qaydnomada ularning har biri bo‘yicha alohida-alohida yuritiladi.

  1. Asosiy faoliyatdan foyda (Faf) yoki zarar (ZAF). Ushbu ko‘rsatkichquyidagicha topiladi:

Faf (Zaf) = Fs (Zs) -Dx + Bod
Bu yerda: Dx- davr xaraj atlari; Bod - asosiy faoliyatdan olingan boshqa operatsion daromadlar.
Qurilish tashkilotlarining davr xarajatlari deganda ular tomonidan bajarilgan qurilish ishlari, ishlab chiqilgan tayyor mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlarni sotish, ma’muriy-boshqarish va boshqa operatsion faoliyatga doir xarajatlar tushuniladi. Ushbu xarajatlar ma’lum hisobot davrida yuz beradi, shuning uchun ular hisobot davri xarajatlari deb ham ataladi.
21 -son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlarida davr xaraj atlarining hisobi 9410 «Sotish xaraj atlari», 9420 «Ma’muriy-boshqaruv xaraj atlari», 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» va 9440 «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlari» schotlarida olib boriladi. Ushbu schotlarda aks ettiriladigan xarajatlarning tarkibiy elementlari «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida nizom»da keltirilgan. Chunonchi, qurilish tashkilotlarida sotish xarajatlarining asosiy moddalariga reklama xarajatlari, mahsulot, ish va xizmatlarni sotish bilan bogliq safar xarajatlari, ish va xizmatlarni sotishga oid xodimlarga hisoblangan ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, tayyor mahsulotlarni sotishga tegishli asosiy vositalarning eskirishi (amortizatsiyasi) summasi, transport xarajatlari va boshqalar kiradi. Sotish xarajatlari 9410 «Sotish xarajatlari» schotining debetida va bu xarajatlarning aniq turini ifodalovchi boshqa schotlarning (masalan, 1000,5010,5110, 6710,6520,6990 va shu kabilar) kreditida aks ettiriladi.
Ma’muriy-boshqaruv xarajatlariga qurilish tashkilotining boshqaruv apparati xodimlariga hisoblangan ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, amortizatsiya xarajatlari, safar xarajatlari, telefon aloqasi va boshqa shu

kabi boshqaruv bilan bog‘liq xarajatlar kiradi. Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari 9420 «Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari» schotining debetida va aniq xarajatlarni ifodalovchi boshqa schotlarning (0200,0500,1000, 5010,5110,6710,6520,6990) kreditidaaks ettiriladi.
9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schotida yil mobaynida qurilish tashkilotlarining umumxo‘jalik faoliyatiga doir davr xarajatlari (moddiy yordam, kompensatsiyalar, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv solig‘i, pensiya fondiga, yo‘l fondiga, maktablarni rivojlantirish fondiga majburiy ajratmalar, mulkni sotishdan va berishdan ko‘rilgan zararlar va boshqa shu kabi operatsion xarajatlar) aks ettiriladi. Bunda operatsion xarajatlarning aniq moddalarini ifodalovchi boshqa schotlar (1000,5010,5110,6400,6710, 6520,6990,9210,9220) kreditlanadi.
«Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlari» schotining debetida yil mobaynida qurilish tashkilotlarining kelgusi faoliyatini rivojlantirishga sarflangan davr xarajatlari (yangi ishlab chiqarishni va yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishga, boshqaruv tizimini yaxshilashga sarflangan va boshqa shu kabi operatsion xarajatlar) aks ettiriladi. Ushbu turdagi davr xarajatlari soliq qonunchiligiga ko‘ra kelgusi 10 yil ichida bir maromda soliq bazasidan maxsus hisob-kitob asosida chiqarib boriladi. Kelgusida soliq bazasidan chegirib boriladigan xarajatlar bu schotning debetida va boshqa schotlarning (masalan, 1000, 5110,5010,6010,6710,6520, 6990 va shu kabilar) kreditida aks ettiriladi.
Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlarini o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus balansdan tashqari 012 «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlari» schotida belgilangan muddatda ko‘rsatib boriladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling