Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblarni tashkil qilish asoslari. Reja
Download 56.59 Kb.
|
Qurulish mustaqil ta\'lim
- Bu sahifa navigatsiya:
- ≪akkord≫, ≪akkord-naryad≫
- Brigada azolariga dekabr oyida ≪A≫ obyektda bajargan
tasdiqlangan shtat jadvali, tarif razryadi, tarif razryadi bo‘yicha belgilangan
maosh, xodimlaiTiing haqiqatda ishlagan vaqti hisobi tabeli hisoblanadi. Ma’muriy-boshqaruv hamda injener-texnik xodimlarga hisobot oyida hisoblanadigan asosiy ish haqi ularga belgilangan maoshni shu oydagi ish kunlari soniga bo‘lish va haqiqatda ishlagan kunlari soniga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi. Hisobot oyida to‘liq ishlagan xodimlarga asosiy ish haqi belgilangan maosh miqdorida hisoblanadi. Mehnat va jamoa shartnomalarida ma’muriy-boshqaruv hamda injenertexnik xodimlarga erishilgan yutuqlar uchun qo‘shimcha tarzda mukofotlar berish ham ko‘zda tutiladi. Shu bois, vaqtbay shakl boshqachasiga vaqtbay-mukofotli shakl ham deb ataladi. Xodimlarga beriladigan mukofotning miqdori qurilish tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan belgilanadi. Ish haqi hisoblashning ishbay shakli bevosita qurilish ishlarini olib boruvchi xodimlar uchun qo‘llaniladi. Bunday xodimlarga ishchilar, maxsus mashina va mexanizmlarni boshqaruvchi mashinistlar, transport vositalarining haydovchilari. masterlar, prorablar, brigadirlar va boshqalar kiradi. Ushbu shaklda mehnatga haq to‘lash uchun asos bo‘lib qurilish tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan shtat jadvali, tarif razryadi, tarif razryadi bo‘yicha belgilangan maosh, bir birlik ish uchun tasdiqlangan mehnat haqi me‘yori (rastsenka), xodimlaming haqiqatda ishlagan vaqti hisobi tabeli, bajarilgan ish hajmi to‘g‘risidahisobotlar, bildirgi-naryadlar, ma’lumotnomalar va dalolatnomalar hisoblanadi. Qurilish ishlari, odatda, jamoa, ya‘ni brigada tomonidan bajariladi. Bajarilgan ishlar yaxlitjamoaning (brigadaning) mehnati sifatidatavsiflanadi. Mos ravishda hisoblangan ish haqi ham jami jamoa (brigada) uchun hisoblangan ish haqi hisoblanadi. Ish haqini hisoblashning bunday tizimi adabiyotlarda ≪akkord≫, ≪akkord-naryad≫ tizimi, deb ham e’tirof etiladi. Akkord tizimda hisoblangan asosiy ish haqi, mukofatlar va boshqa qo‘shimchalar dastlab jami brigada uchun yaxlit tarzda belgilanadi. Ish haqining jami miqdori brigada tomonidan haqiqatda bajarilgan ishning hajmini, bir birlik ish uchun belgilangan mehnat haqi me’yoriga (rassenkaga) ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Korxona rahbari buyrug‘i bilan belgilangan mukofot va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar ham yaxlit brigadaga tegishli hisoblanadi. Asosiy va qo‘shimcha ish haqlari brigada a‘zolarining o‘rtasida ulaming umumiy bajarilgan ishdagi hissasiga, ya’ni mehnatda ishtirok koeffitsiyenti (MIK)ga qarab taqsimlanadi. Ushbu koeiFitsient brigada kengashi majlisi qarori bilan belgilanadi va maxsus bayonnoma ko‘rinishida buxgalteriyaga taqdim etiladi. Misol. Brigada a'zolariga dekabr oyida ≪A≫ obyektda bajargan Download 56.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling