Qurilish va loyihalash ishlarini tashkil etish reja: Yurtimizda olib borilayotgan qurilish ishlari Loyihalash turlari


Download 23.36 Kb.
bet2/2
Sana23.12.2022
Hajmi23.36 Kb.
#1049039
1   2
Bog'liq
QURILISH VA LOYIHALASH ISHLARINI TASHKIL ETISH

Qurilish — moddiy ishlab chiqarishning yirik sohalaridan biri; turli maqsadlardagi bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish; ishni yuri-tish uchun foydalaniladigan hudud bilan birga qurilayotgan bino (inshoot); keng ma’noda yaratuvchilik jarayoni. Tugallangan va foydalanishga topshirish uchun tayyorlangan ishlab chiqarish korxonalari, turar joylar, jamoat binolari, inshootlari va boshqa ob’yektlar Q. mahsu-lotlari hisoblanadi. Q.da ishlab chiqarish sikli nisbatan uzun bo’lib (bir necha oydan bir necha yilgacha), ishlab chiqarish jarayoni turli obhavo sharoitida ochiq usulda olib boriladi. Pudrat va xo’jalik usulidagi Q.ni va montaj ishlarini, shuningdek, bino, insho-otlarni kapital ta’mirlash ishlarini qurilish tashkilotlari va maxsus tashkilotlar; loyihalash, loyiha-konstruktorlik va qidiruv tashkilotlari; foydalanishga topshirish va raz-vedkaparmalash tashkilotlari amalga oshiradi. Tiklanadigan ob’yekt xususiyatlariga ko’ra sanoat, transport, qishloq, suv xo’jaligi, uy-joy, kom-munal, ijtimoiy-madaniy va boshqa Q.larga bo’linadi.
Q. O’zbekiston Respublikasidagi moddiy ishlab chiqarishning eng muhim tarmoqlaridan birini tashkil etadi. Respublika iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tarkibida salmog’iga ko’ra Q. sanoat va qishloq xo’jaligidan keyin 3-o’rinda turadi. 2003 yilda yalpi ichki mahsu-lotning 4,5% (2000 yilda 6,1%), xalq xo’jaligida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning 4,8% (11,9 ming) Q. hissasiga to’g’ri keladi.
Q. xalq xo’jaligining barcha tarmoqlariga xizmat ko’rsatib, asosiy fondlarni qayta takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlaydi, xalq xo’jaligining maqbul tarkibini barpo etish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni maqsadga muvofiq joylashtirish, respublikaning yangi tabiiy boyliklarini o’zlashtirish, bo’sh mehnat resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarish ga jalb etishga yordam beradi. Respublikada Q. ishlari pudrat, sub-pudrat va qisman xo’jalik usullarida olib boriladi.
Q. industriyasi negizini davlat, aksiyadorlik, shirkat, xususiy, qo’shma va boshqa pudrat qurilishmontaj tashkilotlari, shuningdek, o’z moddiy-texnika va ishlab chiqarish bazasiga, malakali ishchi va mutaxassis kadrlarga ega bo’lgan korxonalar, transport va boshqa yordamchi xo’jaliklar tashkil etadi. O’zbekistonda qurilishmontaj kompaniyalari, korporatsiyalari, qurilish aksiyadorlik jamiyatlari va birlashmalari, quyi pudrat tashkilotlari, kichik korxonalar, qo’shma korxonalar, loyiha va ilmiy hamda qurilish sohasiga moslashtirilgan ilmiy tadqiqot institutlari faoliyat ko’rsatadi. Qurilishmontaj ishlarining deyarli barchasini ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari amalga oshiradi.
2003 yilda respublikaning asosiy kapitalini ko’paytirishga 1867,4 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi. Bu mablag’ning 1236,1 mlrd. so’mi (65,1%) ishlab chiqarish ob’yektlarini qurish, kengaytirish, takomillashtirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga yo’naltirildi. Barcha mulkchilik shakllaridagi Q. tashkilotlari tomonidan jami 808,1 mlrd.so’mlik Q. ishlari amalga oshirildi (shundan 717,4 mlrd. so’mi yoki 88,8% nodavlat mulkchilik shaklidagi Q. tashkilotlari hissasiga to’g’ri keladi).
Q. ishlari umumiy hajmidan 76,9% yangi qurilishlar, faoliyat ko’rsata-yotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga, 23,1% kapital, joriy ta’mirlash ishlariga to’g’ri keladi. O’rta va kichik biznesga mansub qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan Q. ishlari hajmi 350,4 mlrd. so’mni tashkil etdi (respublika bo’yicha bajarilgan qurilish ishlari umumiy haj-mining 43,4%).
Respublikaning turli mulkchilik shakllaridagi qurilish tashkilotlari va korxonalari ixtisoslashtirilgan korporatsiya, kompaniya, aksiyadorlik birlashmalariga uyushgan. Q. moddiy-texnika bazasining muhim tarkibiy qismini qurilish materiallari sano-ati tashkil etadi (qarang Kurshshsh materi-allari sanoati). Qurilishning qiymati va uni moliyalashtirish hajmlarini aniqlash, shuningdek, buyurtmachi va pudratchi o’rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirishga oid hujjat smetani anglatadi va u tayyor qurilish mahsulotining bahosini ifodalaydi.
Pudrat shartnomasida bajariladigan ishning bahosi yoki uni aniqlash usullari ko’rsatiladi. Pudrat shartnomasidagi ishning bahosi pudratchining chiqimlarini va unga to’lanadigan haqni o’z ichiga oladi. Ishning bahosi smeta tuzish yo’li bilan aniqlanishi mumkin. Ish pudratchi tomonidan tuzilgan smeta bo’yicha bajarilgan taqdirda, smeta buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab kuchga ega bo’ladi va pudrat shartnomasining bir qismi bo’lib qoladi. Ishning bahosi (smeta) taxminiy yoki qat’iy bo’lishi mumkin. Pudrat shartnomasida bunday ko’rsatma bo’lmasa, ishning bahosi (smeta) qat’iy hisoblanadi. Agar qo’shimcha ishlarni bajarish zarur bo’lib qolsa va shu sababli ishning taxminan belgilangan bahosini (taxminiy smetani) ancha oshirishga to’g’ri kelsa, pudratchi bu haqda buyurtmachini vaqtida ogohlantirishi shart. Qurilish shartnomasida quyidagilar aks ettiriladi: tomonlarning majburiyatlari, etkazilgan zararlarni qoplash tartibi; mavjud muammolarni hal qilish yo’llari, xo’jalik sudiga da’vo arizasini kiritish tartibi; shartnoma ishtirokchilarining malakasini tasdiqlash.
Smeta asosida qurilish ishlari xarajatlari: texnologik, energetik, ko’tarma-transport va boshqa uskunalar, korxona faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan boshqa asboblar va ishlab chiqarish inventarlari xaridi xarajatlari; ushbu uskunalarni o’rnatish ishlari xarajatlari; qurilish maydonini o’zlashtirish xarajatlari; texnik va mualliflik nazoratini amalga oshirish xarajatlari; loyiha hujjatlarini ishlab chiqish xarajatlarini o’z ichiga oluvchi kapital qo’yilmalar hajmi aniqlanadi.
Qurilish-montaj ishlarining smeta qiymati buyurtmachilar va pudratchilar, uskunalar etkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish va shartnoma bahosini aniqlash hamda ular o’rtasida hisoblashishni amalga oshirish uchun ishlatiladi.
Smeta qiymati ko’rsatkichlari ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob’ektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish bo’yicha loyihaviy echimlar variantlarini baholash va ulardan iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofig’ini tanlash uchun zarur bo’ladi. Bundan tashqari, smeta qiymati qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarish variantlarini taqqoslash, konstruktiv va bajariladigan ishlar hajmini aniqlash hamda qurilish materiallari va uskunalarni tanlash uchun ishlatiladi.
Loyihaning smeta qismi o’z tarkibiga qurilish bo’yicha yig’ma smetani va ob’ekt qurilishi bo’yicha smetani hamda bajarilgan ish turlarini qamrab oladi.
Bino va korxona qurilishi bo’yicha yig’ma-smeta qurilishni moliyalashtirishni amalga oshirishdagi asosiy hujjat hisoblanadi.
Yig’ma-smeta quyidagi xarajat turlarini o’zida aks ettirishi lozim: qurilish maydonini tayyorlash; ishlab chiqarish ahamiyatiga oid asosiy ob’ektlar; ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish ahamiyatiga oid yordamchi ob’ektlar; transport xo’jaligi va aloqa ob’ektlari; elektroenergetika ob’ektlari; kanalizatsiya, issiqlik va gaz ta’minoti, suv ta’minoti; korxona hududini obodonlashtirish; vaqtinchalik bino va inshootlar; loyihaviy va qidiruv ishlari; boshqa ishlar.
Qurilish uchun yig’ma-smetada kutilmagan ishlar va xarajatlar uchun quyidagi miqdorlarda mablag’lar zaxirasi ko’zda tutiladi: yakka tartibdagi ob’ektlar qurilishini ko’zda tutuvchi sanoat, qishloq xo’jaligi, transport inshootlari va korxonalarini qurishdagi barcha xarajatlar umumiy qiymatining 5 foizi miqdorida; barcha tarmoq korxonalarining namunaviy loyihalari bo’yicha ob’ektlar barpo etilishidagi barcha xarajatlar umumiy qiymatining 3 foizi miqdorida.
Hozirgi iqtisodiy sharoitda qurilish ob’ektlari smeta qiymatini aniqlash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
TIA tarkibidagi loyiha oldi bosqichida. TIA ko’rsatkichlarining hisob-kitoblari natijasida ob’ektlar barpo etilishidagi taxminiy xarajatlar aniqlanadi.
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bosqichida. Loyihalashtiruvchilar amalga oshirilgan hisob-kitoblar va smeta me’yorlarini qo’llash natijasida ob’ekt qurilishining smeta qiymatini aniqlaydi, shu jumladan, lokal smetalari, alohida bajariladigan ishlar uchun xarajatlar qiymati va qurilish qiymatining yig’ma-smeta hisob-kitobi.
Ob’ektning smeta qiymatini aniqlashda quyidagi ko’rsatkichlar qo’llaniladi: bevosita xarajatlar – BX; ustama xarajatlar – UX; rejali jamg’arma – RJ (smeta foydasi). Unga ko’ra, qurilish mahsulotining (ob’ektining) smeta bahosi (SB) quyidagi tenglik bilan ifodalandi:
SB = BX + UX + RJ (6.1)
Smeta qiymati – qurilish mahsuloti (ob’ekti) uchun erkin bahoning shakllanishi va kapital qo’yilmalarni aniqlashda asos bo’lib xizmat qiladi. , shartnoma majburiyatlariga rioya etilishi va qurilishning pirovard natijalari uchun investitsiya jarayoni qatnashchilarining javobgarligini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12 sentyabr 2003 yildagi «Kapital qurilishda xo’jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlar to’g’risida»gi 395-sonli Qarorida O’zbekistonda kapital qurilishdagi shartnomaviy narxlar yagona uslubiyoti barcha mulk shakllari uchun qabul qilindi. Ta’kidlash joizki, shartnomaviy narxlar bozordagi mavjud sharoitlarni hisobga olgan material qiymatning kon’yunkturasi, ishlatiladigan mashina va mexanizmlar qiymati hamda pudrat tashkilotlarining foydasini anglatadi. Shartnoma O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni hamda kapital qurilish sohasidagi boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tuziladi. Ushu qarorda past rentabelli va zarar ko’rib ishlayotgan pudrat-qurilish tashkilotlarini xususiylashtirishda tegishli investitsiya majburiyatlari mavjud bo’lgan taqdirda ob’ektlarni qonun hujjatlariga muvofiq bepul berishga ruxsat etildi. Shuningdek, markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi to’g’risidagi Nizom, ob’ektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Namunaviy pudrat shartnomasi hamda «O’zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish tartibi to’g’risida»gi Nizomlar tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 24 oktyabrdagi «Kapital qurilishda narxlarni shakllantirishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish va yangilash chora-tadbirlari to’g’risida»gi 463-sonli Qarori qabul qilindi. Qarorda «Davarxitektqurilish» qo’mitasi amaldagi yakka tartibdagi va idoraviy smeta me’yorlarini, ularning maqsadga muvofiqligini, asoslanganligini hamda qo’mitaning me’yoriy hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida to’liq xatlovdan o’tkazilishi hamda xatlovdan o’tkazish uchun «Davarxitektqurilish» qo’mitasi ekspert komissiyalari tashkil etilishi hamda idoraviy smeta me’yorlarini keskin qisqartirish chora-tadbirlari belgilab berildi. Shuningdek, joriy shartnomaviy narxlarni belgilash uchun idoraviy smeta me’yorlari faqat ular «Davarxitektqurilish» qo’mitasi bilan belgilangan tartibda majburiy ravishda kelishib olingan taqdirda kuchga ega bo’lishi qayd etilgan. Kapital qurilish sohasida tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridining yagona tizimini yaratish, tanlov savdolarini tashkil etish va o’tkazish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyuldagi «Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 302-sonli Qarori qabul qilinib, unda:
– markazlashtirilgan manbalar, davlat boshqaruv organlari va davlat korxonalari mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladigan kapital qurilish bilan bog’liq tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridi faqat tanlov savdolari natijalari bo’yicha amalga oshirishi;
– kapital qurilish bilan bog’liq tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilishda tanlov savdolari majburiy o’tkazilishi uchun buyurtmachilar, tanlov savdolarini o’tkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tanlov savdolari tashkilotchilari javob berishlari;
– sifatli bajarilgan ishlar va xizmatlarni o’z vaqtida va to’liq moliyalashtirish yuzasidan shartnoma shartlari bajarilmaganligi uchun shartnoma shartlariga muvofiq buyurtmachi moddiy javob berishi, shuningdek, ko’rsatib o’tilgan sabablar natijasida soliq organlari tomonidan hisoblangan, ularga to’langan jarimalar va penyani pudratchiga to’liq qoplashi;
– tanlov savdolari natijalari bo’yicha tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan shartlarning o’zgarishi, buyurtmachi bilan pudratchi o’rtasida kelishuv mavjudligidan qat’iy nazar, faqat ular belgilangan tartibda tanlov komissiyasi tomonidan ko’rib chiqilgandan va tasdiqlangandan keyin qabul qilingan, deb hisoblanishi;
– qurilishning amaldagi qiymatini tanlov savdolari natijalari bo’yicha shartnomada belgilangan shartnomaviy narxga nisbatan kamaytirish natijasida tejalgan mablag’lar pudrat tashkilotining tasarrufida qolishi belgilab qo’yildi. Zamonaviy sharoitda shunday vaziyat yuzaga keldiki, korxonalar, loyihalash va ilmiy-tadqiqot institutlari, banklar va boshqa tijorat tashkilotlari investitsiyalarni iqtisodiy asoslashning zamonaviy uslubiyoti bilan qurollanmaganligi ulardan foydalanish samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
So’nggi yillarda iqtisodiy adabiyotlarda investitsiyalarni iqtisodiy asoslash uslubiyotiga bag’ishlangan ko’pgina masalalar yoritib kelinmoqda. Shu boisdan tijorat tashkilotlari uchun ma’qul va tushunarli bo’lgan hamda xalqaro amaliyotni hisobga oluvchi investitsiyalarni iqtisodiy asoslashning umumtanolingan uslubiyotini ishlab chiqish nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi.
Sobiq Ittifoq davrida kapital qo’yilmalarning absolyut va taqqoslama samaradorligini aniqlash uslubiyoti amal qilar edi. Mazkur uslubiyot yagona bo’lib, amaliyotda keng qo’llanildi va hozirgi davrgacha ham ushbu uslubiyot o’z kuchini yo’qotgani yo’q.
Kapital qo’yilmalarning absolyut va taqqoslama samaradorligini aniqlash uslubiyoti ikki usuldan iborat bo’lib, birinchisi, kapital qo’yilmalarning absolyut samaradorligini aniqlash uslubiyoti, ikkinchisi, kapital qo’yilmalarning taqqoslama samaradorligini aniqlash uslubiyotidir.
Download 23.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling