Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


-rasm. Qurilish gipsini maydalash va kuydirish jamlangan chizma


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

9-rasm. Qurilish gipsini maydalash va kuydirish jamlangan chizma 
Ushbu ishlab chiqarishda gipsni birgalikda tuyish (un holatga keltirish) va 
kuydirishning texnologik chizmasi bir-biridan asosan o‘ta 
maydalovchi 
asboblari 
bilan farq qiladi. 
Ularning birida 
tegirmon bir marta issiqlik uzatgichdan 
foydalanib 
ishlaydi, boshqa tegirmonlarda esa tegirmonga gazlarning ma’lum bir qismi chang 
yutuvchi asboblardan qaytib keladi. O‘ta maydalash va kuydirish sharli tegirmonda 
600-700
0
S haroratda o‘tadi. Ikki molekula gipsni suvsizlanishi, faqat tegirmonda 
emas, balki gaz oqimida ham o‘tadi. Bu holda gips erkin osilgan holatda kuydiriladi. 
Sharli tegirmonlar sekin va tez ishlovchi turiga bo‘linadi va olinadigan gipsning sifati 
ana shu turlariga bog‘liq. Sharli tegirmonning sekin ishlovchi turida yuqori sifatli 
gips mahsulotni olish mumkin. 
 


38 
Qurilish gipsni aylanma pechlarda kuydirish 
Uzunligi 170 m. aylanma pechning sxemasi. 
1-Pech korpusi; 2-Shesternya; 3-Ko‘mirni maydalash uchun tegirmon; 4-Kukun ko‘rinishdagi 
yoqilg‘ini o‘zatish uchun trubkali ventilyator; 5-Xolodilnik; 6-Klinker uchun transportyor; 7-Xom 
ashyoni o‘zatish; 8-qo‘shiladigan kamera; 9-Gorizontalli elevatorlar; 10-Tutun yutgich; 11-Tutun 
yutgichli truba. 
Aylanma pechlarda gipsni kuydirish uchun to‘g‘ri va qarshi oqimdan 
foydalaniladi. Birinchi usulda gipstosh kuydirish boshlanishida yuqori haroratga 
uchratiladi (950-1000
0
S), ikkinchi usul, ya’ni qarshi oqim esa kuydirish oxirida (750-
800
0
S) harorat beriladi. Pechdan chiqqan moddani tindirish bunkeriga yuborish yoki 
tuyish maqsadga muvofiqdir. 
Un 
kabi maydalash gipsning xossasini yaxshilaydi, 
chunki oxirgi mahsulotning sifati qolgan ikki gidratning suvsizlantirish hisobiga 
yaxshilanishi tezroq boradi. Yuqori sifatli qurilish gipsi olish uchun aylanma 
barabanlarda bir hil o‘lchamdagi 
zarrachali 
maydalangan gips tosh 
kuydirilishi kerak. 
Gips 
ishlab chiqarishni texnologik jarayoni
uzluksiz bo‘lgani uchun 
uni avtomatik 
boshqarish mumkin. Aylanma pechlarda olingan gipsni suvga talabchanligi kam 
(48-55%) bo‘ladi va quyidagi chizma bo‘yicha o‘tadi.
Kuydirilgan gips №02 li elakda qoldig‘i 10-12% qolguncha sharli tegirmonda 
maydalanadi. Qurilish gipsi dumaloq diametri 6-10m li siloslarda saqlanadi. 


39 

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling