Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


-rasm. Qurilish gipsini aylanma pechlar (quritish barabanlari)da kuydirish chizmasi


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

 10-rasm. Qurilish gipsini aylanma pechlar (quritish barabanlari)da kuydirish chizmasi: 
1-qabul qiluvchi bunker; 2- Lotokli oziqlantiruvchi; 3 – Tasmali konveyer; 4 – Bolg‘ali 
maydalag‘ich; 5-Elevator; 6- Shnek; 7-Gipstosh bunkeri; 8,24 - likopchasimon oziqlantiruvchi; 9- 
quritish barabani; 10-elevator; 11-kuydirilgan gipstosh bunkeri; 12-chang cho‘ktiruvchi kamera; 
13,15,17,20,21,23,25 – shneklar; 14 ventilator; 16-elevator; 18,19-tayer mahsulot bunkeri; 22-
sharli tegirmon; 26 – Qirib oluvchi konveyer; 27-ko‘mirni pnevmomexaniq yuklantiruvchisi; 28- 
ko‘mir bunkeri. 
 
Gips bog‘lovchi moddalar parda devorlar, qurilishda juda kup ishlatiladigan girs 
plitalari (gips va yog‘och kipigidan ishlangan), «quruq suvok» deb ataladigan taxtalar 
(ikki kogoz orasiga kuyilgan gips taxta), devorbop bloklar, toki-ravok buyumlari 
ishlashda katta axamiyatga ega. Bundan tashkari gips bog‘lovchi moddalar bino 
devorlarining ichki tomonini suvashda, nakkoshlikda va bezak buyumlar 
tayyorlashda kup ishlatiladi. 
Gips utga chidamli bo‘lganligi uchun, bundan binoni shamollatuvchi kurilmalar, lift 
kataklari va boshqalar tayyorlanadi 
Gips bog‘lovchilar asosan gipsli quruq suvoq qoplama, parda devor plita va 
panellar, qavatlar orasi va chordoqni yopish elementlari (yassi plita, ichi hovol 
toshlar) ventilyatsiya qutilari va har xil arxitektura – qurilish qismlarini tayyorlashda 
qo‘llaniladi. Ayniqsa quruq suvoq qoplama va gips parda devor plitalar ko‘plab 
ishlab chiqarilmoqda.
Sun’iy marmar tayyorlashda, issiq o‘tkazmaydigan materiallar ishlab 
chiqarishda bog‘lovchi sifatida, sementning tishlashish muddatlarini keragicha 
o‘zgartirish uchun qo‘shiladigan qo‘shilma sifatida, kengayuvchan sement hosil


40 
qilish uchun ayrim bog‘lovchilarning qotishini aktivlashtirishda va boshqa 
maqsadlarda ham gips ishlatiladi.
Gips mahalliy xom ashyo hisoblanadigan ayrim tumanlarda kam qavat 
binolarning tashqi konstruksiyalarida devorbop material tariqasida ishlatiladi. Ammo 
gipsni xususan nam iqlimli joylarda namdan saqlash lozim.
Quritish shkafida 50

5
o
S haroratda 1 soat davomida quritilgan gipsdan 50 g 
namuna tortib olinadi. Namunani ko‘zlari 0,2x0,2 mm bo‘lgan elakka solinadi va 10-
15 daqiqa davomida mexaniq usulda yoki qo‘lda elanadi. Qo‘lda elanganda, agar, 
elashning oxirida elakda 1 daqiqa davomida 0,05 g dan ko‘p gips o‘tmasa, u vaqtda 
elash tugatiladi. 
Elakda qolgan qoldiqni olingan namuna miqdoriga nisbati foiz hisobidagi 
gipsning maydalik darajasi aniqlanadi. Gipsning maydalik darajasi ko‘rsatkichiga 
ikki tajribaning o‘rta arifmetik qiymati qabul qilinadi. 
Gips xamirining normal quyuqligini ichki diametri 50 mm, balandligi 100 mm 
bo‘lgan mis yoki latup silindr yordamida aniqlanadi. Shisha ostidagi qog‘ozga bir 
santimetr oraliqdagi konsentrik aylanalar chiziladi. 
Tajribadan oldin shisha toza suvda xo‘llangan yumshoq bo‘z gazlama bilan 
artilishi kerak. 
Shisha plastinka gorizontal xolatda o‘rnatilib, konsentrik aylanalar markaziga 
silindr joylashtiriladi. Gips namunasidan 300 g tortib olib, suv solingan idishga solib 
(suv miqdori gips og‘irligidan taxminan 50-70% olinadi) bir jinsli qorishma hosil 
qilguncha 30 sekund davomida qorishtiriladi. 
Gips qorishmasini darxol silindr ichiga solinadi, ustidagi ortiqchasini metall 
chizgich bilan kesib tashlanadi. 
Gipsni suvga solgandan boshlab 45 sekund o‘tgandan so‘ng yoki qorishtirish 
tugagandan 15 sekund keyin silindr tik vertikal holda ko‘tariladi. 
Silindr ko‘tarilgandan so‘ng gips xamirining yoyilish diametri o‘zaro ikki 
perpendikular yo‘nalishda o‘lchab olib o‘rta arifmetik qiymati hisoblanadi. 


41 
Agar bu qiymat 120 mm ni tashkil etsa gips xamirining normal quyuqligi 
deyiladi. 
Gips xamirining normal quyuqligi foiz hisobida suv miqdori bilan
ifodalanadi va u quyuqligi uchun sarf bo‘ladigan suv og‘irligini gips massasiga 
bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi. 
Normal quyuqlikdagi gips xamirining qotish muddatlarini aniqlash. Gips 
xamirining qotish muddatlarini Vika asbobi yordamida aniqlanadi. 
Ishni bajarish tartibi: metall yoki chinni idishga gips xamirini normal 
quyuqligini ta’minlovchi miqdorda suv solinadi (50-70%). Keyin suvga 200 g tortib 
olingan gipsni solib, 30 sekund davomida qorishtiriladi. Gips qorishmasi asbob 
xalqasiga solinadi, ortiqchasi pichoq bilan tekislanadi. 
Shisha plastinka ustiga qo‘yilgan xalqa igna ostiga joylashtiriladi. Ignani gips 
qorishmasiga tekkunga qadar tushirilib, keyin ignani o‘zak o‘qi bilan mahkamlab 
qo‘yiladi. Keyin o‘zak o‘qi bo‘shatiladi va igna qorishma ichiga erkin botadi. O‘zak 
o‘q bilan ignani tushishini har 30 sekundda qaytarib turish kerak. 
Qotishini boshlanishi (daqiqa) deb gips qorishmasi qorishtirishdan boshlab to 
igna qorishmaga botirilganda birinchi marta xalqa tagiga yetmay qolgan davrgacha 
o‘tgan vaqtga aytiladi. 
Qotishini oxiri (daqiqa) deb gips qorishmasini qorishtirishdan boshlab to igna 
qorishmaga botirilganda 0,5 mm dan ortiq botmay qolgan davrgacha o‘tgan vaqtga 
aytiladi. 
Gips toshining siqilishga va egilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasini 
aniqlash. Normal quyuqlikdagi gips xamiridan tayyorlangan gips toshining siqilishga 
va egilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi o‘lchamlari 40x40x160 mm bo‘lgan 
namunalarni sinash yo‘li bilan aniqlanadi. 
Ishni bajarish tartibi: Gips namunasidan 1200 g tortib olib uni normal 
quyuqlikni ta’minlovchi idishdagi suvga 20 sekund davomida sochiladi va 60 sekund 
davomida qorishtiriladi. 


42 
Gips qorishmasini tezlik bilan oldindan moylangan metall qoliplarga quyiladi. 
Qoliplarning hamma bo‘linmalari qorishma bilan bir vaqtda to‘ldiriladi. 
Qorishma ichidagi havo pufakchalarini chiqarib tashlash maqsadida qolipga 
qorishma quyilgandan keyin 5 marta silkitiladi. 
Gips qorishmasi qorishtirilgandan boshlab 15

5 daqiqa o‘tgandan so‘ng 
namunalar qolipdan bo‘shatiladi va xonalarda saqlanadi. Keyin gipsni suv bilan 
aralashtirilgandan boshlab ikki soat o‘tgandan so‘ng namunalarni mustahkamlik 
chegaralari aniqlanadi. Egilishga bo‘lgan mustahkam chegarasi MII-100 asbobi 
yordamida aniqlanadi. Asbob shkalasida egilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasini 
qiymati kg/sm2 larda yozib olinadi. Siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi 6 
dona yarimta namunalarni sinash yo‘li bilan aniqlanadi. Siqilishga bo‘lgan 
mustahkamlik quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi: 
bu yerda: P
max
– buzuvchi kuch, N yoki kgs; 
F – namunaning ko‘ndalang kesim yuzasi, 25 sm
2
ga teng. 
Siqilishga bo‘lgan mustahkamlik to‘rt sinalgan namunaning o‘rtacha arifmetik 
qiymati bilan hisoblanadi. 
Gips bog‘lovchi moddalar bo‘limi bo‘yicha misollar. 
1-misol. 10 t gips toshini pishirgandan keyin qancha yarim molekulali gips
CaSO
4
+ 0,5N
2
O ajralib chiqadi. 
Yechish: CaSO
4
x 2H
2


CaSO
4
x 0,5H
2
O + 1,5H
2

172,13 

145,13 + 27 
145,13 + 27 
10 t


10 t gips toshidan (CaSO
4
x2H
2
O) 
gips ajralib chiqadi. 
2
max
/
,

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling