Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Suyuq muhitda qurilish gipsini olish


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

 
Suyuq muhitda qurilish gipsini olish 
Suyuq muhitda harorat teng tarqaladi, issiqlik uzatish tez boradi, kimyoviy 
reaksiyalar va moddalarning tuzilishini o‘zgarishi tez va to‘liq boradi. Suyuq muhit 
sifatida ba’zi tuz va kislotalarning eritmalaridan foydalaniladi (masalan 30-35% li 
magniy sulfat eritmasidan 45 daqiqa davomida) 130
0
S da soda va osh tuzi eritmasida 
P.V.Bajenov gipsni pishirishni tavsiya etgan. Yuqori mustahkam gips maydalangan 
gips toshni suvda 129-132
0
S atrofida ishtirokida 70-90 daqiqa pishirib olish mumkin. 
Suyuq muhitda α-modifikatsiyani pishirib bog‘lovchi gips olish bosim ostida 
ishlaydigan asboblardan voz kechish imkonini beradi. Suvsizlantirish jarayoni 
odatdagi sharoitda boradi. Kimyoviy reaksiya esa 100-110
0
S da boradi. Bu sharoitda 
issiq tuzli eritmadan gipstoshini mayda zarrachalariga intensiv ravishda issiqlik o‘tadi 
va SaSO
4
∙0,5H
2
O ga kristallanadi, suv esa suyuq holatda ajraladi. Suyuq muhitda 
SaSO
4
∙0,5H
2
O ni yirik va zich kristallari o‘sib boradi. Bu esa qisqa muddatda yuqori 
sifatli mahsulot olishni ta’minlaydi. 
Bu usulni kamchiligi shundaki, bog‘lovchi moddani yaxshilab yuvish kerak va 
uzoq muddat quritish zarur. 
Gips bog‘lovchilarni tishlashish va qotishi, qotish nazariyalari
Bu jarayon quyidagi reaksiya bo‘yicha o‘tadi: 
SaSO
4
∙0,5N
2
O

1,5N
2
O

SaSO
4
∙2N
2



33 
Bog‘lovchi moddalarning tishlashib qolishi va qotishi u suv bilan
aralashtirilganda hamir hosil qilishga asoslangan. Bu hamir ma’lum mustahkamlikka 
ega bo‘lgan qattiq toshsimon gipsga aylanadi. Tishlashib qolish jarayoni shunday 
sodir bo‘ladi: yuqori harakatchanlikka ega bo‘lgan plastik hamir zichlashadi va 
qotadi, so‘ngra qattiq jismga aylanadi. Va bu tishlashib qolish tugagan holatga to‘g‘ri 
keladi. Tishlashib qolishning fizik va kimyoviy hosil bo‘lishida mustahkamlikning 
ortishi kuzatiladi va o‘zidagi moddalarning bo‘lmaydi, chunki xali modda 
zarrachalari orasida bog‘lanish bo‘lmaydi. 
Uchinchi davr - kristallanish va qotish cho‘kmaning kristall o‘simtaga aylanishi 
bilan harakterlanadi. Bunda juda oz miqdorda issiqlik ajralib chiqadi, massaning 
mexaniq mustahkamligi ortadi. Yarim molekula suvli gipsning suv bilan bevosita 
zarracha yuzasida ta’sirlashuvini (qayta kristallanish yoki kristall o‘simtaga chek 
berib) hozirgi vaqtda ko‘pgina tadqiqotchilar tan olishmaydi. 
Hozirgi davrda ko‘pchilik olimlarning fikricha yarim suvli gipsni tishlashish 
boshlanishi va qotishi ikkita nazariya, ya’ni Le-Shatelye va Baykov A.A. 
nazariyalariga binoan o‘tadi. 

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling