Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Fosfogips asosida olingan bog‘lovchi modda
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gips bog‘lovchi asosida olingan buyumlar
Fosfogips asosida olingan bog‘lovchi modda.
Fosfogips suv aralashmasiga kristall xosil kilishini boshqarib turadigan – karboksilmetilsellyuloza qoʻshib avtoklavda ishlov berib olinadi. Gips sementputssolanli bog‘lovchi moddalar (GSPB). Yarim molekula suvli gipsni (50-75%), portlandsementni (15-25%), putssolan qoʻshimchani oʻzaro aralashtirib olinadi. Uning markalari 100, 150 bo‘ladi. Gips bog‘lovchi asosida olingan buyumlar Ishlatilishiga qarab gips bog‘lovchi asosida olingan buyumlar devorbop plita va taxtalarga, devorlarni koplash uchun yupka taxtalar, kavatlararo plita va tom yopish uchun plita, issikdan, tovushdan ximoya kiluvchi buyumlar, bezak buyumlari, kuyma pollar va boshqa turlarga boʻlinadi. Devorbop gips bloklari 390x190x188; 390x90x188 mm oʻlchamlarda ishlab chiqariladi. Markasi 25, 35, 50, 75. Xonalarni ajratadigan gips plitkalari: 900x300x100; 800x400x100; 600x300x100 mm oʻlchamlarda, tarkibiga mineral yoki organiq kukun toʻldirgichlar qoʻshib yoki kushmasdan ishlab chiqariladi. Gips betonli yopma buyumlar kalinligi 60, 80 va 100 mm, uzunligi 6600 mm dan uzun boʻlmagan va eni 4000 mm dan uzun boʻlmagan oʻlchamlarda ishlab chiqariladi. Bunda gips bog‘lovchi moddalar yoki gipssementputssolanli bog‘lovchi moddalar ishlatiladi. Katta oʻlchamdagi gipsobetonli yopma buyumlar tarkibida gips, qum va qipigʻi bo‘lgan 1:1:7 nisbatdagi aralashmadan tayyorlanadi. Sanitar-texnik xonalar tayyor xajmli buyum sifatida yoki ayrim bo‘laklardan iborat bo‘lgan buyumlardan tayyorlanadi. Siqilishga bo‘lgan mustaxkmligi 3,5 Mpa dan kichik boʻlmagan gipssementputssolan bog‘lovchi modda asosida olinadi. 49 Gips tolali katlamlar (GTK) Markasi G-4;G-7 bo‘lgan gips bog‘lovchi modda, kogoz chikindisi va suv aralashmasidan tayyorlanadi. Uning oʻlchamlari, mm: uzunligi 2500-3600; eni 1200; kalinligi 10,12,14,16,19 bo‘ladi. Egilishga bo‘lgan mustaxkamlik chegarasi 4.6-5,3 MPa dan kam boʻlmasligi kerak. Gips kartonli katlam gips bog‘lovchi modda, shisha tola va qoʻshimcha asosida tayyorlanadi. Gips bezak plitalari yuzasida nakshi bo‘lgan elastik qoliplarga bir me’yorda uzluksiz ravishda gips xamirini kuyish usuli bilan olinadi. Gips bog‘lovchi moddaning markasi G-2;G-7 bo‘ladi. Tovush yutuvchi gipsli plitalar markasi G-5 dan kichik boʻlmagan gips bog‘lovchi asosida ko`p katlamli gilofni qoliplash va keyin ular orasiga tovush yutuvchi moddalar joylashtirib olinadi. Quruq gips aralashmasi polni ostidan yotkiziladigan uzi tekislanadigan katlamlar xosil kilish uchun tayyorlanadi. Ular - koʻrinishidagi gips bog‘lovchiga qoʻshimcha sement, shlak, qoʻshib olinadi. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling