Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- III BOB. HAVOI QURILISH OHAGI Umumiy ma’lumotlar
Nazorat uchun savollar
1. Gipsli bog‘lovchi materiallar ishlab chiqarishning formulasini yozing. 2. Qurilishbop gips ishlab chiqarish jarayoni qanday? Batafsil tutshuntirib bering. 3. Qurilishbop gipsning xossalari qanday? 4. Gipsning ishlatilishi. 5. Gips bog‘lovchi moddalar turi, xom-ashyosi va ishlab chiqarish usullari qanday? 50 III BOB. HAVOI QURILISH OHAGI Umumiy ma’lumotlar Anorganiq yoki mineral bog‘lovchi moddalar kukunsimon boʻlib, mayda va yirik toʻldirgichlar bilan birga suvda korilganda suyuk yoki plastik qorishma xosil bo‘ladi va asta sekin qotishi natijasida sun’iy toshga aylanadi. Anorganiq bog‘lovchilarni ishlatilishiga va xossalariga kura quyidagi guruxlarga boʻlish mumkin: - havoda kotadigan bog‘lovchi moddalar (ohak, gips va kaustik magnezit); - gidralik bog‘lovchi moddalar (gidravlik ohak, portlandsement va uning turlari). Bu modda faqatgina havoda emas, balki suvda va namlikda ham qotish xususiyatiga ega bo‘ladi; - kislotalarga chidamli bog‘lovchi moddalar (kislotaga chidamli sementlar va eruvchan suyuk shisha). Yuqorida keltirilgan bog‘lovchilar asosida gisht terish va suvokchilik uchun qorishmalar, beton va temir-beton konstruksiyalar xamda qotish protsessi avtoklav deb ataluvchi qozonlarda ruy beradigan buyumlar tayyorlanadi. Bog‘lovchi moddalar suv bilan korishtirilganda fizik-kimyoviy protsesslar natijasida quyuqlasha boshlaydi, uning kuzgaluvchanligi kamayadi. Bunga bog‘lovchi modda quyuqlashuvining boshlanish davri, kuzgaluvchanligi butunlay yuqolgandan keyin esa oxirgi davri (qotish) deb ataladi. 3.1 Havoi qurilish ohagi, xom-ashyosi, turlari, xususiyatlari Tarkibida 8% gacha tuproq bo‘lgan kalsiy va magniyli karbonat tog‘ jinslaridan – bo‘r, ohaktosh, dolomitlashgan va mergelliohaktoshni pishirib, juda arzon bo‘lgan havoda qotadigan bog‘lovchi material – ohak olinadi. Olingan mahsulot bo‘lak-bo‘lak oq yoki kul rangda bo‘lib, u suvsiz kalsiy oksid va qisman magniy oksiddan iborat. Buni so‘nmagan yoki tosh ohak deyiladi, uni maydalab qaynovchi ohak olinadi. 51 Agar so‘nmagan ohak tarkibida magniy oksid (MgO) 5% dan kam bo‘lsa, kam magnezialli, 5-20% gacha bo‘lsa magnezialli, 20-41% gacha bo‘lsa dolomitlashgan ohak deb ataladi. Ohaktoshni pishirish protsessi uning tarkibidagi SaSO 3 bilan MgSO 3 ning kalsiy oksid (SaO), magniy oksid (MgO) va karbonat angidrid gazi ohaktoshni pishirish jarayonida boshqa gazlar bilan birga xumdondan chiqib ketadi. Natijada xumdondan toza yoki magniy oksid bilan aralashgan kalsiy oksid g‘ovak tosh sifatida olinadi. Pishirish jarayonida ohaktoshning og‘irligi 44%, hajmi esa 12-14% kamayadi. Kondan keltirilgan ohaktosh, asosan shaxtali qisman aylanma yoki doira shaklidagi xumdonlarda 950-1100 0 S temperatura ostida pishiriladi. Ohak kalsiy va magniyli karbonat tog jinslaridan – bur, ohaktosh, dolomitlashgan va mergelistli ohaktoshni pishirib olinadi. Olingan mahsulot bo‘lak- bo‘lak ok yoki kul rangda boʻlib, u suvsiz kalsiy oksidi va kisman magniy oksididan tashkil topgan. Buni soʻnmagan ohak deyiladi. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling