Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
Shaklini yo‘qotish (deformativnost) yarim molekula suvli gips tutib qolish va
qotishini birinchi davrda hajmi 0,5-1% ko‘payishi mumkin. Gips buyumlarini oquvchanligini va shaklini yo‘qotish kamaytirish uchun gidravlik qo‘shimchalar ishlatilish tavsiya etiladi, masalan portlandsement qo‘shimchalar. Turli hil qurilish buyumlari ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Masalan, devorni qoplash uchun yoki yopish uchun varaqlar, plitalar, to‘ldiruvchi sifatida yog‘och qipiqlari, qozon va domna shlagi hamda kvars qumi ishlatiladi. Qurilish gipsidan har hil mahsulot tayyorlash mumkin. U issiqlikni o‘tkazmaydigan modda hisoblanadi. Qolipbob gips asosan turli qoliplar tayyorlashda foydalaniladi. Texnik gips esa mashinasozlikda modellar va shakllarni tayyorlash uchun ishlatiladi. Tibbiyotda qo‘llaniladigan gips bog‘lamlar, ortopediya buyumlar va boshqalarda ishlatiladi. 2.4 Gips va angdirtni ishlab chiqarish usullari Ishlab chiqarish jarayoni asosan gipsni un holiga keltirish va gipstoshni suvsizlashtirishdan iborat. Gips toshni suvsizlantirish pishirish qozonlarida, aylanma, shaxta pechlarida, bug‘latgich asboblarida va boshqa uskunalarda amalga oshiriladi. Shaxta pechlarga gipstoshi 70-300mm o‘lchamda uzatiladi, aylanma pechlarga 10-35 mm o‘lchamda, bug‘latuvchi asboblarga gipstosh 400 mm bo‘lgan bo‘laklarda beriladi. Gipstosh lunjli, konusli, bolg‘ali maydalag‘ichlarda maydalanadi va shaxta, aerobil sharli tegirmonida un holatiga keltiriladi. Kuydirilgan moddani asosan sharli 28 va zarbali tegirmonda maydalanadi. Kuritilgan gips oson maydalanadi va kam elektr quvvat sarflanadi. Qurilish gipsni ishlab chiqarish asosiy usullari uch guruhga bo‘linadi: 1. Xom-ashyo oldindan quritiladi, maydalanadi, kukun holatigacha, so‘ng gips pishirish qozonlarida suvsizlantiriladi. 2. Quritish, maydalash, kuydirish jarayonlarini birlashtirib ishlab chiqarish. 3. Gipstoshini har hil o‘lchamdagi zarrachalarini shaxta, aylanma va boshqa pecharda kuydirish. Gips toshni keragicha quritib olib, gips olish texnologik sxemasida gips tosh odatda bitta aparatninig o‘zida ham quritiladi, ham tuyiladi 2- rasm. Xom ashyoni quritib gips olish sxemasi 1- plastinkali taminlagich; 2- jag‘li maydalagich; 3- bolg‘achali maydalagich; 4- elevator; 5- issiq gazlar teg‘irmonga kiradigan naycha; 6- bunker; 7- siklondan filterga boradigan gaz trubasi; 8- reykali zatvor; 9- tovoqsimon taminlagich; 10- shaxta tegirmon; 11- siklon; 12- havo trubasi; 13- siklonlar batareyasi; 14- to‘yilgan gips bunkeri; 15- elevator; 16- engli filtr; 17- shnek; 18- elevator; 19- bunker; 20- shnek; 21- shnek; 22- gips qaynatish qozoni; 23- etiltirish bunkeri; 24- bufer ombori; 25- qozon o‘txonasi; 26- shnek; 27- ko‘mir bunkeri; 28- elevator; 29- transportyor; 30- shnek. 29 3-rasm. Shaxta tegirmon Bir yo‘la to‘yib kuydirish usulida tuyuvchi agrikatga maydalangan gips tosh solib bir yo‘la o‘txonaning aralashtirish kamerasidan 750-800 0 gacha temperaturadagi gaz-havo aralashmasi yuboriladi. Tegirmonda material quriydi, maydalanadi va suvsizlanadi. 4-rasm. Shaxta tegirmondan foydalanib va bir yo‘la tuyib- kuydurib gips tayyorlash sxemasi Aylanma pechlardan foydalanganda gips toshi dastlab maydalanadi, kuydiriladi va tegirmonda tuyiladi. 5- rasm Quritkich baraban Bu usulda ombordan uzatilayotgan gips tosh jag‘li maydalagichda 40-50 mm o‘lchamda parchalanadi. Tosh bo‘laklarining yirikligi 15 mm keladigan qilib tuyiladi va elevator orqali bunkerga va taminlagich orqali pechga uzatiladi. Shaxta pechlarda ko‘pincha juda katta temperaturada kuydiradigan gipsli bog‘lovchilar ( angidrid, estrix-gips) ishlab chiqariladi. Temperatura 800-900 ga etadi. Bosim ostidagi bug‘ yordamida gips ishlab chiqarishda gipsning alfa- modifikatsiyasi ikki molekula suvli gipsdan suyuq xolda suv ajralib chiqqandagina 30 hosil bo‘ladi. Bunga gipsni juda katta temperaturadagi to‘yingan bug‘ bilan ishlash orqali erishiladi. 6- rasm Bug‘lagich apparat 25-30 mm o‘lchamlarida maydalangan gips tosh bo‘laklarini bug‘lagichga solinadi va avval 60-70 temperaturada 30 daqiqa kuydiriladi. Mayda gips toshlar to‘yingan bug‘ bilan ishlanadi va 1 soat davomida bosim 1,2 -1,3 atm( temperaturasi 123-124 0 ) ga etkaziladi. Har 15 daqiqada hosil bo‘lgan kondensat chiqarib yuboriladi. Shu bosimda 5-7 soat ishlaniladi. So‘ng gips quritiladi. Buning uchun bug‘lagichdan bug‘ o‘rniga temperaturasi 150-165 0 li o‘txona gazlari 4-5 soatgacha yuborib turiladi. Dimlash sikl davri 12 soatni tashkil qiladi. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling