Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Gips bog‘lovchi moddalar turi, xom-ashyosi va ishlab chiqarish usullari


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

2.2 Gips bog‘lovchi moddalar turi, xom-ashyosi va ishlab chiqarish usullari 
Supergips – gips toshini tuyingan bug muxitida, yuqori bosim sharoitida, unga 
qoʻshimcha – modifikator – ftalli yoki malein angidrit qoʻshib issiklik bilan ishlov 
berib olinadi. 
Supergips olish jarayonida uziga xosligi shundaki, xar qanday kristall tuzilishga 
ega bo‘lgan mayda gips toshlari ishlatiladi. 
Fosfogips asosida olingan bog‘lovchi modda 
Fosfogips suv aralashmasiga kristall xosil kilishini boshqarib turadigan – 
karboksilmetilsellyuloza qoʻshib avtoklavda ishlov berib olinadi. 
Gips sementputssolanli bog‘lovchi moddalar (GSPB) 
Yarim molekula suvli gipsni (50-75%), portlandsementni (15-25%), putssolan 
qoʻshimchani oʻzaro aralashtirib olinadi. Uning markalari 100, 150 bo‘ladi. 
Yarim molekula suvli gips yoki angidritdan tarkib topgan va yaxshi 
maydalangan xomashyoga issiqlik bilan ishlov berish orqali olinadigan materiallar 
gipsli bog‘lovchi moddalar deyiladi. 
Gipsli bog‘lovchi materiallar ishlab 
chiqarish uchun gips toshi deb ataladigan ikki 
molekula suvli tabiiy CaSO
4

2H
2
O gips, tabiiy 
angidrit CaSO
4
va tarkibidagi ikki molekula 
suvli yoki suvsiz kalsiy angidrid bo‘lgan ba’zi 
sanoat chiqindilari (fosfogips, borogips va 
boshqalar) xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. 
1-rasm. Gips pishirish qozoni. 
1-o‘txona; 2-taglik; 3-korpus; 4-o‘t 
quvurlari; 5-tutun quvuri; 6-bug‘ olib 
kеtiladigan quvur; 7-aralashtirgich;
8-ohak solinadigan qopqoq; 9-ohak 
tushirish moslamasi; 10-еtishtirish 
kamеrasi. 


23 
Gipsli bog‘lovchi moddalar xom ashyoni issiqlik vositasida ishlash haroratiga 
qarab ikki: past va yuqori haroratda pishiriladigan guruhlarga bo‘linadi. Past 
haroratda pishiriladigan gipsli bog‘lovchi moddalar ikki molekula suvli gipsni 110-
180
0
S da issiqlik vositasida ishlab hosil qilinadi; ular, asosan, yarim molekula suvli 
gips CaSO
4

0,5N
2
O dan iborat bo‘ladi va tez qotishi bilan tavsiflanadi. Yuqori 
haroratda pishiriladigan gipsli bog‘lovchilar 600-1000
0
S da pishiriladi; ular tarkibiga 
asosan suvsiz gips-angidrid SaSO
4
kiradi, ular sekin qotishi bilan farqlanadi. Past 
haroratda pishiriladigan gipsli bog‘lovchi moddalar jumlasiga qurilishbop qoliplash 
gipsi va yuqori mustahkam gips, shuningdek, tarkibida gips bo‘lgan materiallardan 
ishlangan gipsli bog‘lovchilar, yuqori haroratda pishiriladigan gipsli bog‘lovchi 
(angidridli sement) va yuqori haroratda pishiriladigan gips (ekstrixgips) kiradi. 

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling