Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


II BOB. HAVODA QOTUVCHI BOG‘LOVCHI MODDALAR


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

II BOB. HAVODA QOTUVCHI BOG‘LOVCHI MODDALAR
UMUMIY MA’LUMOTLAR 
 Gips toshi jinslarini kuydirish natijasida olingan moddalar ananaviy mineral 
bog‘lovchi hisoblanib, insoniyatga bir necha ming yillardan beri ma’lumdir. 
Gips bog‘lovchi moddalar nafaqat suvokchilikda, balki xajmli qurilish 
buyumlari olishda ham keng koʻlamda ishlatiladi. Bog‘lovchi modda olishda xom 
ashyo tabiiy tog jinslari (gipsli tosh jinslari, angidrit), va xamda tarkibida kalsiy sulfat 
bo‘lgan ishlab chiqarish chikindilari (fosfogips, borogips, oltingugurt ishlab 
chiqarishdagi chikindilar) xizmat qiladi. 
Jahonda hammasi boʻlib 35-40 mln.t. gips bog‘lovchi moddalari ishlab 
chiqariladi, shundan 90% qurilish ishlarida ishlatiladi. 
AQSH, Fransiya, Angliya, Ispaniya eng kup miqdorda gips bog‘lovchi moddalar 
ishlab chiqaradigan davlatlar hisoblanadi. 
Uzbekistonda gips bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish Buxoro va Fargona 
viloyatlarida yaxshi rivojlangan. Toshkent, Fargona, Samarkand viloyatlarida ishlab 
chiqarish chikindilaridan foydalanib gips ishlab chiqarish ustida ancha ishlar 
qilinayapti. 
 
2.1Gips bog‘lovchi moddalar 
Gips bog‘lovchi moddalar – bu kukunsimon mineral modda boʻlib, u asosan 
suvli sulfat kalsiyni degidratatsiyasidan xosil bo‘lgan mahsulotdir. Degidratatsiya – 
materialdagi kimyoviy va fizik birikkan suvlarning asta-sekin yukolishi va undagi 
moddalarning parchalanishidir. 
Gips toshini, asosan, aylanma xumdonlarda, buglanish qozonlarida yoki 
avtoklavlarda pishiriladi. 
Amalda gipsni qozonlarda pishirib olish usuli keng tarkalgan. Pulat silindr va 
tikka ukka urnatilgan korgichdan iborat bo‘lgan qozonga kukun kilib tuyilgan gips 
solinadi. Qozonning diametri buylab turtta isitgich quvur oʻtkazilgan. Ular 
solinayotgan xom ashyo gipsni pishiradi va tayyor mahsulot qozon tagidagi galvir 
orkali gips yiguvchi xonaga tushadi. Ikki molekula suvi bo‘lgan kalsiy sulfatini 120 : 


16 
180
o
S da qizdirgandayok u uz xususiyatini uzgartiradi va tarkibidagi suv asta-sekin 
yukolib, degidratatsiyalanadi. Bunda gips toshi 1,5 molekula suvni yoʻqotib, yarim 
molekula suvli gipsga aylanadi, bu esa quyidagi reaksiya bilan ifodalanadi: 
SaSO
4

2H
2
O = CaSO
4

0,5H
2
O + 1,5H
2

Pishirish jarayonining davri va haroratiga qarab har xil turdagi pishirilgan gips 
bo‘ladi: 

- yarimgidrat (quruq muxitda 120-180
o
S haroratda xosil bo‘ladi, odatda aylanma 
xumonlarda va katta qozonlarda pishirib olinadi, markasi G-2-G-7); 

- yarimgidrat (suvli muxitda 80-180
o
S haroratda xosil bo‘ladi, odatda avtoklavda 
pishiriladi, markasi G-10-G-25). 
150
o
S dan yuqori haroratda quruq muxitda pishirilganda kristallsimon 

- yarimgidrat 
xosil bo‘ladi, unda tolasimon, yorikli yuzalari kuprok bo‘ladi. Qurilishda 
ishlatiladigan gips bog‘lovchi moddalar asosan 

- yarimgidratdan iborat bo‘ladi, 
tarkibida ogirligi bo‘yicha 1% gacha suv boʻlishi mumkin. U tez suvni shimish va 
qotish xususiyatiga egadir. 
Qolipbop gips (

- yarimgidrat) yaxshi kristallangan tuzilishga ega bo‘ladi, lekin 
qotishini boshlash davrida jarayon sekinrok boradi. 
Gips toshini 350-800
o
S haroratda pishirilganda, undan angidrit SaSO
4
xosil bo‘ladi. 
U tarkibiga aktivator (kotirish xususiyatini oshiradigan) modda qoʻshilgandagina 
qotish xususiyatiga ega bo‘ladi (aktivatorlar - kaliy sulfat, natriy sulfat, rux sulfat 
yoki alyuminiy sulfat ogirligidan 3% miqdorida, xamda portlandsement yoki kalsiy 
oksid ogirligidan 5% miqdorida qo‘shiladi). 
Qizdirish vaqtida harorat 600
o
S dan oshganda kalsiy sulfatni parchalanishi 
boshlanadi: 
SaSO
4

CaO + SO
2
+ 1/2O

Xosil bo‘lgan modda estrix-gips deyiladi, uni tarkibida SaSO
4
dan tashkari kalsiy 
oksidi xam xosil bo‘ladi. U juda yuqori mustaxkamlikka ega bo‘ladi va 19 Mpa dan 
kup boʻlishi mumkin. 


17 

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling