Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Qurilishbop gips ishlab chiqarish
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
Qurilishbop gips ishlab chiqarish. Qurilishbop gips deb, tabiiy gips toshini
110-180 0 S da issiqlik vositasida ishlab hosil qilinadigan, havoda qotadigan bog‘lovchi moddaga aytiladi. Tosh issiqlik vositasida ishlangandan keyin yoki undan oldin mayda kukun tarzida maydalanadi. Bunda ikki molekula suvli gipsning quyidagi reaksiya SaSO 4 2H 2 O CaSO 4 0,5H 2 O 1,5H 2 O bo‘yicha degidratatsiyalanishi ancha tez sodir bo‘ladi. Shunday qilib, qurilishbop gips asosan yarim molekula suvli gipsdan iborat. Qurilishbop gips bir apparatda gips toshni bir yo‘la maydalab va pishirib ham tayyorlanishi mumkin. Gips toshi qozon, quritish barabani, aylanma o‘choq, shaxta tegirmon va boshqalarda issiq ta’sir ettirib ishlanadi. Qurilishbop gips ishlab chiqarishning oddiy va keng tarqalgan usuli oldindan maydalangan gips toshni qozonlarda pishirishdan iborat. Qozonlar to‘xtab-to‘xtab va uzluksiz ishlashi mumkin. To‘xtab-to‘xtab ishlaydigan qozon hajmi 3 dan 15 m gacha bo‘lgan, ichiga g‘isht terib qoplangan po‘lat silindrdan iborat (1-rasm). Qozon ichiga to‘rtta o‘t quvuri va kurakli tik val aralashtirgich joylangan, hamda qozon tagida o‘txona mavjud. Alanga qozon tubini isitgandan keyin halqasimon quvurga kiradi va qozonning pastki, o‘rta va yuqoridagi qismini isitib, pastki va yuqori quvurlar orqali o‘tadi. 24 Donador gips toshlar maydalanadi, quritiladi va tegirmonda tuyiladi. So‘ngra kukun yuklash qopqog‘i orqali qozonga solinadi, bu yerda ikki molekula suvli gips 1- 3 soat davomida suvsizlantiriladi va yarim molekula suvli gipsga aylanadi. Pishirish jarayonida gips uzluksiz tez aralashtiriladi va bir me’yorda qizdiriladi, bu esa yuqori sifatli bir jinsli mahsulot olishni ta’minlaydi. Pishirish tugagandan so‘ng gips qozonning pastki qismidagi tushirish teshigi orqali yetiltirish bunkeriga keladi va bu yerda 20-40 minut davomida saqlab turiladi. Materialning issiqligi hisobiga qo‘shgidratning qolgan donalari suvini yuqotadi. Quritish barabanida (aylanma o‘choqning) gips toshni pishirishda qizdirilgan tutun gazlari va sekin xarakatlanayotgan mayda gips toshi bevosita bir-biriga tegadi. Pishirilgandan keyin gips sharli tegirmonda tuyiladi. Gips-tosh 140-170 0 S temperaturada ko‘p miqdorda suvni yo‘qotib, yarim suvli, tez qotuvchan (SaSO 4 0,5H 2 O) gipsga tez aylanadi. Bunday bog‘lovchi ba’zan alebastr deb ham ataladi. Shunday qilib, qurilish gipsi hosil qilish yuzasidan belgilangan texnikaviy vazifa ikki malekula suvli gipsni yarim malekula suvli gisga aylantirishdan iborat ekan. Tabiiy kalsiy fosfatlarni (apatit va fosforitlar) fosfat kislota konsentrlangan fosfor o‘g‘itlarga gidroximiyaviy usulda aylantirish natijasida olingan mahsulot fosfogips – gips sanoati uchun yirik xom-ashyo manbai hisoblanadi. Temperatura va qizish sharoitiga bog‘liq holda suvli va suvsiz kalsiy sulfatning turli modifikatsiyalarini hosil qilish mumkin, ular kristallarining zichligi, shakli va o‘lchamlari gidrotatsiya issiqligi, issiqlik sig‘imi, optik va boshqa xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Klsiy sulfat modifikatsiyasini, ularning barqaror mavjudlik sharoitlarini, birining ikkinchisiga aylanishini tekshirishga bir qancha tadqiotlar bag‘ishlangan (Le.SHatele, Vant Goff, A.A.Baykov, D.S.Belyankin, P.P.Budnikov, Kelli, Suttard va Anderson, Flerks va b.). Biroq hozirga qadar uning suvli va suvsiz modifikatsiyasini soni, ularning strukturalari hamda fizik-ximiyaviy xossalari xususida yagona fikr yo‘q. 25 D.S.Belyankin va L.G.Berg tadqiqotlari bo‘yicha shuningdek, Kelli, Suttard va Anderson ma’lumotlari asosida kalsiy sulfatning quyidagi modifikatsiyalari ma’lum: 1) ikki malekula suvli kalsiy sulfat (gips) SaSO 4 2H 2 O; 2) α – yarim malekula suvli kalsiy sulfat (α- yarim gidrat) α = SaSO 4 1/2H 2 O; 3) β - yarim malekula suvli kalsiy sulfat (β- yarim gidrat) β = SaSO 4 1/2H 2 O; 4) α – suvsizlantirilgan yarim gidrat α - SaSO 4 ; 5) β - suvsizlantirilgan yarim gidrat β - SaSO 4 ; 6) α – eruvchan angidrit α - SaSO 4 ; 7) β – eruvchan angidrit β - SaSO 4 ; 8) erimaydigan angidrit (odatda angidrit ded ataladigan) SaSO 4 . Gips suvsizlantirilganda (degidratatsiyalanganda) dastlab yarim gidratga aylanadi, so‘ngra qizish jarayonida suvsiz modifikatsiyalar va angidritlarga aylanadi. α va β –modifikatsiyalarning hosil bo‘lishi issiqlik ta’sirida ishlov berish sharoitlariga bog‘liq. β – yarim gidrat deb ataluvchi modifikatsiya degidratatsiya jarayonida suvning bug‘ holida chiqish sharoitida hosil bo‘lib, natijada bu modifikatsiya zarralari ichki yuzasi ancha rivojlangan struktura hosil qiladi. β – yarim gidratdan farqli ravishda α – yarimgidrat gipsga suvda yoki tuz va kislotalarning suvdagi eritmalarida issiqlik ta’sirida ishlov berilayotganda hosil bo‘ladi. Bunda suv suyuq tomchi holatida ajralib, α – yarim gidratnikiga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Yuqori mustahkam gips asosan α-SaSO 4 ∙2N 2 O dan iborat. Uni, SaSO 4 ∙2N 2 O ni germetik asboblarda bug‘ bosimi ostida yoki bir hil tuzlarni suvli eritmasida termik ishlovi berilib, so‘ng quritib kukun holatiga keltirib olinadi. Ishlab chiqarish shundan iborat xom-ashyoga avval issiq ishlovi beriladi va bunda gips toshidan kristallangan suv suyuq-tomchi holatda ajraladi va α- SaSO 4 ∙0,5N 2 O ga o‘tadi. So‘ng olingan mahsulot quritiladi va maydalanadi (tuyuladi). 26 Ma’lum bo‘lgan usullar quyidagilarga bo‘linadi: 1. Avtoklav usuli: bunda gipstoshi germetik asboblarda atmosfera bosimidan baland bosimda to‘yingan bug‘ muhitida suvsizlanadi. 2. Atmosfera bosimida bir hil tuzlarni suvli eritmasida gipstosh qayta suvsizlanadi. Avtoklav usuli o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: 1) suvsizlanishi avtoklavda o‘tqaziladi, quritish – maxsus apparatda amalga oshiriladi. 2) suvsizlanish va quritish birlashib bitta asbobda o‘tqaziladi. Avtoklav ishlovini o‘tqazish - 10-12 soat davom etadi. Quritilgan modda sharli tegirmonda maydalanadi. Bu usulni kamchiligi - issiqlik ishlovi uzoq davomiyligi va yonilg‘i ko‘p sarflanishidir. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling