Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
Mineralogik tarkibi Klinkerning asosiy minerallari: alit, belit, uch kalsiyli alyuminat va alyumofferit. Alit - 3SaO SiO 2 — klinkerning portlandsementning qotish tezligini, mustaxkamligini va boshqa xususiyatlarini belgilovchi eng muhim minerallaridir va klinkerda 45 — 60% miqdorda bo‘ladi. U uch kalsiyli silikat, xamda uning tuzilishi va xususiyatlariga katta ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan, ozgina (2-4%) miqdordagi MgO, Al 2 O 3 , P 2 O 5 , Sr 2 O 3 va boshqa aralashmalarning qattiq qorishmasidan iborat. Alit uchta polimorf modifikatsiyalarda uchriydi. Sementning mustaxkamligiga va xosallariga alitning kristallarining o‘lchami, ko‘rinishi, kristallanish darajasi ta’sir etadi. Belit 2SaO SiO 2 -klinkerning muhimligi va miqdori (15—30%) bo‘yicha ikkinchi silikatli mineraldir. U sekin qotadi, ammo portlandsement uzok vaqt qotganda katta mustaxkamlikka erishadi. Belitni to‘rta polimorf modifikatsiyasi maqvjud; α-C 2 S, α’-C 2 S, β- C 2 S, γ- C 2 S. β- C 2 S ni γ- C 2 S ga o‘tishi absolut xajmini taxminan 10% ko‘payishi bilan o‘tadi, natijada modda zarrachalari bo‘linadi va kununga aylanadi γ- C 2 S 100 o S haroratda suv bilan ta’sirlashmaydi va bog‘lovchi xususiyatiga ega bo‘lmaydi. Belitni gidravlik faolligi kristallarni tuzulishiga bog‘liq masalan kristallar zig dumaloq ko‘rinishida bo‘lsa, sementlar yuqori mustahkamlikka ega bo‘ladilar. β-C 2 S xamda ozgina (1-3%) miqdordagi Al 2 O 3 . Fe 2 O 3 . MgO. Cr 2 0 3 ning qattiq qorishmasidir. 525 o S dan past haroratda klinkerning sovishida β—C 2 S, γ-C 2 S o‘tishi mumkin va o‘tish bazaviy masofaning kattalashishi bilan, ya’ni belitning molekular tuzilishining yumshashi bilan birga kechadi. β -C 2 S ning zichligi γ γ- C 2 Sning zichligadan katta bo‘lgani tufayli polimorf o‘tish belitning absolut xajmining taxminan 10% ga kengayishiga olib keladi va buning natijasida klinker donachalari (granulalari) kukun bo‘lib sochilib ketadi. O‘z-o‘zidan sochilib ketish klinkerning 95 maydalanishini yengillashtiradi, birok γ-C 2 S kukuni 100 o S haroratda amalda suv bilan ta’sirlashmaidi, ya’ni bog‘lovchi xususiyatiga ega emas. Shu tufayli belitning γ — shaklga o‘tishiga to‘sqinlik qilish lozim. β—C 2 S —ning barkarorlashuviga ba’zi bir aralashmalar (1-3%) miqdordagi AL 2 O 3 . Fe 2 O 3 . MgO. Sg 2 O 3 shuningdek klinkerni sovuTkich qurilmalarida tez sovutish yordam beradi. Bunda tarkibida belitning dumaloqlashgan ko‘rinishidagi zich kristallari bo‘lgan klinker olinadi. Portlandsement klinkerdagi silikatli minerallarning miqdori taxminan 75 — 82% ni tashkil qilsa, qolgan 18 — 25% alit va belit kristallari orasidagi xajmni to‘ldiruvchi oraliq moddalardir. Bu moddalar C 3 A —uch kalsiyli alyuminatning va alyumoferrit kalsiy — S 4 AG‘ ning kristallari, shisha va ikkinchi darajali kristallar va boshqalardan iborat. C 3 A —uch kalsiyli alyuminat — klinkerda 3 — 15% miqdorda bo‘ladi. S 5 A Z shaklida uchraydi, tarkibi 12SaO 7Al 2 O 3 dan iborat murakkab tarkibli qattiq aralashmalarni hosil qilsada, u qadar katta mustaxkamlikka ega emas. Betonning sulfatli yemirilishiga uchrashining sababchisidir. 4CaO-Al 2 O 3 Fe 2 O 3 to‘rTkalsiyli alyumoferrit 10 — 20% miqdorda bo‘ladi. Portlandsement gidrolizlanishida qotish tezligiga va issiqlik ajralishiga ma’lum ta’sir kursatmasligi tufayli gidrolizlanish tezligi bo‘yicha alit va belit o‘rtasidagi oraliq vaziyatni egallaydi. Klinker shishasi 5—15% miqdorda bo‘ladi, asosan CaO, Al 2 O 3 , Fe2O3, lardan tashkil topadi. Unda MgO va ishqorlar odatda ko‘p o‘chraydi. Magniy oksidi MgO — alyumoferritli faza va klinker shishasi tarkibiga periklaz ko‘rinishda kiradi, shuningdek 5% dan ortiq bo‘lmagan miqdorda erkin xolatda xam uchraydi, ortiq xolatda MgO sement suv bilan birikib Mg(ON) 2 hosil qiladi va bu esa xajmiy o‘zgarishlarga olib keladi. SaO —erkin xolatdagi kalsiy oksidi —donachalar shaklida bo‘ladi. Uning miqdori 1% dan ortmasligi lozim. Ishqorlar (Na 2 O.K 2 O) — klinkerning alyumofferitli fazasiga kiradilar, shunyngdek sementda sulfatlar ko‘rinishida xam bo‘ladilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling