Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
Ohak – kulli bog‘lovchi Bu bog‘lovchini olish uchun havo yoki gidravlik ohakni quruq kulni birgalikda maydalanadi. Odatda bir vaqtda 5% gacha bo‘lgan gipstoshi qo‘shiladi. Ohak miqdori bog‘lovchida umumiy massasidan 50% tashkil qiladi. Ohak – kulli bog‘lovchini tarkibi yonilg‘ini qattiq mineral qismini tarkibiga, uni yondirish shartlariga bog‘liq. Toshko‘mir yonganda hosil bo‘lgan kullar ishlatilganda ularni 60 – 80% ohak 20 – 40% miqdorda olinadi, agar balchiq (torf) kullari bo‘lsa 70 – 90% va ohak 10 – 30% olinadi. Ishlab chiqarish texnologik jarayonini kul, ohak, gips birgalikda maydalab tuyib olinadi. Bu bog‘lovchilarni tutib qolishi va qaytishi ohak bilan faol metakaolinitni ta’sirlashuviga asoslangan. Bunda har xil asosli kalsiy gidrotsementlar 89 gidroalyuminosilikatlar, gidrogelenitlar (2SaO, Al 2 O 3 SiO 2 8H 2 O) hosil bo‘ladi. Bu sementlar sekin qotadi va tutib qoladi. Mustahkamligi birinchi 1 – 3 oyda past. Hajmiy og‘irligi sochiluvgan holatda 700 – 800, zichlantirgan holatda 900 – 1200 kg/m 3 . Suvga talabchanligi past. Mustahkamligi bo‘yicha 150, 200 markalarga bo‘linadi. Gidravlik ohakni ishlab chiqarish Ishlab chiqarishni mazmuni xom ashyoni kuydirishda maydalashda yoki kuydirilgan mahsulotni so‘ndirishda. Bir hil ishlab chiqarishlarda gidravlik ohakni kuydirgandan so‘ng so‘ndirishadi, so‘nmagan zarrachalarni ajratib va maydalab so‘ng so‘ngan zarrachalar bilan aralashtiriladi, boshqa holatda ikkita mahsulot ishlab chiqariladi kuchsiz va kuchli gidravlik ohak olinadi. Gidravlik ohakni kuydirish harorati va rejimi kuydirilayotgan xom ashyoni tarkibiga va tuzilishiga bog‘liq. Xom ashyo tarkibida qancha gil va magnezial qo‘shimchalar ko‘p bo‘lsa shuncha kuydirish harorati past bo‘lishi mumkin. Shaxta pechlarda 900-1100 0 S xomashyoni kuydiriladi. Kuydirish jarayonida (900 0 S) kalsiy karbonat bo‘lingandan so‘ng SaO ning bir qismi erkin holatda qoladi bir qismi esa SiO 2 va Al 2 O Fl 2 O 3 bilan 2SaO SiO 2 SaO Al 2 O 3 SaO Fl 2 O 3 larni hosil qiladi, ular esa ohakni gidravlik xususiyatini ko‘paytiradi. Kuydirilgan ohak tegirmonda №008 elakda qoldig‘i 5-7% qolguncha maydalanadi. Gidravlik ohak tutib qolish va qotishida bir tomondan maydalangan so‘ndirilmagan ohak uchun, bir tomonidan gidravlik bog‘lovchi moddalar uchun taaluqli fizik-kimyoviy jarayonlar o‘tadi. Birinchi navbatda Sa(ON) 2 hosil bo‘ladi, nam sharoitda kalsiy silikat, ferrit, alyuminatlar hosil bo‘ladi. Gidravlik ohak avval quruq-havoda, so‘ng nam muhitda qotadi va mustahkamlikka ega bo‘ladi. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling