Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Xo‘l usulda portlandsement ishlab chiqarish texnologik chizmasi


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

Xo‘l usulda portlandsement ishlab chiqarish texnologik chizmasi 
 
 
 
 
 
 
 
Gil 
Ko’mir 
Gips 
Suv 
Aktiv 
mineral 
qo’shimcha 
Ikki yoki 
uch 
bosqichda 
maydalash
Maydalash 
Maydalash 
Maydalash
Maydalash 
Quritish 
Suvli 
aralashma 
(shlam

Quritish va 
o’rta 
maydalash 
O’lchash 
Tegirmonda birga 
maydalash (sharli 
tegirmon) 
Shlamni sozlash va 
hovuzlarda saqlash 
Shlamni aylanma pechda 
kuydirish (klinker) hosil 
qilguncha 
Klinkerni sovutish va 
omborda saqlash 
Birgalikda trubali tegirmonda tuyish 
Tayyor mahsulot ombori 
O’lchash 
Qoplarda sementli 
joylashtirish 
Mahsus vagon avtomashinalarda 
sementni jo’natish
Ohaktosh
Klinker ombori 


106 
 
6.3 rasm Gilqorgich- chayqatkich 
Gilning suv tasirida mayda zarrachalarga bo‘linib ketish xossasidan 
foydalanadi.Gil gilchayqatkichlarda maydalanadi. 
 
Quruq usul 
Eng tejamkor usul xom – ashyoviy unni separatorlar bilan birgaliqda yopiq siklda 
ishlab, bir vaqtda to‘yib xam qurituvchi tegirmonlarda tayerlashdir. Bunday 
tegirmonlarda agar xom – ashyoning namligi 8-10% dan oshmasa foydalaniladi. Bu 
usulda xom – ashyoviy moddalar (ohaktosh, gil va boshqalar) maydalashdan keyin 
qurgitiladi va sharli tegirmonda №008 – elakda 6-10% qoldiq qolguncha birgalikda 
tuyuladi. Xom-ashyoviy unni quyidagilarda kuydirishadi: 
1. Oldindan xom-ashyoviy unga issiqlik ishlovi beriladi va kalta aylanma 
pechlarda kuydiriladi. 


107 
a) Siklonli issiq almashtirgichlardan chiqqan gazlar bilan modda 800-850
o
C ga 
cha issitiladi va qisman karbonsizlanadi (30-40%); 
b) konveyerli kalsinatorlarda (SaO ga to‘yintiruvchi moslamalar) pechlardan 
chiqadigan issiqlik hisobiga moddalar kuydiriladi. 
2. Xom-asheviy un granula (dumaloq) shaklida avtomatik shaxta pechlarda 
kuydirish mumkin. Quruq usulda ishlab chiqarishda sementni konveyerli kalsinatorlar 
bilan birgalikda ishlovchi aylanuvchi (“lepol” pechlari), shuningdek shaxta 
pechlarida kuydirish mumkin. Bu va boshqa xollarda uni kuydirishdan avval xom-
ashyoviy un shakklanadi va o‘lchamlari 5—10 dan 20 — 30 mm gacha bo‘lgan 
dumaloq zarrachalar granulalar olinadi. Buning uchun likobchasimon
granulyatorlardan foydalaniladi. Shaxta pechlarida xom —ashyoviy dumaloq 
zarrachalar (granullalar) avval tarqayotgan tutun gazlar bilan quritiladi. So‘ngra ular 
pastga, balandroq haroratli zonaga ko‘cha borib, 400 — 500
o
S gacha qizigach, 
ulardagi mineralli gillar suvsizlanadi. Karbonsizlanish, ya’ni SO
2
ning ajralishi va 
uning uglerod bilan ta’sirlashib SO hosil qilishi bilan birgalikda keladi. 
Bu esa G‘ye
2
O
3
yoki G‘yeO tiklanuvchi reaksiya uchun qulay bo‘lgan muhitni 
yaratadiki, u klinkerning sifatini yomonlashtiradi. Bugungi kunda qaynayotgan 
qatlamda kuydirish texnologiyasi ishlab chiqarilmoqdaki, bu usulda shakllangan yoki 
mayda shakldagi xom-ashyoviy aralashmani qatlami orasidan pastga va tepaga tezligi 
1,5-3 m/s bo‘lgan issiq gazlar surib o‘tiladi. Bunda granulalar doimiy harakatda 
bo‘ladigan va intensiv ravishda gaz (1350-1450
o
S haroratda) va moddalar orasida 
issiqlik almashish ro‘y beradi, bu sharoitda o‘lchami 2-5 mm bo‘lgan granullarni 
(shakllangan zarrachalar) kuydirish jarayoni 30-40 min tugatiladi, hamda baland 
sifatli sementlar olinadi. 
Ohaktosh va gil birgalikda xom-ashyoviy aralashma 1-2% namlik qolguncha 
tegirmonlarda maydalab tuyiladi. So‘nggi yillarda sement sanoatida kuchli kaskadli 
tegirmon bo‘lmish - «Aerofol» nomli maydalovchi moddalarsiz va o‘zi maydalovchi 
tegirmonlardan foydalanilmoqda. Qurutuvchi barabanlardan so‘ng xom-ashyo tuyish 
uchun ko‘pkamerali trubali tegirmonlarga yo‘naltiriladi. Tuyilgandan so‘ng u 


108 
siklonlarga yoki separatorlardan esa standartga moslash va sozlash uchun silosga 
kelib tushadi. 

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling