Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
VI BOB. XOM-ASHYO ARALASHMASINI KUYDIRISH, KLINKERINI
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
VI BOB. XOM-ASHYO ARALASHMASINI KUYDIRISH, KLINKERINI
OLISH JARAYONIDA PECHLARNI ZONALARGA BO’LINISHI 6.1 Xom-ashyo aralashmasini kuydirish, klinkerni olish jarayonida pechlarni zonalarga bo‘linishi Xomashyoni tayyorlash. O‘zbekistonda quruq usulda portlandsement ishlab chiqarish ilk bor Navoiy sement zavodida yo‘lga qo‘yildi. Portlandsement ishlab chiqarishning xo‘l usuli texnologiyasi respublikada keng tarqalgan. Karyerdan keltirilgan xomashyo yirikligi 5 mm.gacha qilib maydalanadi. Qattiq jinslar tosh maydalagich mashinalarida, yumshoqlari esa (tuproq, bo‘r) suv bilan maxsus hovuzda qorishtirilib, hosil bo‘lgan shlam deb ataluvchi qaymoqsimon bo‘tqa quvur orqali silindr shaklidagi aylanma tegirmonga yuboriladi. Po‘lat yoki cho‘yan sharchalar solingan tegirmon har daqiqada 28 marta aylanadi va natijada undagi 35-45% gacha bo‘lgan shlam mayda qilib tuyiladi. Tuyilgan shlamning kimyoviy tarkibini to‘g‘rilash uchun u uzatuvchi quvurlar orqali shlam saqlagich hovuzlarga yuboriladi va oksidlar miqdori tajribahonada aniqlanadi. Mahsulotning doimiy sifatini va pechlarning optimal holatda ishlashini ta’minlash uchun ishlash jarayonida qat’iy aniq va o‘zgarmas tarkibli xom ashyoviy aralashma zarur bo‘ladi. Bunday aralashmaga sozlash (korrektorlash) yo‘li bilan erishiladi. Sozlash jarayoni ikki yoki uch tarkibi bo‘yicha oraliq qorishmalarni aralashtirishga keltiriladi, shundan so‘ng quruq xom-ashyoviy aralashmaga yana gomogenlanishi lozim. Gomogenlangandan so‘ng xom-ashyoviy unning tarkibi kalsiy oksidi miqdori bo‘yicha tekshiriladi (un titri). Agar SaO miqdori talablarga mos kelsa, aralashma kuydirish uchun yo‘naltiriladi. Xom-ashyoni tarkibiga, birligiga, hamda chiqarilayotgan sementning tarkibiga, sifatiga ko‘ra xom-ashyoviy qorishmani (titr) SaO bo‘yicha to‘yinish koeffitsiyenti, modullarni birini bo‘yicha sozlashadi. Sozlash vertikal yoki gorizontal shlambasseynlarda o‘tkaziladi. 111 Sharli tegirmonlardan gilohakli shlam so‘rg‘ich bilan gorizontal basseynlarni biriga quyiladi. Ikkinchi basseynga tarkibida SaO baland (past) bo‘lgan shlam joylashtiriladi. Yaxshilab aralashtirgandan so‘ng SaO ni miqdori ikkala basseynlardagi shlamlarda aniqlanadi. Titr orqali ikkala shlamni nisbati aniqlanadi. Maqsad - kuydirish jarayonida sifatli klinker olish uchun SaO miqdori 63-66% oraliqda bo‘lishi kerak. Nisbat o‘rnatilgandan keyin birinchi va ikkinchi basseyndan shlam uchinchi basseynga o‘zatiladi. 112 Vertikal shlam basseynlar 400-1000 m 3 hajmi bo‘lib betondan tayyorlangan bo‘ladi va pnevmoaralashtirgichlar bilan ta’minlangan. Sozlangan shlam (shixta) gorizontal shlambasseynlarga solinadi. Gorizontal shlambasseynlar dumalok shaklda diametri 25 m, balandligi 6-8 m, hajmi 6000-8000 m 3 bo‘ladi. Yangi zavodlarda shlam (shixta) tarkibi har soatda SaO, SiO 2 , Al 2 O 3 , Fe 2 O 3 bo‘yicha avtomatik rentgenospektrometr bilan aniqlanadi. Aniqlash natijalari maxsus hisoblash asboblar yordamida xom-ashyoviy komponentlarni nisbatini aniqlashadi va hisoblashadi. Maydalab tuyilgan va yaxshilab aralashtirilgan xom-ashyoviy aralashma sement kuydiruvchi pechlarda 1400-1500 o S haroratda kuydiriladi. Xom-ashyoviy aralashmani kuydirish xo‘l va quruq usulda ham ishlab chiqarishda asosan aylanuvchi pechlarda amalga oshiriladi. Aylanuvchi o‘choq bir oz qiya qilib joylashtirlganuzun silindrdan iborat bo‘lib, ichi olovbardoshli zirxlar bilan qoplangan bo‘ladi. o‘choqning (xumdonning) uzunligi 95-185-230 m, diametri 4-7 m bo‘ladi. 113 Aylanuvchi pechlar (xumdonlar) qarama-qarshi, yoki to‘g‘ri qonuniyat bo‘yicha ishlaydi. Kukun (quruq usulda) yoki shlam (xo‘l usulda) ko‘rinishdagi xom - ashyo avtomatik ta’minlovchi vositasida o‘choqga uning yuqori (sovuq) tomonidan yuboriladi, quyi (issiq) tomondan esa 20 - 30 metrli alanga ko‘rinishda yoqilg‘i (tabiiy gaz, mazut, havo va ko‘mir kukuni aralashmasi) puflanadi. Xom-ashyo o‘choq ko‘ndalang kesimning faqat bir qismigina egallaydi va u o‘choq 1-2 ayl. min tezlik bilan aylanib turgani holda, turli harorat bo‘linmalarini o‘tib sekin-asta pastga, yonuvchi gazlar tomonga qarab harakatlanadi. Ba’zan kuydirish uchun xom ashyoviy aralashmani qisman karbon gazlardan qutilishi uchun va 800-850 o S haroratgacha qizdiruvchi, siklonli issqlik almashtiruvchi moslama bo‘lgan aylanuvchi o‘choqlarda foydalaniladi (7.1-rasm). Siloslardan quruq xom-ashyoviy aralashma pnevmonasos yordamida o‘choqning qabul qiluvchi bunkeriga 1 yo‘naltiriladi, bu yerda elevator 2 yordamida moddalar tasmali transporter 3 uzatiladi va undan batareyali siklon 4ga tushadi. Siklondan 5 qaytuvchi gazlar yordamida 6,7 siklonlardan o‘tib, o‘choqqa 8 tushadi. Siklonlardan o‘tganda xom-ashyoviy u nasta-sekin qiziydi 800 0 -900 0 S va siklon 7 ga kelib tushadi. Tizimda gazlar oqumi tutun yutuvchi 10 orqali harakat qiladi. Qayta ishlangan 200 0 S gazlar siklonda 9 elektrofiltrlarda changdan tozalanadi. Baland haroratlar zonalarini o‘tib, klinker sovuq havo oqimi ta’sirida sovitiladi. o‘choqdan klinker 1000-1100 o S harorat bilan chiqadi, muzlatgichga jo‘natiladi va u yerda 30-50 o S haroratgacha sovutiladi. Sovutilgan klinker saklash omboriga, keyin maydaligichga jo‘natiladi. Maydalangan klinker iqlim sharoitiga ko‘ra berk yoki ochiq omborlarda saqlanadi va u yerdan sement ishlab chiqarish uchun tegirmonlarga uzatiladi. 7.1-rasmda xumdon o‘lchami 4x60 m 1 siklonli issiqlik almashtirgich 5 bilan ta’minlangan. o‘tayotgan gazlar gaz o‘tkazuvchi va elektrofiltralar tizimi orqali tutun so‘ruvchi 13 yordamida quvurga tashlanadi. Xom-ashyoviy shixta sarflovchi bunkerga 3, keyin issiqlik almashtiruvchiga 5 kelib tushadi. Xumdondan qatygan gaz ventilator 8 yordamida sharli tegirmon 9 yo‘naltiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling