Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Portlandsement klinkerining kimyoviy-minerologik tarkibi
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
5.3 Portlandsement klinkerining kimyoviy-minerologik tarkibi
Portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida tarkibida kalsiy karbonat ko‘p bo‘lgan karbonat jinslar va tarkibida kremniy oksid, alyuminiy oksid hamda temir oksid bo‘lgan gillar, shuningdek, gil va kalsiy karbonatning tabiiy aralashmalari (mergellar) ishlatiladi. Keyingi yillarda portlandsement ishlab chiqarishda gilni butunlay ishlatmaslik yoki qisman ishlatish maqsadida, nordon va asosli domna shlaklari, shuningdek, nefelin chiqindilaridan foydalanilmoqda. SHuningdek, gips yoki angidritni gil bilan aralashtirib, portlandsement va SO 2 gazi olishning kompleks texnologiyasi ishlab chiqilgan. Bu texnologiya sulfat kislota kam ishlab chiqariladigan mamlakatlarda yo‘lga qo‘yilgan. Nefelin shlami chiqindi sifatida alyuminiy oksid ishlab chiqaruvchi sanoatda hosil bo‘ladi. Uning tarkibida 25...30% SiO 2 2...5% Al 2 O 3 , 3…5% Fe 2 O 3 ,50 ....58% SaO va 3...8% boshqa bo‘lgan materialga 15...20% ohaktosh qo‘shib, portlandsement ishlab chiqarish uchun xom ashyo aralashmasini tayyorlash mumkin. Nefelin shlami ishlatish pechlar unumdorligini 20...30% ga oshiradi va yoqilg‘i sarfini 25% ga kamaytiradi. 40...50% gacha tarkibida kalsiy oksid bo‘lgan domna shlaklari ham portlandsement ishlab chiqarish uchun qimmatli xom-ashyo hisoblanadi. Hozircha ular ko‘p miqdorda ishlatilmaydi, lekin ular asosida yirik portlandsement ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish mumkin. 92 Kimyoviy tarkib: sementning sifati kuydiriladigan xom — ashyoviy qorishmaning kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Shu tufayli klinkerni kimyoviy taxlil qilish uning sifatini nazorat kilish vositasidir. Bunda nafaqat CaO, Al 2 O 3 ,SiO 2 , Fe 2 O 3 .MgO kabi eng muhim oksidlar, balki xom ashyoning tarkibida uchrovchi MnO. Na 2 O kabi ikkinchi darajali tashkil qiluvchilarning miqdori xam aniqlanadi. Odatda bu oksidlarni klinkerdagi miqdori quyidagi chegaralarda foiz hisobida: SaO 63 — 66. MgO – 0.5-5 SiO 2 21-24. SO 3 – 0.3-1 Al 2 O 3 4-8. Na 2 OQK 2 O – 0.4-1 Fe 2 O 3 2-4. TiO 2 QCr 2 O 3 – 0.2-0.5 P 2 O 5 – 0.1-0.3 Bo‘larning natijaviy miqdori 95 — 97% ni tashkil qiladi. SaO – kalsiy oksidi klinkerning eng asosiy tashkil qiluvchisidir. Yuqori sifatli sement olish uchun undagi SaO erkin xolatda emas, balki kislotaviy oksidlar — SiO 2 . Al 2 O 3 ., Fe 2 O 3 lar bilan kimyoviy bog‘lanishda bo‘lishi lozim. Klinkerda erkin holda qolgan SaO miqdori 1% oshmasligi kerak aks holda sement xajmining notekis o‘zgarishi xodisasini yuzaga keltiradi. Yuqori haroratda kuydirish jarayonida ortiqcha ohak o‘ta darajada kuyib ketadi. Shu tufayli uning so‘nishi qorishma yumshoq bo‘lgan ivish paytida emas, balki sement massasi qotib bo‘lgan paytda yuz beradi. Ohakning sunishi xajmidagi kuchli kengayishlar bilan birgalikda yuz bergani tufayli, bu xol yorilishlar hosil qiluvchi va beton yoki qorishmaning buzilishiga olib keluvchi kuchlanishlar paydo qiladi. SaO miqdorining ortishi (uning albatta kislotali oksidlar bilan birikishida) mustaxkamlikni orttiradi xamda sementning qotish jarayonini tezlashtiradi, ammo suvga chidamligiga kamayadi. Kremnozyom - SiO 2 - ham klinkerning eng muhim tashkil etuvchilardan biridir, u glinozem Al 2 O 3 xamda temir oksidi Fe 2 O 3 bilan birgalikda kalsiy oksidining SaO birikishini va shu bilan birgalikda portlandsementda gidravlik qotish xossasiga ega bo‘lgan birikmalarning hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Sementda 93 SiO 2 ning ortishi bilan tutib qolish jarayoni sekinlashadi, birinchi muddatlarda qotish jarayonini tezligi yanada sekinroq kechadi. Keyingi muddatlarda mustaxkamlikning yetarlicha izchil orta borishida uning suvga, sulfatli suvlarga chidamligiga xam ortadi. Giltuproq Al 2 O 3 — (katta miqdorda bo‘lganda) portlandsement boshlang‘ich muddatlarda ancha tezroq tutib qoladi va qotadi, ammo sement mustaxkamligi ortishining keyingi jarayoni sekinlashadi, sementlar suvga sulfatlarga va sovuqqa chidamsiz bo‘ladi. Temir oksidi Fe 2 O 3 —klinkerning pishish haroratini pasaytiradi. Temir oksidiga boy bo‘lgan sementlar tarkibida giltuproq xatto kremnozyom kam bo‘lganda xam, ular sekin tutib qoladilar, uzok vaqt davomida qotadilar, sulfatga chidamli bo‘ladilar. Magniy oksidi MgO —uning klinkerdagi miqdori 5% dan ortmasligi kerak. Chunki, magniy oksidining anchagina qismi periklaz ko‘rinishida erkin xolatda bo‘lishi bilan izoxlanadi. U yuqori haroratda kuyadi, qorishma va beton qotayotganda suv bilan juda sekin birikadi (gidratlanadi). Ortiqcha miqlori o‘z navbatida sement xajmining notekis o‘zgarishiga sabab bo‘ladi va shu tufayli buzilishlarga olib keladi. Titan (IV) oksidi TiO 2 — xamisha gilning tarkibida bo‘ladi va klinkerda 0,3% dan ortiq bo‘lmagan miqdorda uchraydi. Klinker minerallarining yaxshiroq kristallanishiga yordam bergani tufayli uning ozmiqdorlarda bo‘lishi foydalidir. Marganes oksidi MnO — klinkerda 1,5% gacha va domna shlakidan foydalanilganda yanada ko‘proq miqdorda mavjud bo‘ladi. Na 2 O —K 2 O ishqorlari klinkerda 0,5% dan 1% gacha bo‘ladi va K 2 O — Na 2 O ga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Sementning tutib kolish muddati barqarorlashuvining va sement mahsulotlarida aynishlar yuzaga kelishining sababchisi bo‘lganligi tufayli ishkorlarning mavjud bo‘lishi maqsadga muvofiq emas. SO 3 – oltin gugurt angidrit gips ko‘rinishda bo‘lib sementning tutib qolish muddatini boshqarish uchun kerak bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling