46
Gipsni suvga solgandan boshlab 45 sekund utgandan
sung yoki korishtirish
tugagandan 15 sekund keyin silindr tik vertikal xolda kutariladi.
Silindr kutarilgandan sung gips xamirining yoyilish diametri oʻzaro ikki
perpendikulyar yunalishda ulchab olib oʻrta arifmetik kiymati xisblanadi.
Agar bu kiymat 120 mm ni tashkil etsa gips xamirining normal quyuqligi
deyiladi.
Gips xamirining normal quyuqligi foiz
hisobida suv miqdori bilan
ifodalanadi va u quyuqligi uchun sarf bo‘ladigan suv ogirligini gips massasiga
bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi.
Normal quyuqlikdagi gips xamirining qotish muddatlarini aniqlash
Gips xamirining qotish muddatlarini Vika asbobi yordamida aniqlanadi.
Ishni bajarish tartibi: metall yoki chinni idishga
gips xamirini normal
quyuqligini ta’minlovchi miqdorda suv solinadi (50-70%). Keyin suvga 200 g tortib
olingan gipsni solib, 30 sekund davomida korishtiriladi.
Gips qorishmasi asbob
xalqasiga solinadi, ortiqchasi pichok bilan tekislanadi.
Shisha plastinka ustiga kuyilgan xalqa igna ostiga joylashtiriladi. Ignani gips
qorishmasiga
tekkunga qadar tushirilib, keyin ignani oʻzak oʻqi bilan maxkamlab
qoʻyiladi. Keyin oʻzak oʻqi boʻshatiladi va igna qorishma ichiga erkin botadi. Oʻzak
oʻq bilan ignani tushishini har 30 sekundda qaytarib turish kerak.
Qotishini boshlanishi (daqiqa) deb gips qorishmasi
korishtirishdan boshlab to
igna qorishmaga botirilganda birinchi marta xalqa tagiga yetmay qolgan davrgacha
utgan vaqtga aytiladi.
Qotishini oxiri (daqiqa) deb gips qorishmasini korishtirishdan
boshlab to igna
qorishmaga botirilganda 0,5 mm.dan ortiq botmay qolgan davrgacha oʻtgan vaqtga
aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: