Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Portlandsement klinkerining kimyoviy-minerologik tarkibi


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

5.3 Portlandsement klinkerining kimyoviy-minerologik tarkibi
Portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida tarkibida kalsiy 
karbonat ko‘p bo‘lgan karbonat jinslar va tarkibida kremniy oksid, alyuminiy oksid 
hamda temir oksid bo‘lgan gillar, shuningdek, gil va kalsiy karbonatning tabiiy 
aralashmalari (mergellar) ishlatiladi. Keyingi yillarda portlandsement ishlab 
chiqarishda gilni butunlay ishlatmaslik yoki qisman ishlatish maqsadida, nordon va 
asosli domna shlaklari, shuningdek, nefelin chiqindilaridan foydalanilmoqda. 
SHuningdek, gips yoki angidritni gil bilan aralashtirib, portlandsement va SO
2
gazi 
olishning kompleks texnologiyasi ishlab chiqilgan. Bu texnologiya sulfat kislota kam 
ishlab chiqariladigan mamlakatlarda yo‘lga qo‘yilgan.
Nefelin shlami chiqindi sifatida alyuminiy oksid ishlab chiqaruvchi sanoatda 
hosil bo‘ladi. Uning tarkibida 25...30% SiO
2
2...5% Al
2
O
3
, 3…5% Fe
2
O
3
,50 ....58% 
SaO va 3...8% boshqa bo‘lgan materialga 15...20% ohaktosh qo‘shib, 
portlandsement ishlab chiqarish uchun xom ashyo aralashmasini tayyorlash mumkin. 
Nefelin shlami ishlatish pechlar unumdorligini 20...30% ga oshiradi va yoqilg‘i 
sarfini 25% ga kamaytiradi. 
40...50% gacha tarkibida kalsiy oksid bo‘lgan domna shlaklari ham 
portlandsement ishlab chiqarish uchun qimmatli xom-ashyo hisoblanadi. Hozircha 
ular ko‘p miqdorda ishlatilmaydi, lekin ular asosida yirik portlandsement ishlab 
chiqarish korxonalarini tashkil qilish mumkin. 


92 
Kimyoviy tarkib: sementning sifati kuydiriladigan xom — ashyoviy 
qorishmaning kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Shu tufayli klinkerni kimyoviy taxlil qilish 
uning sifatini nazorat kilish vositasidir. Bunda nafaqat CaO, Al
2
O
3
,SiO
2

Fe
2
O
3
.MgO kabi eng muhim oksidlar, balki xom ashyoning tarkibida uchrovchi 
MnO. Na
2
O kabi ikkinchi darajali tashkil qiluvchilarning miqdori xam aniqlanadi. 
Odatda bu oksidlarni klinkerdagi miqdori quyidagi chegaralarda foiz hisobida:
SaO 63 — 66. MgO – 0.5-5
SiO
2
21-24. SO
3
– 0.3-1 
Al
2
O
3
4-8. Na
2
OQK
2
O – 0.4-1 
Fe
2
O
3
2-4. TiO
2
QCr
2
O
3
– 0.2-0.5 
P
2
O
5
– 0.1-0.3 
Bo‘larning natijaviy miqdori 95 — 97% ni tashkil qiladi. 
SaO – kalsiy oksidi klinkerning eng asosiy tashkil qiluvchisidir. Yuqori sifatli 
sement olish uchun undagi SaO erkin xolatda emas, balki kislotaviy oksidlar — SiO
2

Al
2
O
3
., Fe
2
O
3
lar bilan kimyoviy bog‘lanishda bo‘lishi lozim. Klinkerda erkin holda 
qolgan SaO miqdori 1% oshmasligi kerak aks holda sement xajmining notekis 
o‘zgarishi xodisasini yuzaga keltiradi. Yuqori haroratda kuydirish jarayonida ortiqcha 
ohak o‘ta darajada kuyib ketadi. Shu tufayli uning so‘nishi qorishma yumshoq 
bo‘lgan ivish paytida emas, balki sement massasi qotib bo‘lgan paytda yuz beradi. 
Ohakning sunishi xajmidagi kuchli kengayishlar bilan birgalikda yuz bergani tufayli, 
bu xol yorilishlar hosil qiluvchi va beton yoki qorishmaning buzilishiga olib keluvchi 
kuchlanishlar paydo qiladi.
SaO miqdorining ortishi (uning albatta kislotali oksidlar bilan 
birikishida) mustaxkamlikni orttiradi xamda sementning qotish jarayonini 
tezlashtiradi, ammo suvga chidamligiga kamayadi. 
Kremnozyom - SiO
2
- ham klinkerning eng muhim tashkil etuvchilardan 
biridir, u glinozem Al
2
O
3
xamda temir oksidi Fe
2
O
3
bilan birgalikda kalsiy
oksidining SaO birikishini va shu bilan birgalikda portlandsementda gidravlik
qotish xossasiga ega bo‘lgan birikmalarning hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Sementda 


93 
SiO
2
ning ortishi bilan tutib qolish jarayoni sekinlashadi, birinchi muddatlarda qotish 
jarayonini tezligi yanada sekinroq kechadi. Keyingi muddatlarda mustaxkamlikning 
yetarlicha izchil orta borishida uning suvga, sulfatli suvlarga chidamligiga xam 
ortadi. 
Giltuproq Al
2
O
3
— (katta miqdorda bo‘lganda) portlandsement 
boshlang‘ich muddatlarda ancha tezroq tutib qoladi va qotadi, ammo sement 
mustaxkamligi ortishining keyingi jarayoni sekinlashadi, sementlar suvga sulfatlarga 
va sovuqqa chidamsiz bo‘ladi. 
Temir oksidi Fe
2
O
3
—klinkerning pishish haroratini pasaytiradi. Temir 
oksidiga boy bo‘lgan sementlar tarkibida giltuproq xatto kremnozyom kam bo‘lganda 
xam, ular sekin tutib qoladilar, uzok vaqt davomida qotadilar, sulfatga chidamli 
bo‘ladilar. 
Magniy oksidi MgO —uning klinkerdagi miqdori 5% dan ortmasligi kerak. 
Chunki, magniy oksidining anchagina qismi periklaz ko‘rinishida erkin xolatda 
bo‘lishi bilan izoxlanadi. U yuqori haroratda kuyadi, qorishma va beton qotayotganda 
suv bilan juda sekin birikadi (gidratlanadi). Ortiqcha miqlori o‘z navbatida sement 
xajmining notekis o‘zgarishiga sabab bo‘ladi va shu tufayli buzilishlarga olib keladi. 
Titan (IV) oksidi TiO
2
— xamisha gilning tarkibida bo‘ladi va klinkerda
0,3% dan ortiq bo‘lmagan miqdorda uchraydi. Klinker minerallarining
yaxshiroq kristallanishiga yordam bergani tufayli uning ozmiqdorlarda bo‘lishi 
foydalidir. 
Marganes oksidi MnO — klinkerda 1,5% gacha va domna 
shlakidan foydalanilganda yanada ko‘proq miqdorda mavjud bo‘ladi. Na
2
O —K
2

ishqorlari klinkerda 0,5% dan 1% gacha bo‘ladi va K
2
O — Na
2
O ga nisbatan ko‘proq 
bo‘ladi. Sementning tutib kolish muddati barqarorlashuvining va sement 
mahsulotlarida aynishlar yuzaga kelishining sababchisi bo‘lganligi tufayli 
ishkorlarning mavjud bo‘lishi maqsadga muvofiq emas. 
SO
3
– oltin gugurt angidrit gips ko‘rinishda bo‘lib sementning tutib qolish 
muddatini boshqarish uchun kerak bo‘ladi. 


94 

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling