Qurilish vazirligi xorazm arxitektura va qurilish texnikumi qurilish sohasi bo
-MAVZU. Kukun materiallar va qattiq qotishmalar
Download 0.72 Mb.
|
gipsakarton 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- TASDIQLAYMAN”
2-MAVZU. Kukun materiallar va qattiq qotishmalar.
REJA: 1. Kukun metallurgiyasi haqida ma'lumotlar. 2. Qattiq qotishmalar. 3. Mineralokeramik materiallar. Kukun metallurgiyasi haqida ma'lumotlar. Kukunlarning olinish usullari. Kukun metallurgiyasi usullari bilan suyultirilganda bir-birida crimaydigan metallardan, shuningdek, qiyin eriydigan va o'ta toza metallardan qotishmalar olish mumkin. Kukunli metallurgiyada xomakilar, shuningdek, aniq o'lchamli turli detallar tayyorlanadi. Kukunli metallurgiya g'ovak materiallar va ulardan detallar, shuningdek, ikkita (bimetallar) yoki turli metallar va qotishmalarning bir necha qatlami ko'rinishidagi detallar tayyorlash imkonini beradi. Kukunli metallurgiya usullari olovga chidamliligi, yeyilishga chidamliligi yuqori, qattiqligi katta, belgilangan barqaror (magnit xossali, shuningdek alohida fizik-kimyoviy, mexanik va texnologik xossali detallar olish imkonini beradi. Bunday detallarni quyish va bosim ostida ishlash yo'li bilan olish mumkin emas. Kukun materiallardan detal va buyumlar olish protsessi metall kukunini tayyorlash, ulardan shixta tuzish, presslash zagotovkani pishirishdan iborat. Metall kukunlari mexanik va fizik-kunyoviy usullar bilan olinadi. Mexanik usullarda kukunlar qattiq metallarni maydalab, suyuq metallarni esa kimyoviy tarkibini o'zgartirmasdan to'zitib hosil qilinadi. Mo'rt qattiq materiallarni maydalash uchun sharli uyurma va vibratsion tegirmonlardan foydalaniladi. Ishlov beriladigan material po'lat yoki cho'yan sharlarning zarbiy yoki ishqalovchi ta'siri bilan may dalanadi. Metall kukunlarni mexanik usullar bilan olishda ularning ifloslanishini hisobga olish zarur. Qattiq qotishmalar. Mineralokeramik va metallokeramik materiallar. Qattiq qotishmalar qattiqligi, mustahkamligi, yeyilishga chidamliligi, o'tga chidamliligi yuqori bo'lgan qiyin eriydigan karbidlar asosida tayyorlanadi. Qattiq qotishmalarning bu xossalari ular 800-1000°C gacha qizdirilganda ham saqlanadi. Ishlab chiqarish usuliga ko'ra qattiq qotishmalar quyma va metall-keramik xillarga bo'linadi. Metall-keramik qotishmalar volfram, titan va tantal karbidlari kukunlarini kobalt bilan birga pishirib olinadi. Kobalt qotishmalarga qovushoqlik berish uchun qo'shiladi. Quyma qattiq qotishmalar maxsus elektrodlar (GOST 10051-75) ko'rinishida, asbob yoki detalga suyultirib yopishtirishga yaroqli holda tayyorlanadi. B2K, B3K qotishmalari (stellitlar), sormayt quyma qotishmalarga kiradi. Stellitlar volfram, xrom va kobalt asosidagi qotishmalardir. Bu qotishmalar shtamplar, metallni qirqish pichoqlari, tokarlik dastgohlarining markazlari kabi yangi yoki yoyilgan detal va asboblar sirtiga suyultirib qoplanadi. Qotishmalar atsetilen-kislorodli alangada yoki elektr yoyi alangasida suyultiriladi. Mineralokeramik materiallar. So'nggi yillarda asbobsozlik materiallarining yangi turi mineralokeramik qattiq qotishmalar ishlab chiqarish sanoat miqyosida o'zlashtirildi. Mineralokeramik qattiq qotishmalar turli oicham va shakldagi plastinalar tarzida tayyorlanadi va xuddi metallokeramik qattiq qotishmalar kabi, kesuvchi asboblarning tishi uchun ishlatiladi. Mineralokeramik plastinkalar tarkibida qiyin suyuqlantiradigan A1203, Cr203, Si02, Cro2 boigan mineral materialni presslash va 1750- 1900°C haroratda qovushtirish yo'li bilan tayyorlanadi. Bunday plastinalarning qattiqligi Rokvell bo'yicha 91-95 ga yetadi (HRA-91-95). Mineralokeramik plastinalar yeyilishga chidamli bo'ladi. 1200°C gacha qizdirilganda ham kesish xossalarini yo'qotmaydi va oksidlanmaydi, shuningdek, boshqa qotishmalarga qaraganda ko'p marta arzon turadi, shu sababli, ular po'lat va cho'yan tanavorlardan kichik kesimli qirindi yo'nib, katta (400-500 m/min) tezlik bilan tozalab kesishda keng ko'lamda ishlatiladi. Ammo ular ancha mo'rt, issiqlik o'tkazuvchanligi past va egilishdagi mustahkamlik chegarasi metallokeramik qotishmalarnikidan 4-5 baravar, tezkesar po'latlarnikidan esa 10-12 baravar kichik bo'ladi. Mineralokeramik qotishmalarning issiqlik o'tkazuvchanligi past bo'lganligidan, ular tez va notekis qizdirilsa, darz ketishi mumkin. Ana shu kamchiliklari tufayli mineralokeramik plastinalarning ishlatilishi cheklangan. Mineralokeramik qattiq qotishmalarning MX6-13, X-14, JDK-18 markalari mavjud. Hozirgi vaqtda mikrolit deb ataladigan JIM-332 markali mineralokeramik plastinalar, ayniqsa, keng ko'lamda ishlatiladi. Ular ish jarayonida 1200°C gacha qiziganda ham o'z qattiqligini yo'qotmaydi. Hozirgi vaqtda ko'p uch, besh va olti qirrali (yoqli) mineralokeramik plastinalar ishlab chiqarilmoqda. Bunday plastinalarning bir qirrasi o'tmaslansa, charxlab o'tkirlamay, ikkinchi qirrasi bilan kesadigan qilib o'rnatiladi va hokazo. Mineralokeramik plastinalar ikki variantda: oldingi yuzasi yassi va qirindi chiqaravchi ariqchali qilib tayyorlanadi. Plastinalar keskich kallagiga yo kavsharlash yo'li bilan yoki mexanik usulda mahkamlanadi. Mexanik usulda mahkamlanadigan plastinalarda keskich kallagidagi shtir uchun maxsus teshiklar bo'ladi. Metallokeramik qattiq qotishmalar. Metallokeramik qattiq qotishmalar asbobsozlik materiallari jumlasiga kiradi, ulardan metal va qotishmalami kesib ishlashda, shuningdek, bosim bilan ishlashda (sim kiryalash, shtamplash, kalibrlash va boshqalarda) foydalaniladi. Metallokeramik qattiq qotishmalar xilma-xil keramika materiallarini ishlashda, burg'ilash ishlarida va texnikaning bir qator boshqa sohalarida ham keng ko'lamda ishlatiladi. Metallokeramik qattiq qotishmalaming asosiy tarkibiy qismini bir yoki undan ortiq karbid tashkil etadi. Qattiq qotishmalar tayyorlashda ishlatiladigan karbidlar qiyin suyuqlanuvchi metallar-volfram, titan va tantalning uglerod bilan hosil qilgan kimyoviy birikmalari bo'lib, nihoyatda qattiq, normal haroratda kislota va ishqorlar ta'siriga juda chidamli moddalardir. Nazorat savollari 1. Kukun metallurgiyasi haqida ma'lumotlar? 2. Qattiq qotishmalarni turlari? 3. Mineralokeramik materiallarni qo'llanish sohalari? “TASDIQLAYMAN” Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling