Qurilish vazirligi xorazm arxitektura va qurilish texnikumi qurilish sohasi bo


-MAVZU.Gipsakarton ishlab chiqarish tizimida qo’llaniladigan maateriallar


Download 0.72 Mb.
bet14/27
Sana15.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1777191
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
gipsakarton 1

5-MAVZU.Gipsakarton ishlab chiqarish tizimida qo’llaniladigan maateriallar.


REJA:

1.Umumiy ma’lumot
2. Gipsakarton ishlab chiqarish tizimida qo’llaniladigan maateriallar.
3. Gipsakarton ishlab chiqarish tizimida qo’llaniladigan maateriallarni montajlash.

Gipsbeton plita va panellar, pardevorlar tayyorlashda ishlatiladi. Olovbardosh bo‘lgani uchun ular asosida metall va yog‘och konstruksiyalar himoyalanadi. Gipsbeton plita va panellar sanitariya xonalari qurilishida ishlatilsa, suv o‘tkazmaydigan bo‘yoqlar va plitkalar bilan qoplanishi kerak.


Qurilish maydonlariga panellar maxsus treller-prisepli avtomashinalarda tashiladi, montaj qilinguncha kassetalarda yog‘in-sochindan himoyalangan holda saqlanadi. Pol asoslari uchun ishlatiladigan panellar tayyorlashda bog‘lovchisi tarkibida gipsdan tashqari sement va pussolan qo‘shimchalar bo‘ladi.
Gipssementpussolanli panellar xona devori o‘lchamlarida, 50–60 mm qalinlikda ishlab chiqariladi.Panel mustahkamligini oshirish maqsadida yog‘och karkas bilan armaturalanadi.Panellar xonaning bir qismini qoplaydigan o‘lchamlarda ham ishlab chiqarilishi mumkin.Ularning o‘rtacha zichligi 1300 kg/m3 gacha, siqilishdagi mustahkamligi kamida 7 MPa bo‘ladi.
Gipsli qoplama listlar Gips bog‘lovchisi asosidagi quruq suvoq ikki tomoni kartondan iborat o‘rtasiga yupqa gips quyilgan list bo‘lib, yaxlit holda yuqori mustahkamlikka ega bo‘ladi. Gipskarton listda (GKL) egilishdagi yuqori mustahkamlikni ikki tomondagi karton ta’minlaydi. O‘rta qismiga quyiladigan gips qorishmasi qo‘shimchasiz va mineral yoki organik moddalar qo‘shilgan bo‘ladi. Gips tarkibiga tolasimon organik qo‘shimchalar kiritilishi egilishdagi mustahkamligini yanada oshirishi mumkin. Gipskarton listlar uzunligi 250, 270, 290 va 330 sm, eni 120 va 130 sm, qalinligi 10–12 mm o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Ular yuqori zichlikka, issiqlik va tovush izolatsiyasi xususiyatiga ega bo‘ladi, oson kesiladi, arralanadi, mix qoqiladi.
Oddiy gipskarton listlar havo namligi 60% gacha bo‘lgan xonalar devorlarini, shiplarni qoplashda ishlatiladi. Namga chidamli maxsus karton asosida tayyorlangan listlar namligi yuqori bo‘lgan xonalar va sanitariyatexnika xonalari devorlarini qoplashda ishlatiladi. Gipskarton listlar turli maqsadlar uchun o‘ng yuzasi gulqog‘ozlar, polivinilxlorid pardalar bilan yog‘och yoki marmar teksturasida bezatilgan holda ishlab chiqariladi.
Gipskarton listlarni ishlatish qurilish obyektlarida bezak ishlarni tezlatadi va bunday ishlarni barcha mavsumlarda olib borish imkonini yaratadi. Listlar olovbardosh bo‘lgani uchun yonadigan buyum va konstruksiyalarni himoyalashda ishlatiladi. Gipskarton listlar ishlab chiqarish texnologiyasi murakkabligi va karton tannarxi yuqori bo‘lgani sababli gipsli listlarni organik tolasimon qo‘shimchalar qo‘shib tayyorlash maqsadlidir.
Organik tolasimon materiallar sifatida maydalangan yog‘och, qog‘oz makulaturasi, kanop va boshqa o‘simlik tolalari massa bo‘yicha 10% gacha qo‘shiladi. Bu xildagi listlarni tayyorlash texnologiyasi nisbatan soddaroq va tannarxi arzon bo‘ladi. Gipskarton va kartonsiz listlar yog‘och karkasli asosga mixlanadi, boshqa asoslarga gips-yelim, ko‘pikgips va turli sintetik mastikalar yordamida mahkamlanadi.
Listlarning qirra tomonlarida nuqsonlar bo‘lmasligi kerak. Ularning choklari marli yelimlanib shpaklovkalanishi yoki yog‘och, plastmassa burchakli reykalar bilan berkitiladi. Keyingi yillarda bino va inshootlarni qayta qurish hamda ta’mirlashda gipskarton listlarni ishlatish kengaymoqda. Zarurat bo‘lganda, mavsum talab etadigan ho‘l suvoq qorishmalari o‘rniga GKL larni ishlatish ta’mirlash texnologiyasi va tezligini butkul o‘zgartirdi. Germaniyaning «Knauf» firmasi GKL qurilish tizimida keng tarqalgan. Ular ishlatishga qulay va ekologik toza, ta’mirlash tadbirlarida mavsum tanlamaydi va oson montaj qilinadi.

Nazorat savollari.


1. Gipsakarton ishlab chiqarish tizimida qo’llaniladigan maateriallarga qaysilar kiradi?
2..Gipsakarton ishlab chiqarish tizimida qo’llaniladigan maateriallaro‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat?
3.Gipsakarton ishlab chiqarish tizimida qo’llaniladigan maateriallari qanday hollarda qo‘llaniladi?
TASDIQLAYMAN”

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling