Qurilish vazirligi xorazm arxitektura va qurilish texnikumi qurilish sohasi bo


Download 0.72 Mb.
bet11/27
Sana15.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1777191
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
gipsakarton 1

CaS04-2H20=C aS04 0,5H20+l,5H 20
Yuqori haroratda kuydirilgan gips (angidrit) bog‘lovchisi gips toshini
600-1000 °S da kuydirib olinadi. Bu jarayon tufayli gips toshi tarkibidan
suv butunlay chiqib ketadi va CaS04 hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan gips
bog‘lovchisi - modifikatsiyadagi gips bo‘lib, kukun maydalanganda tez
qotuvchan boglovchiga aylanadi.
Gips bog‘iovchisi avtoklavlarda 0,15-0.6 MPa bosim ostida, 95-
100 °S pishirilganda - modifikatsiyadagi CaS04-0,5H20 hosil bo‘ladi
va - modifikatsiyadagi gips kukun holatigacha maydalanganda yuqori
mustahkamlikdagi gips hosil bo‘ladi. a va p - modifikatsiyalardagi gips
bog‘lovchilari kristallari o‘lchamlari va xarakteri bilan farqlanadi. a -
modifikatsiyadagi gips kristallari yirik, ignasimon va uzunchoq prizmatik
boladi, p - modifikatsiyadagi gips kristallari mayda va noaniq shakllarda
boladi.
Gips boglovchisi suv bilan aralashtirilganda ikki molekula suvli gips toshiga aylanadi va qotadi:
CaSO4-0,5H20+l,5H20=CaSO4*2H2О
Professor A.A.Baykov nazariyasiga binoan gips qotish jarayonini
uch bosqichga boMadi. Birinchi bosqichda gips zarrachalari suvda eriydi
va yarim molekula suvli gipsdan ikki molekula suvli gips hosil boMadi.
Ikki molekula suvli gips yarim molekula suvli gipsga nisbatan kam erishi
sababli, yarim molekula suvli gipsning kimyoviy reaksiya boshlanishida
hosil boMgan to‘yingan eritmasi ikki molekulasuvli gipsga nisbatan o‘ta
to‘yingan boMadi va u eritmadan ajralgan holda hosil boMadi. Ikkinchi
bosqichda yarim molekula suvli gips suv bilan bevosita reaksiya natijasida
mikrokristallar hosil qiladi va to‘yingan kolloid massa (gel) vujudga keladi.
Uchinchi bosqichda ikki molekula suvli gipsning kolloidzarrachalari
qayta kristallanib nisbatan yirik kristallar hosil boMadi. Mikrokristallar
kristall to ‘siqlarini hosil qiladi va o ‘zaro birikishi natijasida gips
boglovchisi qattiq moddaga aylanadi.
Gips bogiovchisi mustahkamligini oshirish uchun 60-70 °S haroratda
qizdirish mumkin. 1 kg. gips boglovchisi gidratatsivasi natijasida 133 KJ
issiqlik miqdori ajralib chiqishi, gipsdan mahsulot tayyorlanganda uning
qurishini va qotishini qisman tezlashtiradi.
Gips boglovchisining zichligi 2,6-2,75
g/sm3, o‘rtacha zichligi to‘kilgan holatda 800-1100 kg/m3 va zichlangan
holatda esa 1250-1450 kg/m3. Uning normal quyuqligi 50-70 foiz suv
sarfi bilan ifodalanadi va maydalik darajasi va aralashmalaming miqdoriga
bog‘liq bo‘ladi. Suv sarfini kamaytirish uchun uning tarkibiga organik
plastifikatorlar kiritiladi.
Gips quyuqlanish davriga qarab 3 guruhga boiinadi: A - tez
quyuqlanuvchan (quyuqlanish boshi 2 daqiqa va oxiri 15 daqiqa); В
- normal quyuqlanuvchan (6 daqiqadan 30 daqiqagacha); V - sekin
quyuqlanuvchan (quyuqlanish boshlanishi kamida 20 daqiqa).
Davlat standarti tomonidan 12 markada gips bog‘lovchisi ishlab
chiqariladi (MPa): G-2, G-3, G-4, G-5, G-6, G-7, G-10, G-13, G-16,
G-19, G-22, G-25. Bunda egilishdagi mustahkamlik chegarasi kamida
liar bir marka uchun mutanosiblikda 1,2 dan 8 MPa gacha qiymatda mos
bo‘lishi kerak.
Gips havoyi bog‘lovchi bo‘lgani tufayli nam sharoitda mustahkamligi
kamayadi. Uning namlikka chidamliligini oshirish uchun sement, pussolan
minerallar va domna shlaki kukuni, suvga chidamli polimerlar qo‘shiladi
yoki gipsdan tayyoflangan buyum sirti lok-bo‘yoqlar va plyonkalar bilan
qoplanadi.
Gips plitalar quyma, titratish va presslash kabi zichlashtirish usullarida qoliplanadi (9.4-rasm). Gips va qipiq (yoki boshqa to‘ldirgichlar) kovshli elevator vositasida bunkerlarga solinadi, so‘ngra dozalanib, aralashtirgich shnekka tushiriladi, qorishma shnekda aralashgach, gips qorishmasi qorgichga yuboriladi, u yerda qorishma suv bilan maromiga yetguncha aralashtiriladi. Òayyorlangan qorishma karusel mashinaga joylashtirilgan qoliplarning bo‘shiga quyiladi, stol bitta pozitsiyaga buriladi va keyingi bo‘sh qolipga qorishma quyiladi, buyumlar qoliplarda qotiriladi. Qoliplardan olingan plitalar maxsus mexanizm yordamida transporterga tushiriladi va buyum vagonetkalarda tunnelli quritkichga yuboriladi.
Gips plitalari kasseta texnologiyasida ham tayyorlanishi mumkin. Bu usulda tayyorlangan gips-qirindi (qipiq) qorishmasi seksiyadan iborat kasseta qoliplarga quyiladi, buyum qotgandan keyin qolipdan yechiladi va mustahkamligini oshirish maqsadida tunnelli quritgichga yuboriladi. Pardevor uchun panellar.Bunday panellar yuqori markali gipsbetondan katta o‘lchamlarda tayyorlanadi.Katta o‘lchamli panellar xona uzunligida, qavat balandligida, eni esa 80–120 mm holda tayyorlanadi; xususiy hollarda xonaning bir qismi uchun tayyorlanishi mumkin. Gipsbeton panellarni tayyorlash jarayonida eshik kesakilari va boshqa qismlar qo‘yib yuboriladi. Sanitariya xonalari uchun 2510x1700 mm o‘lchamdagi gipsbeton panellar ishlab chiqariladi. Ularning o‘rtacha zichligi 1400–1500 kg/m3 .Gipsbeton panellarning massasini kamaytirish maqsadida tarkibiga tolasimon yengil to‘ldirgichlar kiritiladi. Gips tolali panellar olishda tolasimon to‘ldirgich sifatida maydalangan qog‘oz makulaturasi, qamish, kanop va g‘o‘zapoya, bug‘doy, guruch poyasi (po‘chog‘i), tekstil sanoati chiqindilari va boshqalar ishlatiladi. Bunday panellar 3000x1200 mm va 2500x600 mm o‘lchamlarda, qalinligi 50 mm ishlab chiqariladi. Ularning o‘rtacha zichligi 800– 1100 kg/m3 , siqilishga mustahkamligi 3,5 MPa. Gipsbeton panellar, odatda, prokat usulida ishlab chiqariladi.Prokat usulida buyum doimo harakatlanayotgan tasma orasiga quyiladi, so‘ngra quritish kamerasiga yuboriladi.
Nazorat savollari:
1.Gipsbeton panellarning qurilishda qanday ahamiyati bor?
2.Gips materiallaridan tayyorlangan poydevorlar uchun qanday tartibda qo’llaniladi?
3.Gipsbeton va panellar qanday usullarda ishlab chiqildi?

Vaqt- 80 daqiqa

Ta’lim oluvchilar soni-

O’quv mashguloti shakli va turi

Nazariy

O’quv mashguloti rejasi:

1. Umumiy ma’lumot
2. Gipsakarton ishlab chiqarish tizimida qo’llaniladigan maateriallar.
3. Gipsakarton ishlab chiqarish tizimida qo’llaniladigan maateriallarni montajlash.

O’quv mashgulotining maksadi: Gipsakarton ishlab chiqarish tizimida qo’llaniladigan maateriallar haqida tushuncha berish


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling