Qurilish vazirligi xorazm arxitektura va qurilish texnikumi qurilish sohasi bo
Download 0.72 Mb.
|
gipsakarton 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oksid plenkasi
- Fosfat plenkasi
- Xromli qoplama
Korroziya turlari
Korroziyaning ikki turi mavjud: - Kimyoviy - quruq gazlar va elektrolit boMmagan suyuqliklar ta’sirida (benzin, oltingugurt, neft, suyuqlik tortilgan tuzlardan) yemirilish; - Elektr kimyoviy - elektrolitlarning suvdagi eritmasi (kislota, ishqor, va tuzlar) ta’siridan yemirilish; Metallarni korroziyadan himoya qilish usullari Metallami korroziyadan himoya qilishning quyidagi usullari mavjud. a) metalining korroziyaga qarshi chidamliligini oshirish; b) metall atrofidagi muhit agressivligini pasaytirish; c) korroziyani himoya qilinuvchi metalldan boshqasiga o'tkazish. Metalning korroziyaga qarshi chidamliligini oshirish uchun legirlash q o ‘llaniladi. Muhitning agressivligini pasaytirishga uning tarkibini o ‘zgartirish va namligini kamaytirish orqali erishiladi. Metallarni atrofmuhit ta’siridan himoyalovchi pardalar, metall va metall bo'lm agan qoplamalar bilan qoplash ham muhim ahamiyatga ega. Himoyalovchi pardalarga oksidlangan va fosfatlangan pardalar, metall qoplam alar - rux, xrom, nikel, mis va boshqa metallar bilan qoplash kiradi. Shuningdek, metall bo‘lmagan qoplamalar - bo'yoq, lok, emal va plastmassalar ham ishlatiladi. - Oksid plenkasi - detallarni natriy ishqori, selitra va marganes perekisi qo‘shilgan suvli qorishmada qaynatish yo‘li bilan (oksidlash) hosil qilinadi. Bunda metallni oksidlanishdan saqlovchi, temir magnit oksididan tuzilgan to‘q xavorang yoki qora rangli chiroyli plenka hosil bo‘ladi. - Fosfat plenkasi - buyumlarni fosfat kislotasi va temir hamda marganes tuzlari qo‘shilgan qorishmali vannada ishlov berish yo‘li bilan hosil qilinadi. - Temir va marganesning fosforli nordon birikmasidan tuzilgan fosfat plenkasi och yoki to‘q kulrang boMib, atmosfera sharoitida va 600° haroratgacha qizdirilganda ham korroziyaga juda chidamli hisoblanadi. Xromli qoplama-eng ko‘ptarqalgan metal qoplamasi hisoblanadi. Bu qoplamaning qattiqligi, yedirilishga va korroziyaga chidamliligi juda yuqori, shuningdek, uzoqqa chidamli va yaltiroq xususiyatga ega. - Rux bilan qoplash - asosan tom bop m etallni atm osfera korroziyasidan himoyalash uchun qo‘llanadi. Metallni dengiz suvi tasiridan himoyalash esa kadmiy bilan qoplash yo‘li bilan amalga oshiriladi.. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling