Qurilishda ishlatiladigan tog‘ jinslari
Download 10.05 Kb.
|
Qurilishda ishlatiladigan tog‘ jinslari-fayllar.org
Qurilishda ishlatiladigan tog‘ jinslari Qurilishda ishlatiladigan tog‘ jinslari Tog‘ jinslari shakllanish jixatidan 3 genetik guruxlarga bo‘linadi: silikatli qotishma (magma) ning qayta kristallanishidan hosil bo‘lgan magmatik jinslar, tog‘ jinslarining nurashidan hosil bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinslari, yer qatlamida fizik – kimѐviy sharoitda qayta kristallanib, ko‘rinishi o‘zgargan metamorfik tog‘ jinslaridir (1.1- jadval). 1.1- jadval Tog‘ jinslarining genetik klassifikasiyasi
Magmatik tog‘ jinslar Magmatik jinslar magmaning vulkanik harakatlar natijasida yer yuziga toshib chiqishidan ѐki yerning ѐriq va bo‘shliqlarida qotishidan hosil bo‘ladi. Magmaning sovush sharoitiga nisbatan chuqurlikda qotgan (intruziv) va toshib chiqqan (effuziv) turlarga bo‘linadi. Chuqurlikda qotgan magmatik tog‘ jinslarga granit, sienit, diorit, gabbro va boshqalar kiradi. Bunday jinslar yuqori bosim va kislorodsiz muxitda asta-sekin sovugani uchun o‘ta zich kristall strukturaga ega bo‘ladi. Toshib chiqqan magmatik jinslar (bazalt, andezit, diabaz, porfir va sh.k.) yer yuzida tezlik bilan sovushi natijasida to‘la kristallanmagan bo‘ladi. Sovush davrida gazsimon moddalarning ajrab chiqishi g‘ovak toshlarni (pemza, tuf) hosil qiladi. Magmatik jinslarni hosil qiluvchi asosiy minerallarga kvars, dala shpatlari, temir-magnezialli silikatlar kiradi. Kvars (SiO2) kristall tuzilishga ega bo‘lib, o‘ta zich, mustahkam va agressiv muxitlarga chidamli. Kvarsning siqilishdagi mustahkamligi 2000 MPa gacha, cho‘zilishdagi mustahkamligi esa 100 MPa gacha bo‘ladi. Qattiqligi jixatidan topaz, korund va olmosdan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi. Erish harorati 17000S. Kvars qum sifatida cho‘kindi tog‘ jinsi asosini tashkil etadi. Dala shpati magmatik jinslarning 60-70% tashkil etadi. Dala shpatining Ortoklaz (K2O.Al2O3.6SiO2) va Plagioklaz (Na2O.Al2O .6SiO2- albit, SaO.Al2O3.2SiO2-anortit) turlari mavjud. Dala shpatining mustahkamligi (120-170MPa) va chidamliligi kvarsga nisbatan kamroq bo‘ladi. Dala shpati yemirilishidan glina kabi cho‘kindi jinslar hosil bo‘ladi. Temir-magnezialli silikatlarga olivin, piroksenlar, amfibolalar, magnezialli silikatlarga ikkalamchi minerallar-serpentinlar, xrizotil asbest va boshqalar kiradi. Alyumosilikatlarga muskavit, flogopit va biotit, gidroslyudalar- gidromuskovit, gidrobiotit kiradi. Temir magneziallarni va alyumosilikatlarni rangli minerallar (yashil, to‘q yashil, qoramtir va h.k.) deb yuritiladi. Slyudalardan tashqari bu gurux minerallari tog‘ jinslariga yuqori mustahkamlik va nurashga chidamlilik beradi. Magmatik jinslar strukturasi va teksturasi bilan farqlanadi. Magmaning chuqurlikda asta-sekin sovushidan to‘la kristalli struktura hosil bo‘ladi. Donalar o‘lchamiga qarab yirik donali (5mm ko‘p), o‘rtacha donali (1-5mm) va mayda donali (0,5-1mm) hamda notekis donador va tekis donador bo‘ladi (1.1-rasm) Magmatik jinslar asosan massiv teksturaga ega bo‘lib, o‘ta yuqori zichlikka ega bo‘lganligi sababli mustahkam, sovuqqa chidamli, suv shimuvchanligi juda kam bo‘ladi. Ularning siqilishga mustahkamligi 100- 300 MPa, o‘rtacha zichligi 2600-3000 kgm3, suv shimuvchanligi 1% kam (hajmiga nisbatan), issiq o‘tkazuvchanlik koeffisienti 3 Vt (m.0S) atrofida bo‘ladi. Tog‘ jinslarining chuqurlikda hosil bo‘lishi, ularni zich, mustahkam, chiroyli teksturali bo‘lishini ta'minlaydi. Granit-kvars (25-30%), dala shpati (ortoklaz, 35-40%) va slyudadan (5- 10%) iborat. U och kulrang, kulrang, pushti, qoramtir-qizil, sariq ranglarda bo‘ladi. Granitning siqilishdagi mustahkamligi-120-250 MPa. U mo‘rt material bo‘lgani uchun zarbiy ta'sirlardan saqlash kerak. Granitning g‘ovakligi 1,5% atrofida bo‘lib, suv shimuvchanligi hajm bo‘yicha 0,5%. Granit oq, sariq,kulrang, pushti, qizil ranglarda bo‘lib, teksturasi juda chiroyli bo‘ladi. Uning mustahkamligi, sovuqqa chidamliligi va yedirilishdagi qarshiligi yuqori bo‘lgani uchun bino sokollarida, fontan va qirg‘oq qoplamlarida, kislotaga chidamlilik talab etilgan joylarda hamda yuqori mustahkamlikdagi beton tayѐrlashda yirik to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Sienit-kaliyli (50-70%) va natriyli (10-30%) dala shpatlari, rangli minerallardan (10-20%) tashkil topgan. Sienit tarkibida kvars (10-15%) bo‘lsa, sienit kvarsli sienit deb yuritiladi. Sienit pushti, kulrang, ko‘kimtir ranglarda bo‘ladi. Diorit-dala shpati (45-50%), kvars (20-25%), rangli minerallardan iborat. Rangli minerallardan rogovaya obmanka ko‘proq bo‘ladi. Diorit mustahkam (150-300 MPa), sovuqqa chidamli, zarb va yedirilishga qarshiligi yuqori jinsdir. Shu sababli koshinlashda va xaykaltaroshlikda ishlatiladi. Gabbro-dala shpati (plagioklaz), kulrang va qoramtir (avgit, olivin) minerallardan iborat. Uning zichligi 2,9-3,0 gsm3, siqilishdagi mustahkamligi 200-300 MPa. Gabbro jilolangan xolda xaykaltaroshlikda va koshinlashda ishlatiladi. Labrodorit-asosan dala shpati va labrodor mineralidan iborat bo‘lib, gabbroning bir turi hisoblanadi. U ko‘k, yashil, sariq va boshqa ranglarda bo‘ladi va jilolanganda toblanadi. Labrodorit koshinlashda, xaykaltaroshlikda ishlatiladi. Magmatik otqindi tog‘ jinslaridan asosan porfirlar, diabaz, bazalt, andezit va boshqalar qurilishda ko‘p ishlatiladi. Porfirlar-mayda kristalli strukturada nisbatan yirikroq kristallar mavjudligi bilan xarakterlidir. Ular kvarsli va kvarssiz (dala shpati) xillari mavjud. Kvarsli porfirlar mineral tarkibiga ko‘ra granitga yaqin bo‘lgani uchun uning xossalari granitnikiga o‘xshaydi. Kvarssiz porfirlar tarkibi jixatidan sienitga o‘xshaydi, ammo xossalari sienitning xossalari kabi bo‘lmaydi. Porfirlar qizil, qo‘ng‘ir, kul rangida toblanadi, zichligi 2,4-2,5 gsm3, siqilishdagi mustahkamligi 120-180 MPa. Ular bezak plitalar tayѐrlashda ishlatiladi. Andezit-plagioklaz, rogovaya obmanka, piroksenlar va biotitdan iborat bo‘lib, dioritning o‘xshashidir. Odatda kulrang, sarg‘ish kulrang bo‘ladi. Uning zichligi 2,7-3,1 gsm3, siqilishdagi mustahkamligi 140-250 MPa. Andezit agressiv muxitga chidamli plitalar, dispers to‘ldirgichlar olishda ishlatiladi. Bazalt-zich,goxida porfirsimon strukturaga ega bo‘lib, gabbroning o‘xshashidir. Uning zichligi 2,7-3,3 gsm3, siqilishdagi mustahkamligi 110- 500 MPa. Bazalt xarsang tosh, maydalangan xolatda beton uchun to‘ldirgich sifatida ishlatiladi. Bazaltni yuqori haroratda eritib juda nozik tolalar va ulardan issiqlik izolyasiyasi matolari olish mumkin. Diabaz-gabbroning o‘xshashi bo‘lib, mayda kristalli strukturaga ega. Tarkibi plagioklaz va rangli (qora) minerallardan iborat. Diabaz juda qattiq, mustahkam (300-400 MPa), zich bo‘lgani uchun obodonlashtirishda ishlatiladi. Pemza-g‘ovak vulkanik shisha oq ѐki kulrang bo‘ladi. G‘ovakligi 60%, zichligi 2-2,5 gsm3, o‘rtacha zichligi 0,3-0,9 gsm3, siqilishdagi mustahkamligi 2-4 MPa. Pemza asosida issiqlik izolyasiyasi buyumlari, yengil betonlar uchun to‘ldirgich tayѐrlanadi. Vulqon tufi - vulqon kuli, pemza va boshqa jinslarning sementlashishi va zichlashishidan hosil bo‘lgan. Tuflar pushti, to‘q sariq, qizil, jigarrang bo‘ladi. Yetarli g‘ovakligi, mustahkamligi va chidamliligi ulardan issiqlik izolyasiyasi materiallari olishga imkon beradi. http://fayllar.org Download 10.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling