Qurilishda loyihalashtirish iqtisodiyoti va uni tashkil etish reja
Download 9.31 Kb.
|
Qurilishda loyihalashtirish iqtisodiyoti va uni tashkil etish re-fayllar.org
Loyihalarda qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish va rejalashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar (ishlarning hajmlari, materiallar, konstruksiyalar, mashinalar, mehnat rusurslari, transport vositalariga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risidagi ma’lumotlar) aks ettirilmog‘i taqoza etiladi.Loyihalarda qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish va rejalashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar (ishlarning hajmlari, materiallar, konstruksiyalar, mashinalar, mehnat rusurslari, transport vositalariga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risidagi ma’lumotlar) aks ettirilmog‘i taqoza etiladi. Loyihalar katta hajmdagi izlanishlar, grafik va hisoblash materiallariga ega bo‘ladi. Loyihalashtirish jarayonida, ayniqsa yirik va murakkab ob’yektlarni loyihalash bo‘yicha modelli izlanishlar, ko‘p sonli kelishuvlar, ekspertiza olib boriladi va tugallangan texnik hujjatlar tasdiqlanadi. Bu bosqichlarning barchasi albatta ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi, shu sababli loyihalash va ilmiy izlanish ishlari qurilish ishlab chiqarilishi ishlaridan ancha avvalroq olib borilmog‘i kerak. Faqat shunday bo‘lgandagina qurilish dasturining zaruriy va sifatli texnik hujjatlarini o‘z vaqtida ta’minlash mumkin. Yirik murakkab sanoat ob’yektlari va komplekslari bo‘yicha loyiha -ilmiy izlanish ishlari odatda yettita xarakterli bosqichlarda olib boriladi: - muammoli izlanishlar yoki mavjud bo‘lgan muammolar yechimini topish bo‘yicha olib boriladigan izlanishlar; - biznes – reja ishlab chiqish; - investisiyalarni texnik - iqtisodiy asoslash; - qurilish uchun qurilish maydonini tanlash va tasdiqlash; - loyihalash uchun topshiriqni ishlab chiqish va uni loyihalashga taqdim etish; - injenerlik qidiruv va izlanishlarni olib borish; - loyihalashtirish. Loyihalash – ilmiy izlanishlarni bajarishga buyurtmachi albatta, qoidaga ko‘ra, ixtisoslashgan loyihalash – ilmiy –tekshirish firmalarini jalb qiladi. 2.Loyihalash bosqichlari Muammoli izlanishlar – faqat yirik va murakkab ob’yektlarni loyihalashda olib boriladi va ular biznes – rejani ishlab chiqish hamda investisiyalarni texnik – iqtisodiy asoslash uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich ma’lumotlarni olishga yo‘naltiriladi. Biznes–reja – qurilish ob’yektining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslab beradigan hujjatdir. Qurilish investitsiyalari texnik–iqtisodiy asosi (TIA) muhim hujjat hisoblanadi, uning asosida qurilishi ko‘zda tutilayotgan ob’yektni qurish va texnik loyihani ishlab chiqish uchun prinsipial qarorlar qabul qilinadi. Download 9.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling