dastlabki nazorat - keladigan ashyolar, buyumlar, qurilmalar, grunt va boshqalarni, shuningdek texnikaviy hujjatlarni nazorat qilish. Nazorat qilish ko‘pincha ro‘yxatga olish usuli bilan (sertifikatlar bo‘yicha), kerak bo‘lgan hollarda esa o‘lchash usuli bilan amalga oshiriladi; operatsiyaviy nazorat- ishlarni amalga oshirish jarayonida yoki ishlar bevosita tugatilgandan so‘ng bajariladigan nazorat daftarlarida va ushbu tashkilotda ishlalayotgan sifatni boshqarish tizimi ko‘zda tutgan hujjatlarda qayd qilinadi; qabul ilish nazorati –qurilishni bitkazilishi (tugallanishi) bilan davlat yoki alohida xo‘jalik tomonidan tashkil etilgan xay’at belgilangan tartibda amalga oshiradi. Ob’ekt qurilishning yoki ob’ekt qurilishi bosqichlarining,yoki ishlarining va boshqa nazorat ob’ektlarining tugallanishi bo‘yicha nazorat ob’ektining ishlatishga yoki keyingi ishlarni bajarishga yaroqliligi haqida hujjatlashtirilgan xulosa qabul qilinadi. Bajarilgan ishni qobul qilish bu qurilish ishlari sifatini ko‘tarish uchun bajariladigan tadbirlardan biridur. Texnik ishlarni bajarish bir necha pog‘onadan iborat bo‘lishi mumkin va bunda : a).yopiq ishlarni qabul qilish. : Yopiq ishlarga har xil xolatlarda keyingi ishlar navbatda bajarilishi bilan bajarilgan ishni sifatini kuzatish. O‘lchash. namunalar olish va laborotoriyada tekshirish imkoniyati yo‘qoladi. Texnologik jarayonlar davomida doimiy ravishda “yopiq ishlar” ko‘lami namoyon bo‘lib turadi. Ularni ishchi xay’atlari qabul qilish bilan shu haqida dalolatnoma belgilangan tartibda qayd etiladi. b).alohida konstruksiyalar va inshootlarning ba’zi elementlarini oraliq qabul qilish ishlari: v).tayyor ishni qabul qilish ko‘zda tutiladi. U yoki bu ko‘rsatkichni qabul qilish nazorati bir necha bosqichda va turli usullarda amalga oshirilishi mumkin (masalan, alohida qatlamdagi gruntning va butun to‘kmaning zichligi). Bunda pastki sathni tckshirish natijalari yuqoridagi sathni tekshirishga dalil bo‘lib xizmat qilishi bo‘yicha yoki ishlarining tekshiruv dalolatnomalari butun to‘kmalarni qabul qilishda taqdim etiladi. qabul ilish nazorati - natijalari yoki ishlarning tekshiruv dalolatnomalarida, muhim qurilmalarni oraliq qabul qilish dalolatnomalarida va qurilish ishlari, binolar va inshootlarni qabul qilish bo‘yicha mavjud me’yorlarida qayd etiladi. Qobul xay’atiga quyidagi xujjatlar taqdim etiladi: a). Topshirilayotgan inshootning texnik loyihasi yoki ishchi chizmalar. b). Oldin bajarilgan yopiq ishlarning dalolatnomalari. v). Geodezik o‘lchovlarning dalolatnomasi. g). Qurilish davomida loyiha shartlaridan og‘ish xaqidagi ijro yoki ishchi chizmalar .d). Laboratoriya nazorati dalolatnoma jurnali.
Nazorat qilishning davriyligiga qarab quyidagi(nazorat qilish davriyligi)lariga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham:
|