Qurilishda qiymat injiniring asoslari


I I– Bob. Qurilish ishlarini amalga oshirish bosqichlarida kalendar rejani roli


Download 1.68 Mb.
bet8/13
Sana06.05.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1435681
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Qurilish KURS ISHI

I I– Bob. Qurilish ishlarini amalga oshirish bosqichlarida kalendar rejani roli
2.1. Qurilishda ishlarni tashkillashtirish yo’llari
Qurilishda ishlarni tashkillashtirish loyihasi loyiha-smeta hujjatlarining tarkibiy qismidan biri bo'lib, u buyurtmachi, pudratchi va qurilishni moliyalashda va material-texnik ta'minotda ishtirok etuvchi barcha tashkilot va korxonalar uchun shart bo 'lgan hujjatdir. Bu loyiha asosan bosh loyihachi tomonidan ishlab chiqiladi va buning uchun zarur sarf-harajatlar asosiy loyihani tayyorlash smetasiga kiritilib buyurtmachi tomonidan to'lanadi. Qurilishda ishlarni tashkillashtirish loyihasi qurilishni o'z vaqtida sifatli bitkazish va sarflangan kapital mablag'ning samaradorligini oshirishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
U mazmunan qurilishga tayyorgarlik ko'rish davridan boshlab, to uni qurish
va foydalanishga topshirgungacha bo'lgan davr uchun qurilish ishlab
chiqarishini mavjud me' yorlar, tartib-qoidalar asosida tashkil qilishni o’zida
mujassamlantiradi. Bundan kelib chiqqan holda QITL tarkibiga quyidagilar
kiradi:
1. Tayyorgarlik va asosiy qurilish davri uchun qurilishning bosh tarhi.
2. Tayyorgarlik va asosiy qurilish davri uchun qurilishning kalendar rejalari.
3. Ob'yektlarni qurib bitkazishning Ulshkiliy-texnologik shemalari.
4. Asosiy qurilish-montaj ishlarining qaydnomasi.
5. Tuzilmalarga, materiallarga va texnologik jihozlarga bo'lgan ehtiyoj qaydnomasi.
6. Qurilish rnashinalari va mexanizmlariga hamda transport vositalariga bo'lgan ehtiyoj grafiklari.
7. Quruvchi kadrlarga bo'lgan ehtiyoj grafigi.
8. Hisoblash-tushintirish xati.
Qurilishda ishlarni tashkillashtirish loyihasini tuzishda quyidagi boshlang'ich ma'lumot va materiallar zarur:
• loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari;
• muhandislik-qidiruv ishlarining hisoboti;
• qurilish meteriallari, tuzilmalari, mashina va mexanizmlarni ishlatish (qo'llash) to'g'risida qabul qilingan va pudratchi bilan kelishilgan qarorlar;
• qurilish materiallari, tuzilmalari va jihozlarini yetkazib berish hamda tashib keltirish shartlari;
• qurilishni energiya va suv bilan ta’minlash manbalari to'g'risidagi ma'lumotlar;
• buyurtmachi va pudratchining boshqa talablari (masalan, vaqtinchalik turar joy binolariga, yordamchi ishlab chiqarish binolariga zaruriyat va boshqalar);
• qurilishning umumiy va alohida qismlari bo'yicha muddatlari.
QITLning tarkibi va mazmuniga ob'yekt qurilishining murakkabligini hisobga olib qo'shimchalar kiritilishi mumkin. Murakkab ob'yektlar uchun QITL tarkibiga qo'shimcha ravishda quyidagilar kiritiladi:
- kompleksning yiriklashtirilgan to'rsimon grafigi;
- loyihalash, qurilishning bosqichlari;
- ob'yektlarni barpo qilishning navbatlari;
- konstruksiyalarni tadqiqot qilish, sinash va kuzatish tartibi bo'yicha ko'rsatmalar;
. - rejalashtirishga oid geodezik asosni qurish va geodezik nazorat qilish uslublari bo'yicha ko'rsatmalar;
- operativ aloqa o'rnatishni tashkil qilish va qurilishni operativ-dispetcherlik boshqaruvi xususiyatlari.
Uy-joy mikrorayonlarini qurishda kalendar rejada qo'shimcha ravishda ularni aholiga xizmat ko'rsatishga mo'ljallangan muassasalar va korxonalar bilan kompleks qurishni va muhandislik jihozlanishi, obodonlashtirish va hududni ko'kalamzorlashtirish ishlarini bajarishni ko'zda tutishi lozim. Tog'li va baland tog'li, cho'lli va yarim cho'lli hamda o'ta issiq iqlimli hududlar uchun QITLni ishlab chiqishda qo'shimcha fizikaviy, geografik va iqtisodiy omillar (kuchli shamollar, ko'chkilar, sel kelishi, qurilish ob 'yektining uzoqlashlganligi, energiya manbalarining cheklanganligi va boshqalar)ni hisobga oluvchi qurilishni tayyorlash, tashkil qilish va amalga oshirish bo'yicha choralar kompleksini ko'zda tutishi lozim.
Hozirgi vaqtda qurilish-montaj ishlarining 85-90 %i pudrat uslubi bilan bajarilmoqda.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling