Qurilishi


Download 150.33 Kb.
bet1/13
Sana20.12.2022
Hajmi150.33 Kb.
#1036691
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4-ma\'ruza (1)


4-DARS

3-MAVZU.Yo’l qurilishida sifat nazorati tuzilmasi

Reja:

1.Sifat nazorati turlari. 2.Qurilishni nazorat qilish tizimi. 3.Qurilishda ijro hujjatlari. 4.Qurilishda mualliflik nazorati.
5.Yoʻl qurilish, rekonsturuksiya qilish va mukammal ta’mirlash vaqtida qurilishni nazorat qilish tartibi va qoidalari.
6.Qurilishda sifatni boshqarishga doir Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident qarorlari, Vazirlar Maxkamasi qarorlari, hamda SHNK, MKN, MSHN, IKN, GOST,OʻzDst.

Yo’l qurilish mahsulotlarini sertifikasiya qilishning tamoyillari va asosiy masalalari

Yol qurilishi mahsulotlarini sertifikatlashtirish, bu tashkiliy-texnik va iqtisodiy tadbirlar majmuasi bo’lib, ular yol qurilishi ishlariga ilmiy-texnik yutuqlarni oz vaqtida joriy qilib, mahsulot sifatini rejali tarzda oshirishga qaratilgan. Mahsulot sertifikasiyasi davlat sertifikasiyasi tizimi miqyosida otkaziladi. U mahsulot sifatini oshirishda rejalash va rag’batlantirish vositasi bo’lib xizmat qiladi.

Mahsulotni sertifikatlashtirishning asosiy masalalari quyidagilar:

xalq xo’jaligi aholining ehtiyojlarini tola qondirish maqsadida mamlakatdagi va chet ellardagi eng yaxshi yutuqlardan foydalanib mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish; •ilgor raqobatbardosh yol qurilish mashinalari, uskunalari, asboblari, materiallari, buyumlari va konstruktiv elementlarini ishlab chiqarishni kengaytirish;
past sifatli mahsulot beradigan eski texnologiyalarni ishlab chiqarishdan olib tashlash yoki takomillashtirishni tezlatish. Mahsulotni sertifikatlashtirish quyidagi ishlarga asos bo’ladi; mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini sifat toifalari boyicha rejalash; • mahsulotning texnikaviy darajasi va sifatini oshirish; • yol-qurilish birlashmasi yoki korxonasining mahsulot sifati va texnikaviy darajasini oshirishdagi faoliyatini baholash; • mahsulotni davlat sifat belgisi yoki yuqori toifa bilan ustuvor ishlab chiqarilishini ragbatlantirish.

Boshqa mahsulotlar davlat sertifikasiyasidan otkazilmaydi. Bular: • dastlabki ishlov bermasdan foydalanadigan mahsulotlar; • bir martalik shartnoma asosida tayyorlanadigan mahsulotlar; • tajriba namunasi yoki partiyasi sifatida tayyorlanadigan mahsulotlar; • ishlab chiqarishdan olib tashlangan yoki ta’mirdan otgan mahsulotlar. Yo’l qurilishining sertifikasiyalanadigan mahsulotlari; yol va aerodrom asfaltbeton qorishmalari; •asfaltbeton qorishmalari tayyorlashda ishlatiladigan meneral kukunlar; •yalpi seriyalar bilan ishlab chiqariladigan temirbeton mahsulotlari (tomyopma konstruksiyalar, ko’prik ustunlari va boshqalar); •suv otkazuvchi quvur elementlari;


Download 150.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling