Qurilishi
Download 150.33 Kb.
|
4-ma\'ruza (1)
Aerodrom va yo’l qoplamalari elementlari: •avtopavilionlarning kolonnalari, balkalari va yopqich plitalari; •metalldan tayyorlanadigan qurilish detallari va konstruksiyalari; •yo’llarni jihozlash elementlari;
•yo’l qurilish mashinalari, uskunalari va boshqalar. Mamlakatimizda mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish O’zbekiston Respublikasining 1994 yil 28 dekabrdagi “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida” gi Qonuniga asosan amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: - inson sog’lig’i va xayoti yuridik va jismoniy shaxslarni mol-mulkiga, atrof-muhitga xavfsizligini ta’minlash uchun mahsulotlarni nazoratini amalga oshirish uchun; - xalqaro bozorlarda, mahsulotlarni raqobatbardoshligini ta’minlash uchun; - mamlakatimiz va qo’shma korxonalar, tadbirkorlarni xalqaro iqtisodiy, ilmiytexnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdoda qatnashish uchun sharoit yaratish uchun; - iste’molchilarni sifatsiz mahsulotdan himoya qilish (sotuvchi, bajaruvchi) uchun; - ishlab chiqaruvchining arizasiga muvofiq mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini tasdiqlash (sotuvchidan, bajaruvchidan) uchun. O’zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida” gi qonun 4 bob, 23 moddadan iborat bo’lib, O’zbekiston Respublikasida mahsulotlar, xizmatlar va boshqa ob’ektlarni sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, shuningdek sertifikatlashtirish ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilab beradi. Qonunning 1-bobi 1-moddasida sertifikatlashtirish bo’yicha asosiy tushunchalarga alohida ahamiyat berilgan, shuningdek qonunda O’zbekiston muvofiqlik belgisini ishlatish huquqiga ega bo’lishi ta’kidlangan va albatta muvofiqlik belgilari sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining akkreditasiya qilinganlik to’g’risidagi guvohnomalari “O’zstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda Davlat reestridan o’tkazilishi alohida ko’rsatilgan. Sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishini davlat tomonidan tekshirish va nazorat qilish “O’zstandart” agentligining davlat inspektorlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda amalga oshiriladi. Mazkur qonunda sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarning) javobgarligi haqida ham ma’lumotlar berilgan bo’lib, 4-bobning 22-moddasiga binoan sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari (markazlari) muvofiqlik sertifikatini asossiz va qonunga xilof ravishda berganligi uchun, sinov natijalari haqida noto’g’ri ma’lumot berganligi uchun qonun hujjatlariga belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. Qonunda ko’rsatilgan tadbir va tartiblar, albatta sertifikatlashtirish ishlarini yuqori saviyada o’tkazilishini ta’minlaydi. Sanoat korxonalarida ishlab chiqilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan sifat ko’rsatkichlariga javob berishi kerak. Sifat ko’rsatkichlari esa ma’lum belgilangan talablarga muvofiq mos kelishi lozim. Muvofiqlik o’z navbatida ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelishini talab etadi. Download 150.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling