Qurilishni boshqarish fakulteti 51-22 qikmo’ guruh talabasi Karimov Samandarning


BEMORGA PSIXOLOGIK TA’SIR KO’RSATISH USULLARI


Download 52.39 Kb.
bet10/11
Sana17.02.2023
Hajmi52.39 Kb.
#1207507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
VALEOLOGIYA MUSTAQIL ISH

BEMORGA PSIXOLOGIK TA’SIR KO’RSATISH USULLARI
Bemorning spirtli ichimliklarga salbiy munosabatini mushtahkamlash va kasallikning qaytalanishini oldini olishga yordam beradi. Bunday muolajalar muvaffaqqiyatli bo’lsa, bemorda yuzaga kelgan qiyinchiliklar va muammolarni alkogol «yordamisiz» hal qilish mumkinligi haqida g’oyaviy nuqtai nazar paydo bo’ladi. Xususan, kognitiv-xulqiy terapiya alkogolizmni davolash uchun samarali usuldir, psixoterapiyaning bu usuli alkogolikni o’z fikrlari, hissiyotlarini nazorat qilish va o’z navbatida alkogolli ichimliklar ichish istagi uyg’ongan vaqtda o’zini qanday tutishni o’rgatadi.
BEMORNI IJTIMOIY REABILITATSIYA QILISH BO’YICHA CHORA-TADBIRLAR
Alkogolizmga chalingan bemorni shaxs sifatida qayta tiklash va uni jamiyat tarkibiga qayta integratsiya qilish uchun mo’ljallangan.
«DETOKSIKATSIYA»
Bu alkogolli ichimliklar ichishni keskin to’xtatishda somatik holatni tuzatish uchun medikamentlarni vena ichiga tomchilatib yuborishni nazarda tutadi. Qoida tariqasida, medikamentlar bilan birga alkogolga o’xshash ta’sirga ega bo’lgan benzodiazepinlar kabi preparatlar ham kiritiladi, bu abstinent sindromni oldini olish uchun kerak. Faqatgina abstinent sindromning yengil yoki o’rtacha darajadagi alomatlari xavfi bo’lgan shaxslar uyda detoksikatsiyadan o’tishlari mumkin. Shundan so’ng, retsidiv xavfini kamaytirish uchun ichkilikka qaramlikni davolash dasturi amalga oshirilishi kerak.
Benzodiazepinlar spirtli ichimliklarni keskin to’xtatilishida qo’llaniladi va ulardan uzoq muddatli foydalanish alkogolizmning yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Benzodiazepinlarni muntazam ravishda qabul qiladigan alkogoliklar ularni qabul qilmaydiganlariga nisbatan spirtli ichimliklarni ichishdan kamroq tiyilishadi.
Normalizatsiya va tartib bilan ichish alkogoldan batamom voz kechishni nazarda tutmaydi. Alkgoliklar ichishni ushbu tarzda cheklab qo’ya olishmaydi, ba’zilari esa bunday qoidaga faqatgina vaqtincha amal qilishadi. Alkgollli ichimliklardan to’laligicha tiyilish — kasallikning rivojlanib ketishini oldini olishning yagona usulidir.

Download 52.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling