«qurilishni boshqarish» fakulteti «iqtisodiyot va kuchmas mulkni boshqarish» kafedrasi diplom ishi mavzu: Bajardi: Azimov Shaxboz Qabul qildi: Ibrаgimоv S. О


Smeta normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishini nazorat qilish


Download 257.7 Kb.
bet16/19
Sana15.06.2023
Hajmi257.7 Kb.
#1482826
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1 (4)

Smeta normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishini nazorat qilish. Loyihani tuzuvchi, muhandislik tadqiqotlarni va qurilishni amalga oshiruvchi tashkilotlar, muassasalar va korxonalar, hamda ekspertiza idoralari smeta normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishini doimiy ravishda nazorat qilinishini ta’minlaydilar.
Smeta-normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishini tanlov asosida nazoratini, O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilishi, hamda normativ hujjatni amalga kiritish uchun taqdim etgan vazirliklar va mahkamalar amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilishi Respublikaning barcha tashkilotlarida smeta normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishini, tashkilotning qaysi boshqarmaga bo‘ysunishi va xo‘jalik turidan qat’iy nazar tekshiradi.
Smeta normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishini tekshiruvi natijalari dalolatnoma yordamida rasmiylashtiriladi. Chora ko‘rilishi uchun tekshiruvlar dalolatnomasi tekshirilayotgan tashkilotning yuqori idoralarga yo‘naltirilishi lozim.
Iqtisodiy normativlar va ularning quyitizimi
«Shaharsozlik normalari va qoidalari» ShNQ 4 quyi tizimi tarkibiga kiruvchi resursli smeta normativlarning to‘liq shifri «ShNQ» harflaridan, bir-biridan nuqtalar bilan ajratilgan quyi tizim raqami – «4»dan, guruh raqamidan (ikkita raqam) va guruh ilovasidagi to‘plam raqamidan (ikkita raqam) tashkil topgan bo‘lishi kerak; chiziqchadan keyin qo‘yilgan oxirgi ikki raqam smeta normativi tasdiqlangan yilini anglatadi. Masalan: ShNQ 4.02.01-2004y. deganda, ushbu ShNQ - «Shaharsozlik normalari va qoidalari»; 4-ost tizim - «Iqtisodiy normativlar»; 02-guruh – «Resursli elementli smeta normalari»; 01-To‘plam 1 «Yer ishlari»; 04 – oxirgi ikki raqam tasdiqlangan yilini anglatadi.
Har bir resursli smeta normativlar to‘plamidagi resursli smeta normativning ichki raqamlanishi (shifri), ushbu normativlarning texnik qismlarida keltiriladi. Ushbu raqamlanish shunday yo‘l bilan amalga oshiriladiki, to‘plam raqamidan so‘ng (bir yoki ikki raqam) chiziqchadan keyin, qoida bo‘yicha RESN jadvalining raqamiga muvofiq ushbu to‘plamdagi qiymat raqami keltirilgan va oxirgi ikki raqam RESN jadvallarining muvofiq ustunini anglatadi.
Qo‘llaniladigan resursli smeta normativlarga havolalarni birxillashtirish maqsadida, tuziladigan resursli smeta hujjatlarida 3-ma’lumot uchun ilovaga muvofiq holda qisqa shifrlardan foydalanish zarur.
Muassasa resursli smeta normativlarining shifrida, ularni ro‘yxatdan o‘tkazishda muassasa norma va qoidalarining qisqacha belgilanishi keltiriladi (Muassasa normalari va qoidalari) – «MNK», ost tizim raqami – «4», ro‘xatdan o‘tkazish kitobidagi tartib raqami va chiziqchadan so‘ng tasdiqlangan yilini ko‘rsatuvchi ikki raqam, hamda smeta normativini tasdiqlagan idoraning qisqacha normi. Masalan: MNK Ximprom.
Agarda resursli smeta normativ amaldagi xuddi shunday nomli normativ o‘rniga tasdiqlanayotgan bo‘lsa, uning oldingi shifri saqlanib qoladi, faqat tasdiqlash yilini bildiruvchi raqamlargina muvofiq ravishda o‘zgaradi.



Download 257.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling