«qurilishni boshqarish» fakulteti «iqtisodiyot va kuchmas mulkni boshqarish» kafedrasi diplom ishi mavzu: Bajardi: Azimov Shaxboz Qabul qildi: Ibrаgimоv S. О


Download 257.7 Kb.
bet11/19
Sana15.06.2023
Hajmi257.7 Kb.
#1482826
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
1 (4)

Variant 1. Ishlar bahosi bazisli narxlar darajasida aniqlangan. Qo‘llanilayotgan deflyator-indeksi –ob’ektni qurish (ishlarni bajarish)ning boshlanish muddati davri uchun yagonadir:

  • 2000 yilning bazisli narxlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta hujjatlari bo‘yicha ishlar va harajatlarning smeta qiymati aniqlanadi;

  • Qurilish turlari va alohida turdagi ishlar bo‘yicha qurilishning smetali qiymatini qayta hisoblashning mos indekslarini qo‘llagan holda suxbatlarni o‘tkazish yoki savdolarni e’lon qilish vaqtiga joriy darajadagi narxlarda ishlar va harajatlarning smetali qiymatining qayta hisobi amalga oshiriladi. Narxning hisobiga kelishilgan miqdorda, ko‘zda tutilmagan ishlar va harajatlar uchun vositalar zaxirasini ham kiritish tavsiya etiladi.

  • Qurilishda prognozli deflyator indekslarini qo‘llab, suxbatlarni o‘tkazish yoki savdolarni e’lon qilish vaqtiga aniqlangan smeta qiymati, bir vaqtning o‘zida ob’ektni qurish (ishlarni bajarish) davri uchun prognozlashtirilgan inflyatsiyaning smeta qiymati o‘zgarishiga ta’sirini hisobga olgan holda o‘zgartiriladi. Ko‘rsatilgan o‘zgartirish suxbatlarni o‘tkazish yoki savdolarni e’lon qilish vaqtiga joriy narxlarda aniqlangan umumiy smeta qiymatini prognozli deflyatsiya indekslariga ko‘paytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Shartnomaning dastlabki narxi hisobi formulasi:
Nbosh.= Sbaz. 2000 * Im * Idef., bunda:
Nbosh. – shartnomaning boshlang‘ich narxi;
Sbaz. 2000 – 01.01.2000 yil uchun bazis darajadagi ishlarning smetali qiymati;
Im – suxbatlarni o‘tkazish yoki savdolarni e’lon qilish vaqtiga smeta qiymatini qayta hisoblash indeksi;
Idef. – pudratchi tomonidan ishlarning tugatilishi rejalashtirilgan muddati uchun deflyatsiya indeksi.
Variant 2. Loyiha–smeta hujjatlarini chiqarish muddatiga joriy narxlar darajasida aniqlangan ishlar qiymati. Qo‘llanilayotgan deflyatsiya indeksi – ob’ektni qurish (ishlarni bajarish)ning mo‘ljallangan muddati davri uchun yagonadir:

  • Loyiha–smeta hujjatlarini chiqarish muddatiga joriy narxlar darajasida belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta hujjatlari bo‘yicha ishlar va harajatlar turlari uchun smeta qiymati aniqlanadi;

  • Loyiha–smeta hujjatlarini chiqarish muddatidan qurilish turlari va ishlar turlari bo‘yicha qurilishning smeta qiymatini qayta hisoblash mos indekslarini qo‘llagan holda suxbatlarni o‘tkazish yoki savdolarni e’lon qilish muddatiga joriy narxlar darajasida ishlar va harajatlarning smeta qiymatini qayta hisoblash amalga oshiriladi. Narxning hisobiga kelishilgan miqdorda, ko‘zda tutilmagan ishlar va harajatlar uchun vositalar zahirasini ham kiritish tavsiya etiladi.

  • Qurilishda prognozli deflyator indekslarini qo‘llab, suxbatlarni o‘tkazish yoki savdolarni e’lon qilish vaqtiga aniqlangan smeta qiymati, bir vaqtning o‘zida ob’ektni qurish (ishlarni bajarish) davri uchun prognozlashtirilgan inflyatsiyaning smeta qiymati o‘zgarishiga ta’sirini hisobga olgan holda o‘zgartiriladi. Ko‘rsatilgan o‘zgartirish suxbatlarni o‘tkazish yeki savdolarni e’lon qilish vaqtiga joriy narxlarda aniqlangan umumiy smeta qiymatini prognozli deflyatsiya indekslariga ko‘paytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Shartnomaning dastlabki narxi hisobi formulasi:
Nbosh = Sjor * Ijor/Ilsx * Idef , bunda:
Nbosh – shartnomaning boshlang‘ich qiymati;
Sjor – loyihaviy–smeta hujjatlarini chiqarish paytidagi joriy narxlar darajasida ishlarning smetaviy qiymati;
Ijor – suxbatlarni o‘tkazish yeki savdolarni e’lon qilish paytidagi smeta qiymatini qayta hisoblash indeksi;
Ilsx – loyihaviy–smeta hujjatlarini chiqarish paytidagi smeta qiymatini qayta hisoblash indeksi;
Idef – pudratchi tomonidan ishlarni tugatishning rejalashtirilgan muddati uchun deflyatsiya indeksi.
Ikkinchi bosqichda qat’iy kelishilgan narxni shakllantirish amalga oshiriladi. Qurilish mahsulotining qat’iy kelishilgan narxi faqat suxbatlar va savdolar natijalari bo‘yicha suxbatlar va savdolar ishtirokchilarining shartnoma boshlang‘ich qiymatini kamaytirish bo‘yicha takliflarini hisobga olib aniqlanadi va pudrat shartnomasiga kiritiladi.
O‘tkazilgan suxbatlar va savdolar natijalari bo‘yicha belgilangan qurilish mahsulotining qat’iy kelishilgan narxi buyurtmachi va pudratchi tomonidan imzolanadigan kelishilgan narxning kelishuv dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Kelishilgan narxning kelishuv dalolatnomasi qurilish pudrati shartnomasining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.
Bosh pudratchi va subpudratchi o‘rtasidagi qat’iy kelishilgan narx ham kelishilgan narxning kelishuv dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi va subpudrat shartnomasining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.
Shu bilan birga shartnomaga ilovada pudratchiga beriladigan ishlar va harajatlarning hajm va sifat xususiyatlarini va shartnomaning boshlang‘ich narxi pasayishi koeffitsiyentini belgilab o‘tish tavsiya etiladi.
Shartnomaning boshlang‘ich narxini kamaytirish koeffitsiyenti quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Kbp = Nqk/Nbosh. , bunda:
Kbp – shartnomaning boshlang‘ich narxini kamaytirish koeffitsiyenti;
Nqk – qat’iy kelishilgan narx;
Nbosh. – shartnomaning boshlang‘ich qiymati.
Bozorning haqiqatlarini hisobga olgan holda qayta boshlanayotgan ob’ektlar bo‘yicha shartnomaning boshlang‘ich narxini ikki yildan oshmaydigan qurilish (ishlarni bajarish) muddati uchun aniqlash tavsiya etiladi. Bu muddatdan o‘tib ketish holatida loyiha va smeta tarkibida, shartnomaning boshlang‘ich qiymati hisobi amalga oshiriladigan bajarilayotgan ishlarning alohida bosqichlari (majmualari)ni ajratib ko‘rsatish tavsiya etiladi.
Alohida bosqichlar (majmualar) uchun shartnomaning boshlang‘ich narxini shakllantirishda belgilangan deflyatsiya indeksi, pudrat shartnomasini bajarishning butun davri davomida o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi va buyurtmachi va pudratchi o‘rtasidagi hisoblarda keyinchalik qo‘llash uchun shartnoma narxini kelishish qaydnomasida aks ettiriladi.
Bir vaqtning o‘zida keyingi yillarda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar hajmlari bo‘yicha pudratchi bilan kelishilgan narxni muhokama qilish amalga oshiriladi. Bunda bajarilishi rejalashtirilgan ishlar uchun belgilangan vaqtda mamlakat yoki mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi prognozi ma’lumotlari hisobga olinadi.
Ikki yildan oshadigan qurilishning hisob muddatida shartnoma narxini shakllantirish va rasmiylashtirishning quyidagi tartibi tavsiya etiladi:

  • Bajarilayotgan ishlarning 1 bosqichi uchun ishlar va xizmatlarning qat’iy kelishilgan narxi ajratiladi, u quyidagi Qoidalarning 2.1 – 2.8 bandlarida belgilangan tartibga muvofiq aniqlanadi;

  • Keyingi davr (keyingi yillar uchun) da bajarilishi rejalashtirilgan ishlar va harajatlar qiymati aniqlanadi va ko‘rsatiladi. Keyinchalik bu qiymat shartnomaga qo‘shimcha kelishuvni rasmiylashtirishda aniqlashtirilishi lozim.

Keyingi yillarda bajarilishi rejalashtirilgan ishlar hajmlari bo‘yicha qat’iy kelishilgan narxning hisobini quyidagi tartibda amalga oshirish tavsiya etiladi:

  • Tuzilgan shartnoma bo‘yicha bajariladigan, joriy narxlar darajasidagi ishlar va harajatlarning smetali qiymati aniqlanadi;

  • Keyingi bosqichda bajarilishiga rejalashtirilgan, joriy narxlar darajasidagi ishlar va harajatlar qiymatining qoldig‘i aniqlanadi;

  • Mamlakat yoki mintaqaning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish prognozi ma’lumotlaridan foydalanib, tuzilgan shartnoma bo‘yicha ishlar tugashi taxmin qilingan davriga aniqlangan smeta qiymati, ob’ektni qurish (ishlarni bajarish) ning tugash davriga prognozlashtirilgan inflyatsiyaning smeta qiymati o‘zgarishiga ta’sirini hisobga olgan holda aniqlashtiriladi. Keyinchalik bu qiymat shartnomaga qo‘shimcha kelishuvni rasmiylashtirish paytida, quyidagi Qoidalar bilan belgilangan tartibda aniqlashtiriladi.




Download 257.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling