«qurilishni boshqarish» fakulteti «iqtisodiyot va kuchmas mulkni boshqarish» kafedrasi diplom ishi mavzu: Bajardi: Azimov Shaxboz Qabul qildi: Ibrаgimоv S. О
Qurilishda o'zgarmas kelishilgan narxlarni shakllantirish qoidalari
Download 257.7 Kb.
|
1 (4)
1.2.Qurilishda o'zgarmas kelishilgan narxlarni shakllantirish qoidalari.
Qat’iy kelishilgan narxlarni shakllantirish predmeti bo‘lib ob’ekt yoki uning alohida qismlari(bosqichlari)ning qurilishini amalga oshirish bo‘yicha xizmatlar va ishlar, bino va inshootlarni yangidan qurishda, rekonstruksiyasi va kapital ta’mirlashida subpudratchi ishlari hisoblanadi. Huddi shu yo‘sinda loyihalashtirish, muhandislik qidiruv ishlarini bajarish, hamda buyurtmachi – quruvchi funksiyalarini amalga oshirish bo‘yicha, qurilish nazorati, qurilishning yig‘ma smeta hisobiga kiritilgan va boshqa bajaruvchilarga o‘tkazish uchun mo‘ljallangan jihozlarni yetkazib berish, montaj va sozlash bo‘yicha alohida xizmatlari uchun qat’iy kelishilgan narxlar ham shakllantirilishi mumkin. Qat’iy kelishilgan narxlarni shakllantirishning birinchi bosqichida shartnomaning boshlang‘ich bahosini aniqlash amalga oshiriladi. Suhbatlarni yoki savdoni amalga oshirish uchun shartnomaning boshlang‘ich narxi faqat alohida pudratchi (bajaruvchi)ga ishlar va harajatlarni bajarish uchun berilishi rejalashtirilgan turlari uchun aniqlanadi. Shartnomaning ko‘rsatilgan boshlang‘ich narxi suhbatlarni o‘tkazish va savdolarni e’lon qilishning muddatiga amal qiladigan joriy narxlarda, yig‘ma smeta hisobida nazarda tutilgan barcha to‘g‘ri va qo‘shimcha harajatlar, va ustamalarni kiritgan holda hisoblanadi. So‘ng u pudratchi tomonidan ishlarning rejalashtirilgan bajarilish davri uchun qurilishning prognozli o‘zgarishiga muvofiq o‘zgartiriladi. Shartnomaning boshlang‘ich bahosini shakllantirish uchun dastlabki materiallarga quyidagilar kiradi: Kapital qurilish ob’ekti bo‘yicha yoki faqat alohida pudratchiga (bajaruvchiga) bajarish uchun berishga mo‘ljallangan ishlar va xizmatlar turlari bo‘yicha, bazisli va joriy darajalarda tuzilgan, smeta va smeta hujjatlari. Narxlarning joriy darajasini belgilanayotgan suhbatlar yoki savdolarni bajarish muddatiga hisoblash tavsiya etiladi; Buyurtmachi tomonidan tuzilgan, investitsion loyiha (kapital qurilish ob’ekti) bo‘yicha harajatlarni moliyalashtirish jadval-rejasi. Ob’ektning qurilishini moliyalashtirish jadval-rejasi qurilish tashkiloti loyihasi va investitsion loyihani yoki uning qurilish (kapital ta’mirlash) uchun rejalashtirilgan qismini amalga oshirish davri uchun ishlarni bajarish kalendar rejasi asosida tuziladi; Muhandislar smeta tuzuvchilar Ittifoqi, ijro etuvchi hokimiyatning federal va regional organlari va h.k.lar tomonidan ishlab chiqiladigan va nashr etiladigan, qurilish turlari va ishlar turlari bo‘yicha prognozli indekslar-deflyatorlar. Zarur hollarda, qurilishni amalga oshirish uchun shartnomaning dastlabki qiymati hisobi quyidagi Qoidalarga 1 ilovaga asosan shakl bo‘yicha bajariladi. Unda lokal smetalar hisoblari, aniq pudratchi (bajaruvchi)ga bajarish uchun berilishi rejalashtirilgan alohida turdagi ishlarni bajarish uchun smeta hisoblari natijalari aks ettiriladi. Qaytadan boshlanayotgan ob’ektlar bo‘yicha qurilish mahsuloti uchun shartnomaning dastlabki qiymati hisobi, dastlabki sharoitlarga bog‘liq ravishda, quyidagi variantlarda amalga oshirilishi mumkin: Download 257.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling