Qqmi BX + UX + Rj
Bevosta harajatlar o‘z ichiga quyidagilarni oladi: xom-ashyo, mahsulot va konstruktsiyalar qiymati, ishchilarning ish haqi, mashina va mexanizmlardan foydalanish harajatlari. Ularning har bir ko‘rinishi, smeta normalari va narxlari bo‘yicha ishlarning ko‘lamini tashkil qilishda bevosita hisob-kitob bilan aniqlanadi.
Ustama harajatlar – ishlab chiqarishning umumiy shartlarini, uning boshqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini tashkil etish bilan bog‘liq harajatlarning yig‘indisidir. Ularnining tarkibiga quyidagilar kiradi:
ma’muriy-xo‘jalik harajatlari;
qurilish ob’ektiga xizmat ko‘rsatish harajatlari;
qurilish maydonlaridagi ishlarni tashkil etish harajatlari;
qolgan ustama harajatlar (mol-mulkni sug‘urta qilish, bank kreditlari bo‘yicha to‘lovlar, reklama bo‘yicha harajatlar va boshqalar).
Ustama harajatlarning qiymati bevosita harajatlarning smeta bo‘yicha narxiga maxsus normalar bilan %larda belgilanadi.
Rejali jamg‘armalar (smetadagi foyda)- bu pul mablag‘lari yig‘indisi bo‘lib, ish tannarxiga tegishli bo‘lmagan va qurilish mahsuloti qiymati (narxi)ning normativ (kafolatli) qismi hisoblanuvchi qurilish tashkilotlarining alohida (umumiy) harajatlarini qoplash uchun zarurdir. Uning qiymati bevosita va ustama harajatlarning yig‘indisidan %larda hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan sarf-harajatlarning hisob-kitobi quyidagi formulalar bilan amalga oshiriladi:
Bx = Qqmi – UX + Rj;
UX = ((Qqmi - Rj)UX)/ (100 +UX);
Rj = (Qqmi – UX)/100;
Qurilish mahsulotlariga erkin narxlarni shakllantirish sharoitida rejali jamg‘armalar normasi qurilish mashina va mexanizmlariga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi-quruvchilar hamda ishchilar mehnatiga to‘lov uchun mablag‘ning aniq qiymatiga 50% yoki qurilish-montaj ishlarining smeta bo‘yicha tannarxiga 12% o‘lchamda belgilanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |