«qurilishni boshqarish» fakulteti «iqtisodiyot va kuchmas mulkni boshqarish» kafedrasi diplom ishi mavzu: Bajardi: Azimov Shaxboz Qabul qildi: Ibrаgimоv S. О


-BOB. KAPITAL QURILISHIDA SHARTNOMAVIY JORIY NARXLAR VA QURILISH ISHLARINI BOZOR NARXLARI ASOSIDA TASHKIL ETISH


Download 257.7 Kb.
bet4/19
Sana15.06.2023
Hajmi257.7 Kb.
#1482826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1 (4)

1-BOB. KAPITAL QURILISHIDA SHARTNOMAVIY JORIY NARXLAR VA QURILISH ISHLARINI BOZOR NARXLARI ASOSIDA TASHKIL ETISH
1.1.Qurilish materiallari tarmog’i mahsulotlari baholash.
Qiymat – bu murakkab iqtisodiy kategoriyasi hisoblanib, u mahsulot qiymatining puldagi ifodasidir. Qiymatning to‘g‘ri belgilanishi ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotning bosh omili hisoblanadi. Ishlab chiqarishni rivojlanishiga, ishlab chiqarishga ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari sifati va raqobatbardoshligi ortishiga aholi turmush farovonligi yaxshilanishiga aktiv ta’sir etadi.
Shu boisdan jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida qiymat siyosati davlat iqtisodiy siyosatining asosini tashkil etib kelgan va kelgusida ham shunday bo‘lib qoladi.
Qiymat bahoning asosi bu ijtimoiy zaruriy mehnat tashkil etadi.
Tovar ishlab chiqaruvchilarning tovarda gavdalangan va unda moddiylashgan ijtimoiy mehnati – bu qiymatdir. Tovar qiymatining me’yori uni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy zaruriy mehnat miqdori bilan belgilanadi, ijtimoiy normal sharoitda mamlakat bo‘yicha o‘rtacha mehnat mahorati va shiddati darajasida tovar ishlab chiqarish uchun ketadigan ijtimoiy zaruriy ish vaqi bilan o‘lchanadi. Tovar qiymatining me’yori uni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat miqdoriga to‘g‘ri proportsional, mehnat unimdorligiga esa teskari proportsionaldir.
Hozirgi vaqtda bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan baholarning shakllanishi takomillashib, ular borgan sari tovarga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat xarajatlariga yaqinlashadi. Ammo ular orasidagi farq tovar turlari bo‘yicha talab va taklif, bozor konyukturasi va ijtimoiy himoya omillarini hisobga olgan holda saqlanib qoladi. Uning darajasi mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun ketgan xarajat hisoblanadi.
Narx iqtisodiy mazmuniga ko‘ra ishlab chiqarish xarajatlari foyda va soliqlardan iborat.
Qiymatning asosiy elementi ishlab chiqarish xarajatlari yoki tannarx tashkil etadi. Tannarx muhim iqtisodiy kategoriya hisoblanib, tadbirkorlik faoliyatini muvaffaqqiyatli olib borishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Tannarx darajasi tadbirkorlik faoliyati moliyaviy natijalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi.
Tannarx-mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun ketgan barcha xarajatlarning pul ko‘rinishidagi ifodasidir. Tannarx tarkibiga barcha ishlab chiqarish xarajatlari, ishchi kuchi, asosiy vositalar eskirish, xom ashyo va materiallar sarfi kiradi.
Hozirgi sharoitda mahsulot tannarxi erkin bozor narx(baho)larining 50 foizdan ortig‘ini tashkil etmoqda.
Iqtisodiy adabiyotlarda mahsulot tannarxi davlat hokimiyat organlari tomonidan belgilangan qoida va normativlar bo‘yicha kalkulyatsiya tuzish yo‘li bilan aniqlanadi. Amaliyotda mahsulot tannarxi iqtisodiy elementlari va kalkulyatsiyasi moddalari bo‘yicha klassifikatsiyalanadi.
Iqtisodiy elementlari bo‘yicha xarajatlar quyidagilarga bo‘linadi:

  • xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar;

  • yoqilg‘i va energiya;

  • amortizatsiya ajratmasi;

  • ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratma;

  • transport xarajatlari;

  • boshqa xarajatlar.

Iqtisodiy elementlar bo‘yicha xarajatlarning turlanishi mahsulotlar tannarxi tuzilishini to‘la bilish imkonini beradi, korxona iqtisodiyotini yuksaltirish strategiyasini ishlab chiqishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha xarajatlarni turlanishi uning tarkibini xarajat yo‘nalishlari va yuzaga kelishi joylari bo‘yicha baholash imkonini beradi. Ular aniq bir mahsulot turlari va navi bo‘yicha tannarxni klassifikatsiya qilishda qo‘llaniladi.
Tannarx kalkulyatsiyasi moddalari bo‘yicha quyidagi moddalardan iborat bo‘ladi. Jumladan

  • to‘g‘ri material xarajatlari;

  • texnologik maqsadlar uchun yoqilg‘i va energiya;

  • to‘g‘ri maqsad sarflari shu jumladan asosiy ish haqi;

  • ishlab chiqarishga oid yondashma mehnat sarflari;

  • ishlab chiqarish ahamiyatidagi yondashma xarajatlar, shu jumladan asosiy ishlab chiqarish fondalari amortizatsiyasi;

  • kelgusi davr xarajatlari.

Kalkulyatsiya usuli yordamida sex ishlab chiqarish va to‘la tannarxni aniqlash imkoniga ega bo‘lamiz. Odatda kalkulyatsiya alohida bir mahsulot birligiga yoki jami tovar mahsuloti hajmiga tuzilishi mumkin.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarx kalkulyatsiyasini tuzib chiqishda normativ usuldan keng foydalaniladi. U mahsulot birligiga progressiv (ilg‘or) norma va normativlarni joriy etishga asoslangan.
Uning afzalligi iqtisodiyotda foydalanishi qulayligigina emas balki, manbalardan oqilona foydalanishga undashi hamdir.
Foyda - narx(baho)ning ajralmas muhim elementidir.
Foyda muhim iqtisodiy kategoriyalarning biri hisoblanib, qo‘shimcha mahsulotning bir shaklidir. Korxona (birlashma) tarmoq va butun xalq xo‘jaligi ishlab chiqarishning tadbirkorligi faoliyatining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichidir. Foyda daromadning bir qismi hisoblanib, barcha mamlakatlar davlat byudjetining daromadlarini asosiy qismini tashkil etadi ya’ni davlat byudjetining asosiy manbai foydadan ajratmalar va to‘lovlar hisoblanadi. Bundan tashqari foyda miqdorining ortishi ishlab chiqarishning samaradorligini ham ifodalaydi.
Foydaning miqdori bir qator muammolarni hal etilishini ham ta’minlaydi:

  • korxonaning moliyaviy ahvoliga baho berish;

  • iqtisodiy rag‘batlantirish fondlarini tashkil etish imkoniyatlarini aniqlash;

  • davlat byudjeti daromadlarini shakllanishini tahlil etish;

  • yuqori organ majburiyatlarini bajarilishini ta’minlanishini baholash.

Hozirgi kunda foyda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarida yalpi ichki mahsulot qiymati bilan uni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanmoqda. Agar ishlab chiqarish va sotish xarajatlari yalpi ichki mahsulot qiymatidan ustun bo‘lsa, bu holatda foyda o‘rniga zarar ko‘riladi.
Narx(baho) ni shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar bo‘lib, iqtisodiy qonunlar xizmat qiladi.
Jumladan talab va taklif qonuni, qiymat qonuni, jamg‘arma qonuni va hokazo.
Narx(baho) organlari bu tadbirkorlik sub’ektlari va davlat hokimiyat organlari hisoblanadi. Narx yuzasidan yagona davlat siyosatini olib boradi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida narx(baho)lar erkin ravishda ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) va iste’molchi(sotib oluvchi) orasida teng huquqli asosda belgilanadi. Asosiy turdagi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlarga davlat hokimiyat organlari tomonidan qat’iy narx(baho)lar belgilanadi.
Masalan: rangli metall, neft, va neft mahsulotlari, paxta xom ashyosi, don va boshqalar.
Yuqoridagi organlar narx(baho)larni belgilash bilan bir qatorda, ular tartibi yuzasidan nazorat ham olib boradi.
Qurilishda narxning shakllanishi – qurilish bozorida xizmatlar va materiallar qiymatining shakllanish mexanizmi. Qurilishda narxning shakllanish siyosati umumiy narx siyosatining bir qismi hisoblanadi va hamma sohalar uchun umumiy bo‘lgan narxning shakllanish tamoyillariga asoslanadi. Narx – bu iqtisodiy kategoriya va o‘zida bitta qurilish mahsuloti qiymatining pul ko‘rinishini namoyon qiladigan, sohaning rivojlanish vositasidir.

Download 257.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling