«qurilishni boshqarish» fakulteti «iqtisodiyot va kuchmas mulkni boshqarish» kafedrasi diplom ishi mavzu: Bajardi: Azimov Shaxboz Qabul qildi: Ibrаgimоv S. О
Belgilangan narxlarga ta’sir qiladigan omillar
Download 257.7 Kb.
|
1 (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Narxni shakllantirish maqsadlari
- Narxni shakllantirish strategiyalari
Belgilangan narxlarga ta’sir qiladigan omillar:
Mahsulotni tayyorlash va sotish xarajatlari; Maqsadli bozorning kon’yukturasi va firma tovariga talab va taklif munosabati; Firmaning narx siyosati. Birinchi ikkita omil narx shakllanishida hisobga olinadi. Uchinchi omil firmaning narx shakllanishi maqsadlariga (firmaning narx siyosatiga) bog‘liq holda realizatsiya qilinadi. Narxni shakllantirish maqsadlari: 1. Foydaning ma’lum miqdorini ta’minlash; 2. Sotuvlarning ma’lum hajmini ta’minlash; 3. firmaning mavjud holatini saqlab qolish; 4. raqobatchilarni siqib chiqarish; 5. bozorga yangi mahsulotlarni jalb qilish; 6. sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetakchilikka erishish. Narxni shakllantirish bosqichlari: 1. talabni aniqlash; 2. xarajatlarni baholash va narxning eng past chegarasini belgilash; 3. raqobatchilar tovarlarining narxlarini va xususiyatlarini tahlil qilish; 4. narxni shakllantirish usullarini tanlash va narxning yuqori chegarasini baholash; 5. narx siyosatini ishlab chiqish; 6. ma’lum davr uchun firma mahsulotiga narxni belgilash. Narxni shakllantirish strategiyalari: 1. sirg‘anuvchi tushuvchi narx; 2. uzoq muddatli narx; 3. bozor segmenti narxi; 4. egiluvchan narx; 5. o‘zgaruvchan narx shakllanish strategiyalari; 6. narx diskriminatsiyasi strategiyasi; 7. raqobatli narx shakllanish strategiyasi; 8. “o‘zlashtirish egri chizig‘i” bo‘yicha strategiya; 9. narxlar bilan signal berish strategiyasi. Qurilish mahsuloti uchun narx smeta asosida shakllanadi va qurilish uchun shartnoma (kelishuv)da belgilanadi. U, iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi kabi, to‘g‘ri xarajatlar (ularga qurilish materiallari, yarim tayyyor mahsulotlar, buyum va konstruksiyalar qiymatlari, ishchilarning asosiy ish haqi, qurilish mashinalari va mexanizmlari ekspluatatsiyasi uchun xarajatlar kiradi), qo‘shimcha xarajatlar va smetali foydaning yig‘indisidan iborat. Ob’ektlarni qurish uchun loyihaviy hujjatlarni ishlab chiqish tashkilot, bino va inshootlarni qurish uchun tasdiqlangan investitsiyalar Asoslanishlari asosida amalga oshiriladi. Ob’ektlarni qurish uchun aosiy loyihaviy hujjat bo‘lib qurilishning texnik – iqtisodiy asoslanishi (TIA) (loyiha) hisoblanadi, uning asosida ishchi hujjatlar ishlab chiqiladi. Jamoat qurilishi ob’ektlari va texnik murakkab bo‘lmagan ob’ektlar uchun qurilishga tasdiqlangan TIA investitsiyalar yoki shaharsozlik hujjatlari asosida ishchi loyiha yoki ishchi hujjatlar ishlab chiqilishi mumkin. Buyurtmachi va u tomonidan loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun yollangan loyihaviy, loyihaviy-qurilish tashkilotlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilayotgan shartnomada loyihalashtirish uchun topshiriq bo‘lishi lozim. Materiallar nomenklaturasi, ularni yetkazib berish tartibi va muddatlari loyihaviy ishlarni bajarish shartnomasida kelishib olinadi. Qurilish qiymatini va qurilish mahsuloti uchun erkin (kelishiladigan) narxlarni aniqlash tartibiga ko‘ra, bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida, qurilish mahsulotini baholash investor (buyurtmachi) va pudratchi tomonidan teng huquqli asosda qurilish va kapital ta’mirlash uchun pudrat shartnomasini tuzish jarayonida amalga oshiriladi. Qurilish mahsuloti uchun erkin (kelishiladigan) narxlar bo‘yicha takliflarni tayyorlashda, investorlar buyurtmasi asosida loyihaoldi yoki loyihaviy - smeta hujjatlarini ishlab chiqishda investorlar uchun smetalarni (hisob kitoblar, xarajatlar kalkulyatsiyasi) tuzish tavsiya etiladi. Tuzilayotgan shartnomani tayyorlashda (investor tomonidan tender hujjatlarining berilishida) pudratchining hisob kitoblarini (smetalar, ishlab chiqarish xarajatlarining kalkulyatsiyalarini) tuzish tavsiya etiladi. Ta’kidlash joizki, investorlar va pudratchilarning smetalari (hisob kitoblari) shartnomaning shartlari va umumiy iqtisodiy vaziyatga bog‘liq holda turli usullar bilan tuzilishi mumkin. Loyiha tarkibida tashkilotlar, bino va inshootlar qurilishining smeta qiymatlarini aniqlash uchun quyidagi hujjatlar ko‘zda tutiladi: Qurilish qiymatining erkin smeta hisobi (zarur hollarda – xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumot); Ob’ektiv va lokal smeta hisob–kitoblari; Alohida turdagi xarajatlar uchun smeta hisob–kitoblari (shu jumladan, loyihaviy va tadqiqot ishlari uchun smetalar). Ishchi hujjatlar (IH) tarkibiga ob’ektli va lokal smetalar kiritiladi. Investorning smeta hujjatlarida qurilishning qiymati narxlarning ikki variantida ko‘rsatiladi: amaldagi smeta normalari va narxlari asosida aniqlanadigan, asosiy (doimiy), hamda smetalarni tuzish paytiga hosil bo‘lgan yoki qurilishni amalga oshirish davriga prognozlashtiriladigan narxlar asosida aniqlanadigan, joriy yoki prognozli. Joriy narxlar darajasida qurilishning qiymati buyurtmachi hujjatlarida, qoida bo‘yicha, vaqtinchalik xarakterni kasb etadi va qurilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishda qo‘llaniladi. Qurilish qiymatini aniqlashda investitsion jarayonning turli bosqichlarida joriy va prognozli indekslar tizimi qo‘llaniladi, u kapital qo‘yilmalarning texnologik tizimi elementlari bo‘yicha va qurilish mahsulotining yiriklashish darajasi bo‘yicha differensiyalanadi. Qurilish qiymati va qurilish mahsuloti uchun erkin (kelishiladigan) narxlar quyidagi usullar yerdamida aniqlanishi mumkin: Resursli; Resursli-indeksli; bazisli-indeksli; bazisli-kompensatsiyali; avval qurilgan yoki loyihalashtirilgan analog-loyihalar qiymati haqidagi ma’lumotlar banki asosida. Resursli usulning qo‘llanilishi, loyihaviy yechimni realizatsiya qilish uchun zarur resurslar tariflari (xarajatlar elementlari) va joriy (prognozli) narxlarda kalkulyatsiya qilishni nazarda tutadi. Kalkulyatsiyada materiallarga, buyumlarga, konstruksiyalarga ehtiyoj, masofalar haqidagi ma’lumotlar va qurilish maydonchasiga ularni yetkazib berish usullari; hamda qurilish mashinalari va ularning tarkibiy qismlari uchun texnologik maqsadlarga, vaqtga energiya manbalarining sarfi; hamda ishchilarning mehnati uchun to‘lovlar asosida qiymatni hisoblash amalga oshiriladi. Qurilish qiymatini aniqlashning bazisli-indeksli usuli narxlarning bazisli yoki joriy variantiga hisob kitob qilingan qiymatga indekslarni qo‘llashga asoslangan. Download 257.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling