«qurilishni boshqarish» fakulteti «iqtisodiyot va kuchmas mulkni boshqarish» kafedrasi diplom ishi mavzu: Bajardi: Azimov Shaxboz Qabul qildi: Ibrаgimоv S. О


Download 257.7 Kb.
bet8/19
Sana15.06.2023
Hajmi257.7 Kb.
#1482826
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
1 (4)

St = Qqmi – (Qqmi*Rj)/ (100+Rj)
Qqmi - qurilish–montaj ishlarining (qurilishning)smeta bo‘yicha qiymati.
Rj – rejali jamg‘armalar normasi, %.
Smeta bo‘yicha tannarx – bu smetaga oid norma va narxlar bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini bajarishga ketgan harajatlardir. U qurilish-montaj ishlarini smeta bo‘yicha qiymatidan rejali mablag‘lar qiymatiga qaraganda kamroq, ya’ni
St = Qqmi - Rt,
Rt – rejadagi mablag‘larning to‘liq qiymati.
Rejadagi tannarx – bu qurilish montaj ishlarini bajarish uchun rejalashtirilgan sarf-harajatlardir. Rejadagi tannarx smeta bo‘yicha tannarxdan rejadagi kamayish qiymaticha kamroq bo‘ladi. U texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan amalga oshiriladi va mehnat unumdorligini o‘sishi va qurilish mahsulotini yaratishning ratsional usullarini tashkil etish hisobiga qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ketishi mumkin bo‘lgan harajatlarni belgilaydi. Ishlarning rejadagi tannarxi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Rt = Qqmi - Rj – 3 Q D
Qqmi – ishning smeta bo‘yicha qiymati;
Rj – rejadagi mablag‘lar;
3 – tannarxning rejalashtirilgan kamayishi;
D – smetadan tashqari ishlar uchun to‘lovlar;
Haqiqiy tannarx – bu qurilish-montaj tashkilotlari tomonidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ketgan haqiqiy harajatlar yig‘indisidir. Haqiqiy harajatlar iloji boricha kamroq bo‘lishi uchun qurilish maxsulotining sifatiga zarar yetkazmasdan pudratchi tashkilotlar resurslardan samarali foydalanishni ko‘rib chiquvchi tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqishlari, jonli mehnat va taxnikadan unumli foydalanish, bekor turib qolishlar va talofatlarga yo‘l qo‘ymasliklari kerak.
Haqiqiy tannarxni shakllantirish uchun qoida bo‘yicha qurilish korxonasi buxgalteriyasi tomonidan bajarilgan ishlarni to‘g‘ri hisob-kitob qilish katta ahamiyatga ega. Bu hisob-kitob odatda qurilish tugaguncha o‘sib boruvchi uslub bilan har bir ob’ekt bo‘yicha olib boriladi. Bu yerda qurilish tashkiloti hamda buyurtmachi yoki uning vakili tomonidan imzolangan bajarilgan ishlarni qabul qilish ishlari muqarrar foyda keltirishi mumkin. Bajarilgan ishlar hisobotini amalga oshirish vaqtida mutloq nojo‘ya oshirib yozishlar bo‘lib, qurilish qiymati va tannarxini sun’iy o‘stirish javobgarlikka tortiladi.
Ishlab chiqarish harajatlari deganda - tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qilingan barcha sarflar tushuniladi.
Korxonalarning bozorga mahsulot yetkazib berishga bo‘lgan layoqatini beruvchi muhim omil ishlab chiqarish sarf-harajatlar darajasi hisoblanadi.
Korxona tovar ishlab chiqaruvchi sifatida ishni o‘z puliga resurslar sotib olishdan boshlaydi. Korxonadagi pul kapitali bilan real kapital farqlanadi. Pul kapitali - bu resurslar olish uchun ajratilgan mablag‘. Real kapital - bu ishlab chiqarishda tovarlar va xizmatlar yaratishda amaliy qatnashadigan va aniq moddiy shakldagi vositalar ya’ni asboblar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalari, xomashyo, yoqilg‘i, materiallar va boshqalardan iborat. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-harajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil etadi.
Korxonalar, shuningdek, mahsulotni sotish bo‘yicha harajatlarni, ya’ni ishlab chiqarishdan tashqari yoki tijorat (tashish, qadoqlash, saqlash, reklama qilish va hokazo) harajatlarini ham amalga oshiradilar.
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxni tashkil qiluvchi harajatlar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra, quyidagi elementlarga asosan guruhlarga taqsimlanadi:

  • moddiy harajatlar;

  • asosiy fondlar amortizatsiyasi;

  • mehnatga haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar;

  • ijtimoiy ehtiyojlarga mo‘ljallangan harajatlar;

  • boshqa harajatlar.

Moddiy harajatlar ishlab chiqarish harajatlarining eng katta qismi bo‘lib, umumiy harajatlarning 60-80 foizini tashkil qilishi mumkin. Moddiy harajatlar o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:

  • xomashyo va materiallar harajatlari;

  • texnologik maqsadlar va xo‘jalik ehtiyojlari uchun sarflanuvchi yoqilg‘i va energiya;

  • xarid qilinuvchi butlovchi qismlar va yarim tayyor mahsulotlar;

  • sotib olingan qadoqlash va o‘rov materiallari harajatlari;

  • mashina va asbob-uskunalarni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar;

  • boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan ishlab chiqarish xizmatlari;

  • xizmat davri bir yilgacha bo‘lgan kichik qiymatli va tez eskiruvchi predmetlarning eskirishi yoki har bir instrument, inventar, laboratoriya uskunalari va maxsus kiyim-bosh uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravar miqdorigacha qiymati;

  • tabiiy xomashyodan foydalanish bilan bog‘liq soliq, yig‘im va boshqa to‘lovlar;

  • ishlab chiqarishda bekor turib qolish va sifatsizlik (brak) tufayli yuzaga keladigan yo‘qotishlar;

  • tabiiy yo‘qotishlar bilan bog‘liq bo‘lgan yoki aybdor shaxslar mavjud bo‘lmagan holda yuzaga keladigan yo‘qotishlar;

Amortizatsiya ajratmalari miqdoriga teng bo‘lgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirishi harajatlarning yirik elementlaridan biri hisoblanadi. Bular qatoriga asosiy fondlarning tezlashgan amortizatsiyasi va uning indeksatsiyasini kiritish mumkin.
Mehnatga haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar-korxonaning asosiy ishlab chiqarish personal mehnatiga haq to‘lashga sarflanadigan harajatlar bo‘lib, ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun mukofotlar, rag‘batlantiruvchi va kompensatsiya to‘lovlari, jumladan, qonunchilikda belgilangan me’yorlar chegarasida narxlarning o‘sishi va indeksatsiya uchun to‘lovlar, shuningdek, korxona xodimlari shtatida bo‘lmagan, lekin asosiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilar uchun to‘lanuvchi haqni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga qonunchilikda belgilangan boshqa harajatlar ham mavjud.
Ishlab chiqarish harajatlariga, asosiy ishlab chiqarish fondlarini ishga tayyor holatda saqlab turish-kapital, o‘rta va joriy ta’mirlash, mashina va asbob-uskunalarga qarash va ekspluatatsiya qilish uchun sarflanuvchi barcha harajatlar kiradi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini ta’mirlash bo‘yicha murakkab ishlar amalga oshirilib, harajatlar bir xilda taqsimlanmagan korxonalar (Moliya vazirligi ruxsati bilan) mahsulot tannarxi hisobiga asosiy fondlarni ta’mirlash uchun zaxira (rezerv) fondlari tashkil qilishi mumkin.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, korxona harajatlari moddiylashgan va jonli mehnat sarflaridan iborat bo‘lib, ular tovarlar korxonaga qanchaga tushganligini ko‘rsatadi.
Harajatlar ikki narsaga bog‘liq:
1. Resurslarning xarid etish narxiga; narx esa bu resurslar uchun sarflangan, ammo bozor tan olgan mehnatni bildiradi.
2. Resurslarni tejab, nes-nobud qilmay ishlatilishiga, ya’ni kam resurs sarflab, ko‘proq va sifatliroq mahsulot olishga.
Kapital qurilishda shartnomaviy narxlash O‘zbekistop Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 12 sentabr 2003 yildagi № 395 sonli «Kapital qurilishda xo’jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Mazkur qarorga asosan, O‘zbekistonda kapital qurilishdagi shartnomaviy narxlar yagona uslubiyati barcha mulk shakllari uchun qabul qilinib keladi. Shartnomaviy narxlar - bozordagi mavjud sharoitlarni hisobga olgan, material qiymatning kon’yunkturasi, ishlatiladigan mashina va mexanizmlar qiymati hamda pudrat tashkilotlarini foydasini anglatadi. Buyurtmachi va pudratchi tashkilotlarning kelishuviga asosan, qurilishda quyidagi ikki narx turi qo‘llanilishi mumkin:

Download 257.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling