Qurilishni boshqarish fakulteti «iqtisodiyot va kuchmas mulkni boshqarish» kafedrasi
Download 62.3 Kb.
|
36-16 Karimov M STATISTIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: Oraliq variatsion qatorlarda mod ava medianani xisoblash
- Moda va mediana tushinchasi va ularni qator turlarida hisoblash
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI QURILISHNI BOSHQARISH fakulteti«IQTISODIYOT VA KUCHMAS MULKNI BOSHQARISH» kafedrasi«STATISTIKA » fanidanMUStaqil ish MAVZU: Oraliq variatsion qatorlarda mod ava medianani xisoblash Bajardi: Karimov M O’qituvchi: dots.Turdiyev A
REJA: Kirish O,rtacha miqdorkar to,grisida tushincha, turkari va ularni hisoblash tartibi Moda va mediana tushinchasi va ularni qator turlarida hisoblashVariatsiya ko,rsatkichlari va dispersion tahlil asoslariXulosa Foydalangan adabiyodlar Kirish Ilk bor statistikaning vujudga kelishi amaliy ehtiyojlar bilan uzviy bog’liq bo’lgan. qadim zamonlardayoq qurolli kuchlarga layoqatli kishilar sonini bilish, soliqqa tortish ob’ektlarini belgilash zarurati tug’ilgan, natijada aholi soni, uning yoshi va jinsi jihatdan tuzilishi haqidagi ma’lumotlarga ehtiyojlar paydo bo’ldi. Bu esa davlatni aholi soni va tarkibida bo’layotgan o’zgarishlar ustidan kuzatishlar olib borishga undagan. Fuqarolik munosabatlari rivojlanib borgan sari ular bilan bevosita bog’liq bo’lgan voqealarni qayd qilishga zaruriyat ortib borgan. SHuning uchun tug’ilish, o’lish, nikohga olish, ajralish kabi hodisalarni yozib borish tartibi o’rnatilgan, keyinchalik esa odamlarning bir joydan ikkinchisiga ko’chib yurishi bilan bog’liq bo’lgan migratsiyasi (harakati)ni qayd qilish tartibi belgilangan. qishloq xo’jaligi savdo- sotiq, xunarmandchilik, sanoat va boshqa sohalar hamda iqtisodiy aloqalarning taraqqiy etishi xo’jalikka oid hodisa va amallar ustidan muntazam ravishda kuzatish olib borishni taqazo etgan. Natijada baholar va savdo-sotiq statistikasi, mahsulotlarni ishlab chiqarish va taqsimoti statistikasi va boshqa iqtisodiy statistika tarmoqlari vujudga kelgan va rivoj topgan. Bozor munosabatlari va aholi tabaqalari orasida o’zaro aloqalar kengayishi bilan birga davlatni iqtisodiyotga aralashuvi obektiv zaruriyat bo’lib qoladi. Bu esa, o’z navbatida, yangidan-yangi malumotlar to’plash, iqtisodiy hayotning hamma muhim tomonlarini qamrab olgan iqtisodiy axborot yaratish ehtiyojini tug’diradi. SHu bilan birga davlatlar orasida xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, butun jahon xo’jaligining shakllanishi va taraqqiy etishi ayrim milliy iqtisodiyot va butun jaxon xo’jaligi miqyosida tovar va xizmatlar hamda daromadlarni yaratish, taqsimlash va istemol qilish jarayonlarini har taraflama tasvirlaydigan batafsil hisobkitob yuritishni talab qiladi. Hozirgi kunda bu masala ayrim milliy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. O,rtacha miqdorkar to,grisida tushincha, turlari va ularni hisoblash tartibiStatistikada qanday ko’rsatkichlar o’rtacha miqdorlar deb ataladi? Iqtisodiyotda sodir bo’ladigan ommaviy hodisalarning tipik xususiyatlarini,tipik alomatlarini umumlashtirgan holda tavsiflovchi ko’rsatkichlar o’rtacha miqdorlar deb ataladi. Iqtisodiyotda sodir bo’ladigan har qanday hodisa o’zining yakka va umumiy miqdoriga ega bo’ladi.ammo ular o’sha hodisaning tipik xususiyatlarini umumlashtirgan holda tavsiflay olmaydi. Shuning uchun ommaviy hodisani,to’plamni tipik xususiyatlarini umumlashtiruvchi ko’rsatkichni,yani o’rtacha miqdorni aniqlash zarurati tug’iladi.Ommaviy hodisalarning har qanday xildosh ,turdosh guruhda hamma vaqt malum darajada bir-biridan farq qilish, xilma xillik mavjud bo’ladi,ularda xilma xillik borligidan o’rtacha miqdorni hisoblab olish uchun zarurat tug’iladi.O’rtacha miqdor o’zi tariflab beradigan guruhdagi turdosh bo’lgan malum hodisalarning hammasiga xos bo’lgan umumiy tipik xususiyatlarni ifodalaydi.Masalan,tuman bo’yicha paxta hosildorligini o’rganib,unga baho berish ustida gap borsa,bir fermer xo’jaligining qo’lga kiritgan hosldorligi darajasi va yalpi hosili to’g’risidagi malumotlar yetarli bo’lmaydi,chunki paxta hosildorligi darajasi va yalpi hosili miqdori har bir fermer xo’jaligida (aytaylik tumanda 1200 fermer xo’jaligi mavjud ) har xil bo’ladi. Bir fermer xo’jaligining hosildorligi ko’rsatkichi bo’yicha tumandagi paxtaning o’rtacha hosildorligi darajasiga baho berib bo’lmaydi.Shuning uchun tuman bo’yicha o’rtacha paxta hosildorligi darajasi ko’rsatkichini aniqlab,uning holatiga,dinamikasi o’zgarishiga ,uning rivojlanish tendensiyasiga baho berish mumkin.O’rtacha sonlar bir biridan farq qiluvchi yakka miqdolarning o’rtachasidir. O’rtacha miqdorlar to’plam birliklari orasidagi tafovutlarni umumlashtiradi, shu to’plam uchun xos bo’lgan tipik xususiyatlarni ,umumiy yo’nalishini ochib beradi.Boshqacha aytganda, o’rtacha miqdorlr to’plam uchun xos bo’lgan qonuniyatni ifodalaydi. O’rtacha miqdorlar bir necha turlarga bo’linadi. statistikada ko’proq qo’llaniladigani o’rtacha arifmetik, o’rtacha garmonik va o’rtacha xronologik miqdor turlaridir. O’rtacha arifmetik miqdorlar o’z navbatida ikki turga bo’linadi: 1.O’rtacha arifmetik oddiy miqdorlar 2.O’rtacha arifmetik tortqichli miqdorlar O’rtacha arifmetik oddiy miqdorlar qay vaqtda qo’llaniladi? O’rganilayotgan to’plamda o’rtalashtirilayotgan belgilar soni bir yoki bir necha teng marta takrorlanganda qo’llaniladi: =, Bunda,- O’rtacha arifmetik oddiy miqdor - belgilar miqdorlarinng yig’indisi – belgilar coni O’rtacha arifmetik tortqichli miqdorlar qay vaqtda qo’llaniladi? To’plamda o’rtalashtirilayotgan belgilar(x) bir necha marta takrorlanganda yoki belgilarning vaznlari(f) har xil bo’lgan tag’dirda qo’llaniladi: O’rtacha garmonik miqdorlar qay vaqtda qo’llaniladi? O’rtacha garmonik miqdorlar to’plamdagi variantlarning qiymati(x) va umumiy hajmi (w) malum bo’lib, variantlarning vaznlari (f) nomalum bo’lgan tag’dirda ishlatiladi: = O’rtacha xronologik miqdorlar qay vaqtda qo’llaniladi? To’plamda o’rtalashtirilayotgan belgilar(x) har oyning boshiga ma’lum bo’lgan taqdirda qo’llaniladi: bunda, yilning 1 yanvaridan boshlab, har bir oyning boshida mavjud bo’lgan belgilarni bildiradi sanalar soni (chorak bo’lsa yil bo’lsa ).
Download 62.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling