Qurilishni boshqarish fakulteti «Uy-joy kommunal xo’jaligi» fanidan Mustaqil ishi Mavzu


Download 210 Kb.
bet2/8
Sana04.05.2023
Hajmi210 Kb.
#1425280
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Baratov Shahobiddin 18.04.23

ICHAN QAL’A


  • Ichan qalʼa — Oʻrta Osiyodagi yirik va noyob meʼmoriy yodgorlik. Xivaning ichki qalʼa (Shahriston) qismi. I.q. shaharning Dishan qalʼa (tashqi qalʼa) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva raboti (Dishan qalʼa)dan baland qoʻrgʻontepaga oʻxshab koʻrinadi. I.q.ga 4 darvoza (Bogʻcha dar-voza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan kirilgan.Xorazm xalq meʼmorligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy va minoralar, asosan, I. q.da. Undagi meʼmoriy yodgorliklarning yara-tilish tarixi, asosan, 4 davrga taal-luqli: birinchisi Xorazmning qad. davridan to moʻgʻullar istilosi davriga qadar, bu davrdan Koʻqna arkning gʻarbiy devori, qalʼa devorining shim.sharqiy burchagidagi qad. davrga mansub burj va qalʼa devori qoddiqlari saklanib qolgan.

ICHAN QAL’A


  • Ikkinchisi Xorazmning 1220 y.dagi moʻgʻullar istilosidan keyin tiklanish davri. Bu davrda Sayid Alovuddin maqbarasi va b. mahobatli binolar qurilgan. Uchinchi davri 16—17-a.larga toʻgʻri keladi. Shu paytda (Abulgʻozixon va Asfandiyorxon hukmronlik davri) I. q.da Anushaxon hammomi (1657), peshayvonli Oq masjid (1675), Xoʻjamberdibek madra-sasi (1688) kabilar bunyod etildi, Koʻhna ark istehkomlari mustaqkamlandi, koʻrinishxona (xonning qabulxona-si) qurildi (1686—88). Buxoro bilan Eron oʻrtasida Xiva xonligi uchun boshlangan urush natijasida (18-a. ning 1-yarmi) I. q. va, umuman, Xiva sh. qattiq shikastlandi (Xiva bir qancha vaqt Eronga tobe viloyat boʻlib turdi).

 

 


  • Тoʻrtinchi davri 18—20-a.larni oʻz ichiga oladi. Bu davrda Oʻrta Osiyo mahalliy meʼmorligi anʼanalari asosida masjid, Madrasa, tim va toqilar qurildi. Ota darvozadan Polvon darvozagacha katta yoʻl oʻtkazildi. 18-a. oxirida Juma masjid qayta qurildi va uning yonida baland minora qad koʻtardi. I. q.ning haroba devorlari tiklan-di, bir qancha imoratlar taʼmir qilindi. 1840—12 y.larda ikki qavatli Kutlugʻ Murod Inoq madrasasiga qaratib tim va toqilar qurildi. Muhammad Rahimxon (1806—25), Olloqulixon (1825—42), Muhammad Aminxon (1845—55) hukmronligi davrida I.q.da qurilish avj oldi. Muhtasham saroy, Madrasa, maqbaralar barpo etildi: Koʻhna arksat saroy qurilishi tugallandi. Yangi va katta Tosh hovli saroyi qurildi. Polvon darvozaga yaqin qoʻrgʻon devorining bir qismi buzilib, oʻrniga Olloqulixon karvon saroyi, madrasasi va timi qurildi, xalq ijodining ajoyib namunasi Pahlavon Mahmud maqbarasi qad koʻtardi. 

Download 210 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling