Qurilishni Boshqarish fakulteti
Uchinchi tip mulkchilik shakllarini mulkchilik huquqi nuqtai nazaridan qarasak, uning hech qaysi shakliga «mulk huquqi» to’liq dastasi tegishli emas
Download 74.1 Kb.
|
Abdudaxmonov Jahongir
Uchinchi tip mulkchilik shakllarini mulkchilik huquqi nuqtai nazaridan qarasak, uning hech qaysi shakliga «mulk huquqi» to’liq dastasi tegishli emas. Turli shakllariga mulk huquqining turli kombinatsiyalari to’g’ri keladi.
Real hayotda mulkchilikning uchala tipiga muvofiq ravishda vujudga kelgan aniq mulk shakllarining asosiy qismi mikroiqtisodiyot miqyosida tashkil topgan. Mikroiqtisodiyotdagi tub o’zgarishlar natijasida, xususiy mulkning roli va ahamiyatining pasayishi sodir bo’ldi. Professorlar P. Samuelson va V. Nordxauslar bu haqda shunday deganlar: «Kapitalizmning tabiati o’zgardi: xususiy mulk ilgarigiga qaraganda kamroq xususiy, erkin korxonalar esa kamroq erkin bo’lib qoldi». Natijada XX asr oxiridan boshlab makromiqyosda klassik kapitalizm o’z xossalarini yo’qotdi, u «sof kapitalizm» bo’lmay qoldi. Shunday qilib, hozirgi paytda iqtisodiyotda mulkchilikning uch: ijtimoiy, xususiy, aralash tipi va ularga xos turli shakllari mavjud: 1. Davlat (umumiy, bo’linmaydigan) mulki. 2. Xususiy mulk (individual, xususiy kapitalistik). 3. Xamkor (pay asosida tashkil topgan umumiy mulk, ya’ni birgalikda qo’shilgan ulushga qarab o’zlashtiriladigan) mulk. Natijada turli ukladlardan tashkil topgan iqtisodiyot vujudga keldi. Uklad — bu xo’jalik yuritishning sotsial-iqtisodiy shakli. Ijtimoiy-iqtisodiy uklad mamlakatning iqtisodiy sektorida ishlab chiqarish omillariga mulkchilikning biron-bir shakliga muvofiq suratda vujudga kelgan iqtisodiy munosabatlarni, xo’jalik yuritish shaklini ifodalaydi. Ko’p ukladli iqtisodiyot turli mulk shakllari va har xil xo’-jalik turlari yaxlitligidan tashkil topgan iqtisodiyotdir. XulosaDunyoning zamonaviy siyosiy xaritasida 230 dan ortiq mamlakat mavjud. Ayni paytda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan shu mamlakatlardan birortasi ham chetda qola olgani yo’q. Hanuzgacha jahon ko’plab mamlakatlarida tashqi qarzdorligi, shu jumladan, suveren qarzdorligi, davlat byudjeti kamomodi darajasi to’xtovsiz o’sib bormoqda. Dunyo YaIMning qariyb ¼ qismini yetkazib beruvchi va dunyo xo’jaligining o’ziga xos “lokomotivi” hisoblangan AQSHning tashqi qarzdorligi 16 trln. AQSH dollaridan oshib ketdi. Buyuk Britaniya, Irlandiya kabi mamlakatlarda tashqi qarzdorlik YaIMga nisbatan 4 martadan ortiqni, Frantsiyada 2 marta, Germaniyada 1,6 marta va Italiyada 1,2 martadan ortiqni tashkil etmoqda. Dunyoning sanoqli mamlakatlarigina davlat byudjeti ijrosida profitsit ko’rsatkichga erishmoqda va yanada kam sonli mamlakatlargina YaIMning yillik o’sish sur’atida inqirozdan oldingi o’rtacha darajani saqlab qolgan xolos. Ayni paytda, inqiroz ta’sirini yumshatish, oqibatlarini bartaraf etish borasida O’zbekiston birinchilardan bo’lib, o’zining Inqirozga qarshi choralar dasturini e’lon mamlakatlar qatoriga kiradi. Ayni paytda, bu dasturning izchil ijrosi milliy iqtisodiyotning jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’sirlariga bardoshligiga zamin yaratadi. “Ayni paytda, - deb yozadi, mamlakat Prezidenti o’zining kitobi xotimasida, - bu dastur inqirozdan so’ng O’zbekiston iqtisodiyotining yanada kuchli, barqaror va mutanosib rivojlangan holda maydonga chiqishi, jahon bozorida o’zimizning mustahkam o’rnimizni egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o’sishni ta’minlash, xalqimizning hayot darajasi va faravonligini yanada oshirish bo’yicha oldimizda turgan ustuvor vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun ishonchli zamin yaratadi”1. Download 74.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling