Qurilishni Boshqarish fakulteti


Download 74.1 Kb.
bet5/11
Sana28.12.2022
Hajmi74.1 Kb.
#1017473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdudaxmonov Jahongir

1. Xususiy mulk.
2. Ommaviy mulk.
Shu bilan birga xususiy mulk ham bir necha turlarga bo`linadi: a) yakka shaxsga tegishli mulk.b)nodavlat yuridik shaxslar mulki. Ommaviy mulk esa: a) O`zbekiston Respublikasi mulki. b) ma'muriy tuzilmalar mulki.(munitsipal mulk).
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. Demak davlat barcha mulk shakllarini himoyalaydi, ularga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Agar mulkdor qonundan chetga chiqqan holda faoliyat olib borsa, o`ziga tegishli bo`lgan mulkdan mahrum bo`lishi mumkin. Fuqaro mulki xususiy mulkning o`ziga xos ko`rinishi bo`lib, mulkning boshqa turlariga nisbatan quyidagi afzalliklariga ega:
1. Mulkdor har doim konkret shaxs bo`ladi.
2. Mulkdor mulkka nisbatan eng yaqin bo`ladi.
3. Bunday mulk tashmachilik, o`g`rilik, xo`jasizlikning qurboni bo`lish ehtimolidan uzoq bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi FK ning 209-moddasiga asosan xususiy mulkning subyektlariga quyidagilar kiradi:
-uy-joylar, xonadonlar, dala hovlilar, ekinlar, hayvon va parrandalar, uy-ro`zg`or buyumlari;
- aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog`ozlar;
-ishlab chiqarish; xizmat ko`rsatish , savdo va boshqa xo`jalik faoliyati sohasidagi korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshooatlar, uskuna, transport va boshqa ishlab chiqarish vositalari;
-ixtirolar, seleksiya yutuqlari, sanoat namunalari va intellektual faoliyatining boshqa natijalari;
- iste'mol qilishga va ishlab chiqarishga mo`ljallangan har qanday boshqa mol-mulk qonunlarga muvofiq xususiy mulk bo`lishi mumkin, ayrim mol-mulk turlari bundan mustasno.
O`zbekiston Respublikasida ommaviy mulkning, xususiy mulk singari bir qancha turlari mavjud. Bularga:
a) O`zbekiston Respublikasi mulki.
b) ma'muriy –hududiy tuzilmalar mulki ( munitsipal mulk)
O`zbekiston Respublikasi mulkiga quyidagilar kiradi: davlatga tegishli bo`lgan mol-mulk, yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo`shlig`i, o`simlik va hayvonat dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar.
O`zbekiston Respublikasi ma'muriy –hududiy tuzilmalar mulkiga esa quyidagilar kiradi: mahalliy budjet mablag`lari, munitsipal uy-joy fondi va komunal xo`jalik korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, xalq ta'limi, madaniyat, sog`liqni saqlash massasalari.
O`zbekiston Respublikasida yuridik shaxslarning mulk turlari quyidagicha turlanadi:
a) mahalla mulki. b) ijara korxonasining mulki.v) xo`jalik shirkati mulki.g) diniy tashkilotlarining mulki.ye) jamoat birlashmalarining mulki.
Chet el fuqarolariga O`zbekiston Respublikasi hududidagi mulklariga egalik qilish huquqi beriladi. Davlat bu mulkning daxlsizligini va boshqa davlatlarga erkin o`tkazilishini kafolatlaydi. O`zbekiston iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan keng miqiyosdagi islohatlar shu kafolatlar mavjud ekanligidan kelib chiqib olib borilmoqda7.
Har qanday iqtisodiy tizimda bo`lganidek, bozor iqtisodiyotida ham mulk muammosi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi va harakatdagi mavjud mulk shakllarining bozor talabiga, uning xususiyatlariga mos kelishi talab etiladi. Yuqorida qayd qilganimizdek, erkin iqtisodiy taraqqiyot, xo`jalik xillarining turliligi, iqtisodiy tashabbuskorlik, raqobat holati bozorning mo-hiyatini belgilovchi asoslardir. Bular avvalo mavjud mulk shakllariga bog`liq bo`lib, ularning ifodasini tashkil etgan xolda asosan mulk mohiyatidan kelib chiqadi.
Iqtisodiy tizimlar mulk shakllarining aksi bo`lga-nidek, bozor munosabatlari ham o`zlariga xos va mos mulk shakllarini talab etadi.
Tarixda turli mulkchilik va yakka mulkchilik davrlari mavjud bo`lgan. Jamiyat turli xil mulkchilik asoslarida rivojlanib kelgan. XX asrga kelib yakka mulkchilik tizimi ham barpo bo`ldi. Bozor munosabatlari, bozor iqtisodiyotining mulk shakllariga bog`liqligi ijtimoiy mulkchilik sharoitida, ayniqsa juda ayon bo`ldi.
Хo`jaliklarning turliligi, darajalarining har xilligi kurashga da`vat etadi, ya`ni raqobatga olib keladi. Ijtimoiy mulk esa, aksincha, tenglik, bir xillik xususiyatini yaratadi. Bundan tashqari u xo`jalik yuritishda markazlashuvga olib kelib, mustaqil harakat qilish, tashabbus ko`rsatish imkonlarini yo`q qiladiki, bunday sharoit bozor taraqqiyotini inkor etadi.
Eng muhim narsa shuki, ijtimoiy mulk bir xillik bo`lsa, xususiylik turlilikdan iboratdir.
Mulk moddiy va boshqa boyliklardan foydalanish sharoitlari, munosabatlari, egalik qilish, o`zlashtirish mazmunini o`z ichiga oladi. Mulkka egalik esa ko`proq boylikka ega bo`lish va u bilan boshqa barcha sharoitlarni qo`lga kiritishdir. Shunga ko`ra u iqtisodiyot asosidir. Iqtisodiy faoliyatda mulkning hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi unga egalik darajasini kuchaytirish va boyliklarga nisbatan erkin munosabatda bo`lishga erishishda ifodalanadi. Ma`lumki, ishlab chiqarish sharoiti, taqsimot va iste`mol holati, miqdori va darajasi albatta mulk munosabatlariga bog`liq va u bilan belgilanadi. Undan foydalanish, unga egalik qilishda umumiylik va xususiylik mavjuddir, boshqacha qilib aytganda, uning qatnashchilari tenglik, tengsizlik va itoatkorlik holatida bo`lishi mumkin. Bunda albatta mulkiy munosabatlar bir xilda bo`lmay, balki turli xilda va turli ta`sirda bo`ladi.
Mulkka egaliqdagi umumiylik amalda tenglikni yuzaga keltirmaydi. Chunki, uning harakati kimdir tomonidan boshqarilishi kerak, u vakil, belgilangan shaxs, yoki tashkilot bo`lishi mumkin. Bunday sharoitda barchaning manfaatlari bir xilda e`tiborga olinishi mumkin emas, chunki, kimki mulkka yaqin u uni boshqarish huquqlariga ega bo`lsa, u manfaatdorlikdagi bir xillikka to`la rioya eta olmaydi va u o`zi, o`ziga yaqinlarning manfaatiga ko`proq e`tibor beradiki, bu boshqalarning manfaati hisobiga amalga oshadi. Shu bilan birga umumiylikda xaqiqiy mulk egaligi ta`min-lanmaydi, asosan egasizlik ustunlik qiladi. Shuning uchun ham yirik iqtisodchilarning ijtimoiy mulkda egasizlik xususiyati mavjud, deb ta`kidlashida haqiqat bor. Shuning uchun ham mulqdagi umumiylikning samaradorlik darajasi, ayrim voqelikdan tashqari, yuqori bo`la olmaydi. Bu esa ijtimoiy mulkning istiqbolini belgilaydiki, bunga asoslangan tizim uzoq umr ko`rishi, yuqori taraqqiyotni ta`minlashi mumkin emas. Bundan tashqari mulkdagi umumiylik bozor sharoitlarini inkor etadi.
Mulkdagi xususiylikning ijobiy tomonlari ko`p, u ijtimoiylikka nisbatan bir qancha ustunliklarga ega. U, avvalo, umumiylikning teskarisi bo`lgan turlilik, xilma-xillik, tengsizlik sharoitlari bilan borliqdir. Bunda egalik darajasi yuqori bo`lib, javobgarlik hissiyoti kuchli bo`ladi. Eng muhimi shaxsiy manfaatdorlik to`la yoki to`laroq ifodalanadi. Mulqdan foydalanishning shaxsga bevosita bog`liqlik darajasi yuqori bo`ladi.
Mulk xususiyligi yuritishdagi turlilik, xilma-xillik va erkinlik sharoitlarini yaratish tufayli bozor munosabatlariga mos keladigan raqobatga asos soladi. Bozor munosabati bilan mulk muammosi, uning harakatdagi shakllariga e`tibor berar ekanmiz, uning bozor iqtisodiyoti rivojida o`rni, ahamiyati, bozor uchun uning ma`qul va zarur ko`rinishlari, bozor iqtisodi rivoji maqsadida mulk munosabatlarining taraqqiyotiga e`tibor berish zarur.
Mulkchilikning turi va shakllari mavjud. Mulk turi ijtimoiy iqtisodiy tuzumlarga nisbatan belgilanib, asosan bularga xos mulkiy munosabatlarni ifodalaydi. Bunda mavjud mulk shakllari avvalo ekspluatatsiya yoki noekspluatatsiya tuzumlarining asosi bo`lib hisoblanadi. Ma`lumki, tarixan yashab o`tilgan tuzumlar ekspluatatsiya bilan bog`liq bo`lib, ularni quldorlik, feodal va kapitalizm tuzumlari deb farqlar edik. Ekspluatatsiyaning mazmuni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur boyliklar ma`lum sinf, guruhlar qo`lida bo`lib qolganlarning ular uchungina mehnat qilishi bilan belgilanadi. Mehnat qilgan mahsulot taqsimotida ishtirok etmay, kam daromad olgan va mulk egalari esa mehnatsiz ham ko`p daromad olgan. O`z mehnati bilan daromad oluvchi mulkdorlar ham bo`lganu, lekin ular asosiy guruhlar qatoriga kirmagan.

Jamiyat taraqqiyotida, avval, iqtisodiy rivojlanish natijasida aralash iqtisodiyot yuzaga kelib, ko`pchilikning mulk egasi bo`la olishi sharoiti paydo bo`ladi. Yuqori darajada ishlab chiqarish, iqtisodiy o`sish ko`pchilikning mulkka hissador bo`lishi, moddiy resurslar ishlab chiqarilgan mahsulotlarni o`zlashtirishda qatnashuvi mumkin bo`ladi. Umuman, iqtisodiy taraqqiyotda barchaning manfaatdorligi yuzaga keladiki, bu yangicha mulkiy munosabatlar mazmuniga xos mulk turini yaratadi.
Mulkchilik yakka hukmronlikdan turlilik tomon rivojlanadiki, bu shakllari taraqqiyotini ko`rsatadi Mulk to`g`risida yuqorida aytib o`tilgan fikrlar uning shakllarida o`z ifodasini topadi va o`z ta`sirini mavjud harakatdagi mulk shakllari tufayli namoyon etadi.
YAkkamulkchilik to`la ijtimoiy mulk shaklidan iborat bo`lsa, mulk shakllarining turliligi asosan davlat mulki, shaxsiy mulk, shuningdek, jamoa, qo`shma, kooperativ mulklari kabilardan iboratdir. Mulkdan foydalanishda yana qo`shimcha shakllar ham yuzaga keladi. Bular qatoriga ijara, pudrat, sheriklik, fermerlik (dehqonchilik) kabilarni qo`shish mumkin.



Download 74.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling