Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish


Download 0.61 Mb.
Sana27.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1130203
Bog'liq
16.QURILISHDA TO\'RSIMON GRAFIK copy 1

QURILISHNI TASHKIL ETISH VA REJALASHTIRISH


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QURILISHDA TO’RSIMON GRAFIK


To‘rsimon grafik elementlari
Qurilishni tashkil qilishda taqvimiy rejalashtirishning ahamiyati juda katta. Chunki har bir qurilish-montaj ishlari faqat oldindan rejalashtirilgan hajm va muddatda, ma’lum miqdordagi ishchilar tomonidan bajarilganda bino va inshootlar o‘z vaqtida sifatli qilib qurib foydalanishga topshirilishi va mahsulot tannarxini pasaytirilishi mumkin. Aks holda qurilish jarayonida favqulodda tashkiliy tanaffuslar yuzaga kelib, ko‘zda tutilmagan ayrim sarf-xarajatlar qilishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu esa qurilish muddatini, qurilish mahsuloti sifatini va uning tannarxini nazorat qilish imkoniyatini bermaydi, hamda rejada ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlarga erishishni xavf ostida qoldiradi. Qurilishda bunday hol yuzaga kelmasligi uchun taqvimiy rejalar tuziladi va qurilish ishlab chiqarishi unga muvofiq olib boriladi.
Taqvimiy rejalar yuqorida aytib o‘tilganidek 3 xil: chiziqli, siklogramma va to‘rsimon grafiklar ko‘rinishida bo‘ladi. To‘rsimon taqvimiy reja chiziqli taqvimiy rejadan o‘zining quyidagi afzalliklari bilan ajralib turadi:
- to‘rsimon kalendar rejada qurilish-montaj ishlarining tashkiliy-texnologik bog‘liqligi va ketma-ketligi yaqqol ko‘zga tashlanib turadi;
- to‘rsimon kalendar rejada qurilish muddatini belgilab beruvchi asosiy ishlar aniq ko‘rinib turadi;
- to‘rsimon kalendar rejaga muvofiq istalgan paytda qurilishning necha kunga ilgarilab yoki aksincha ortda qolayotganligini aniqlash mumkin;
-to‘rsimon kalendar rejada har bir ishning vaqt zaxirasini, ya’ni bu ishni necha kun erta yoki kech boshlab tugatish mumkinligini aks ettirish imkoniyati bor;
- to‘rsimon kalendar reja qurilish-montaj ishlarining bajarilishini rejalashtirishda, uning ko‘rsatkichlarini hisoblashda kompyuterlarni qo‘llash imkonini beradi va h.k.
To‘rsimon grafik elementlari va ularni tuzish qoidalari
«Voqea» - bir yoki bir necha ishning sodir etilganligini va navbatdagi ishlarni shu onda boshlash mumkinligini ko‘rsatuvchi belgi. U taqvimiy rejada aylana ko‘rinishidagi belgi yordamida aks ettiriladi:
Voqea vaqt ham, mehnat resurslarini ham talab qilmaydi. U tartib raqami
yordamida nomlanadi. To‘rsimon taqvimiy rejada strelka kirmagan voqea
«boshlang‘ich voqea», strelka chiqmagani esa «so‘nggi voqea» deyiladi.
«Ish» - ishlab chiqarish jarayoni bo‘lib, u vaqt va mehnat resurslarini talab qiladi. Ish to‘rsimon taqvimiy rejada strelkali uzluksiz chiziq yordamida ko‘rsatiladi:
To‘rsimon taqvimiy rejada ishlar bajarilishi va ko‘rilishi tartibi bo‘yicha
quyidagicha nomlanadi:
i-j - «ko‘rilayotgan ish»;
h-i - «oldingi ish»;
j-k - «keyingi ish».
Ishlarning nomi to‘g‘ri chiziqning ustiga, davomiyligi, ishchilar va smenalar soni
chiziq ostiga yoziladi.
Ishlar oldingi va keyingi «voqea»larning tartib raqami bilan shifrlanadi. Masalan: «7-8», «10-11» va h.k.
«Bog‘liqlik» (yoki mavhum ish) – bajariladigan ishlarning o‘zaro tashkiliytexnologik bog‘liqligini ko‘rsatadi. U vaqt ham, mehnat resurslarini ham talab qilmaydi. Bog‘liqlik to‘rsimon taqvimiy rejada uzlukli strelkali chiziq yordamida ko‘rsatiladi.
«Kutish» - mehnat resurslarini talab qilmaydigan, faqat vaqt talab qiladigan
jarayon bo‘lib, u to‘rsimon taqvimiy rejada «ish» singari uzluksiz strelkali chiziq bilan aks ettiriladi. «Kutish» mazmunan ketma-ket bajariladigan ishlar oralig‘idagi texnologik yoki tashkiliy tanaffusdan iborat:
«Yo‘l» - to‘rsimon taqvimiy rejada uzluksiz bajariladigan ishlar ketma-ketligidan tashkil topadi. Uning uzunligi tarkibidagi ishlar davomiyliklarining yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Boshlang‘ich voqeadan so‘nggi voqeagacha bo‘lgan yo‘l to‘la yo‘l deb ataladi. Bitta to‘rsimon taqvimiy rejada to‘la yo‘l bir nechta ham bo‘lishi mumkin.To‘la yo‘llar orasida eng katta davomiylikka ega bo‘lgani «kritik yo‘l» deyiladi. Kritik yo‘lning uzunligi qurilish davomiyligini, ya’ni muddatini ko‘rsatadi.
To‘rsimon taqvimiy rejani imkoniyat darajasida sodda, tushunarli va aniq qilib tuzish kerak. Buning uchun quyidagi talab va qoidalarga rioya qilish zarur:
- to‘rsimon taqvimiy rejada strelkalar chapdan-o‘ngga yo‘nalgan bo’lishi kerak;
- to‘rsimon taqvimiy reja shaklan sodda, ko‘pchilik ishlar gorizontal chiziqlar
bilan ko‘rsatilishi, bunda iloji boricha chiziqlar o‘zaro kesishmasligi kerak;
- har xil ishlar bir xil kod (shifr)ga ega bo‘lmasligi zarur, bunday hollarga yo‘l
qo‘ymaslik uchun parallel bajariladigan ishlarni taqvimiy rejaga tushirishda
qo’shimcha voqea va bog‘liqliklar kiritishga to‘g‘ri keladi:
a) noto‘g‘ri tasvir

b) to‘g‘ri tasvir
- agar biror ishni boshqa ish qisman bajarilganidan so‘ng boshlash zarur bo‘lsa, u holda bu ishni alohida mustaqil ishlarga ajratish kerak:
b) to‘g‘ri tasvir
- ishlarning o‘zaro texnologik yoki tashkiliy bog‘liqligini ko‘rsatish uchun to‘rsimon taqvimiy rejaga albatta «mavhum ish» (bog‘liqlik) kiritish zarur:
a) noto‘g‘ri tasvir
b) to‘g‘ri tasvir
- to‘rsimon taqvimiy rejani tuzishda qurilish oqimlarining uzluksiz ishlashini
ta’minlash, buning uchun esa ish frontlarini zaxvatkalar, yaruslar va bo‘linmalarga
bo‘lib ishlarning o‘zaro bog‘liqligini va ketma-ketligini to‘g‘ri aniqlagan holda
to‘rsimon taqvimiy rejani tuzish kerak:
- to‘rsimon taqvimiy rejada ayrim ishlarni biriktirish, umumlashtirish zarurati
tug‘ilsa, quyidagi qoidalarga amal qilish shart:
a) to‘rsimon taqvimiy rejada faqat bitta qurilish zvenosi yoki brigadasi tomonidan
bajariladigan ishlarnigina biriktirish, umumlashtirish mumkin;
b) agar ishlar guruhi bitta boshlang‘ich va bitta oxirgi voqelikka ega bo‘lsagina,
bunday ishlarni umumlashtirib bitta ish ko‘rinishida tasvirlash mumkin:
a) umumlashtirishdan oldingi tasvir
b) umumlashtirishdan keyingi tasvir
v) umumlashtirilgan to‘rsimon taqvimiy rejaga qaytadan (qo‘shimcha) voqea kiritish mumkin emas;
g) voqealarning tartib raqami (kodi) umumlashtirmasdan oldin qanday bo‘lsa, shundayligicha qoldirilishi kerak;
- to‘rsimon rejalarda berk ish (tupiklar), ya’ni strelka chiqmaydigan voqealar bo‘lmasligi kerak (to‘rsimon taqvimiy rejadagi so‘nggi voqea bundan mustasno);
- to‘rsimon taqvimiy rejalarda «ortiq»lar, ya’ni strelka kirmaydigan voqealar bo‘lmasligi kerak (to‘rsimon taqvimiy rejadagi boshlang‘ich voqea bundan mustasno):
- to‘rsimon taqvimiy rejalarda strelkalarning orqaga qaytishiga yoki yopiq kontur hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
a) yopiq konturli noto‘g‘ri tasvir
b) yopiq konturli to‘g‘ri tasvir
- voqealarning tartib raqamini qo‘yish «chapdan-o‘ngga» «yuqoridan-pastga»
tartibda amalga oshiriladi.
To‘rsimon taqvimiy rejani tuzish uchun avvalo qurilish-montaj ishlarining
nomlari va hajmi aniqlanib to‘rsimon taqvimiy reja tuzish jadvali to‘ldiriladi:
Qurilish - montaj ishlariga mehnat sarfini hisoblash va to‘rsimon taqvimiy reja tuzish jadvali
So‘ngra bu jadvalga muvofiq ishlarning texnologik va tashkiliy ketma-ketligini hisobga olgan holda qurilishning to‘rsimon taqvimiy rejasini tuzishga kirishiladi. Uni vaqt masshtabida qurish maqsadga muvofiq hisoblanadi. To‘rsimon taqvimiy reja ostiga ishchilar sonining o‘zgarish grafigini chizishni ham unutmaslik kerak.
To‘rsimon taqvimiy rejani tuzishda yuqoridagi talab va qoidalarga amal qilish kerak.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling