Qurilmalari elektr ta’minoti”


O‘zgarmas tok uzluksiz elektr ta’minoti tizimini hisoblash va loyihalash tamoyillari


Download 0.85 Mb.
bet8/15
Sana05.12.2020
Hajmi0.85 Mb.
#159667
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Kif-ITET-Oz-1. TOPSHIRIQ №2


2.2 O‘zgarmas tok uzluksiz elektr ta’minoti tizimini hisoblash va loyihalash tamoyillari

2.2.1 O‘zgarmas tok uzluksiz elektr ta’minoti tizimini tanlash va hisoblash usuli
Hisoblash va loyihalashda uzluksiz elektr ta’minot tizimi (UETT) markazlashtirilgan tamoyil (2.1-rasm, a ga qarang) asosida (bitta to‘g‘rilash qurilmasi (TQ) va ikki guruhli akkumulyator batareyasi (AB)) qurilgan deb faraz qilinadi.

Loyihalashda tarmoqdan iste’mol qilinadigan maksimal quvvatni hisoblash, AB va TQsini tanlash lozim bo‘ladi. Ushbu usul UETTning xar bir AB va TQsini tanlash uchun taqsimlangan va aralash tizimlar ham o‘rinli hisoblanadi.

Hisoblash uchun dastlabki ma’lumotlar:

– o‘zgarmas tok qurilmasining ta’minot kuchlanishi, ;

– o‘zgarmas tok qurilmasining maksimal toki, ;

– akkumulyator batareyalari orqali ishlash davomiyligi, ;

atrof-muhit harorati, ;

– avariyaviy yoritish tizim turi (o‘zgarmas () yoki o‘zgaruvchan () tokda);

– avariyaviy yoritish tizimining ta’minot kuchlanishi, ;

– avariyaviy yoritish tizimining maksimal toki, .

Hisoblash natijalari:

– ABsining modeli;

– kerak bo‘ladigan ABlar soni;

– TQsining modeli;

– TQning birliklari soni (modullar, bloklar);

– tizim tomonidan tarmoqdan iste’mol qilinadigan maksimal quvvat (to‘liq quvvat - , aktiv quvvat - va reaktiv quvvat - ).



Hisoblashning birinchi bosqichida talab qilinadigan akkumulyator batareyalarining elementlar sonini aniqlashdan iborat.

ning taqribiy qiymati qo‘yidagi formula bilan aniqlanadi:
, (2.16)
bu erda – qo‘rg‘oshin kislotali akkumulyator batareyasi elementidagi nominal kuchlanish.

Shundan so‘ng, tok taqsimlash tarmog‘idagi (TTT) kuchlanish yo‘qotishlarining umumiy darajasi o‘rnatiladi, bu 4% dan oshmasligi kerak va TTTdagi kuchlanishning maksimal pasayishi aniqlanadi:


. (2.17)
AB elementidagi kuchlanish gacha pasaysa, ABning razryadi oxirida uning klemmalaridagi kuchlanishning qiymati aniqlanadi:
(2.18)
AB elementidagi kuchlanish maksimal bo‘lsa , turg‘un zaryad rejimi qo‘yidagicha hisoblanadi:
(2.19)
va kuchlanishlar infokommunikasiya korxonalarining elektr ta’minoti qurilmalari talabidan kelib chiqqan holda aniqlanga ushbu uchun maqbul qiymatlar oralig‘ida bo‘lishi kerak.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling