Qurilmalarni elektr texnologik deb ataladi
-rasm: Olovbardosh materiallar
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
маърузв2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.12-rasm: Izolyatsiyalovchi materiall 1.13-rasm: Shlakli va mineral paxtalar
- Issiqlik izolyatsion materiallar 1.4-jadval
1.11-rasm:
Olovbardosh materiallar Jadvalda eng ko’p ishlatiladigan olovbardosh materiallar ko’rsatilgan. Olovbardosh matieriallarni asosiy xossalari. 1.2-rasm Material Mahsulotlar turi Zichligi Kg/m 3 Olovbar- doshlik o C Maksimal harorat Qo'shimcha ma’lumot Dinas G’isht, bloklar. 1900 1700 1650 Elektr yoy pechlarni devorlari. Elektrodinas G’isht,bloklar, fason g’ishtlari. 2000 1720 1700 Elektr yoy pechlarni devorlari, arkalar. Magnezit To’rt burchak g’ishtlar. 2600- 2800 2000 1500- 1600 Elektr yoy pechlarni devorlari, arkalar. Xromomagnetez To’rt burchak g’ishtlar 2600- 2900 1920 1500 Elektr yoy pechlarni yuqori qismi, arkalar Eritilgan magnezit To’rt burchak g’ishtlar 2700- 2800 2800 1800 Elektr yoy pechlarni devorlari, arkalar pechlarni devorlari, arkalar Shamot sinf A To’rt burchak g’ishtlar 1800 1730 1450 Qarshilik pechlarni devorlari, arkalar Shamot sinf B To’rt burchak g’ishtlar 1900 1670 1250 Qarshilik pechlarni devorlari, arkalar Engil vaznli shamot. BL-1.3 To’rt burchak g’ishtlar 1300 1670 1300 Qarshilik pechlarni devorlari, arkalar Engil vaznli shamot BL-1,0 To’rt burchak g’ishtlar 1000 1670 1300 Qarshilik pechlarni devorlari, arkalar. Yuqori glinozyomli olovbardosh VGO-62 To’rt burchak g’ishtlar 2300 1830 1600 Yuqori glinozyomli olovbardosh VKLDS-0.8 To’rt burchak g’ishtlar 800 1700 1300 Qarshilik pechlarni olovbardosh qatlami Korund To’rt burchak g’ishtlar 2600- 2900 1900 1700 Yuqori haroratli pechlarni detallari. Grafit Fason mahsulotlari. 1600- 1700 3000 2800 Yuqori haroratli pechlarni detallari. Mahsulotlarni markalarida gruppalar bo’yicha xarflar bilan belgilanadi: D – dinas, Sh – shamot, ShK – shamot-kaolinli, ShP – shpinel, V – yuqori glinozyomli, MKR – mullit-kremnezyomli, ML – mullit, MK – mullit-korund, K – korund, M – magnezit, P – perlit PSh – periklaz shpinel XM – xromomagnezit St – sirkoniy BK – badellent korund K – karbid kremniyzyom T – talk PI – periklaz ishqorli K – korderitli Issiqlikdan izolyatsiya – issiqlik isrofini kamaytirish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun issiqlikdan izolyatsiya qiluvchi materiallarga qo’yiladigan asosiy talab – yuqori darajadagi olovbardoshlik va kichik issiqlik o’tkazuvchanlikdan iborat. Izolyatsiyalovchi materiallar g’ovaksimon engil mahsulotlar bo’lib ular g’ishtlar, bloklar va plitalar shakllarida ishlab chiqariladi. 1.12-rasm: Izolyatsiyalovchi materiall 1.13-rasm: Shlakli va mineral paxtalar Sanoatda ishlab chiqariladigan elektr pechlarida quyidagi izolyatsiyalovchi materiallar ishlatiladi: diatomit, shlakli va mineral paxtalar, perlit, zonolit, asbest asosida kombinatsiyalashgan materiallar. Yuqori temperaturali pechlarda esa izolyatsion material sifatida grafitli krupka, paxta, voylok va boshqa yuqori olovbardoshlikka ega bo’lgan oksidlar va karbidlar asosidagi paxtasimon va tolali materiallar ishlatiladi. Jadvalda eng ko’p ishlatiladigan izolyatsiya materiallari ko’rsatilgan. Issiqlik izolyatsion materiallar 1.4-jadval Materiallarni nomi Zichligi kg/m 3 Ishlatishni maksimal harorati 0 C Diatomit kukuni 600-400 900 Diatomit g’isht -500 500 900 Kupiklidiatomit g’isht 400 900 Shlak mineral paxtasi 250 marka. 250 750 Shlak mineral paxta 150 marka 150 1100 Perlit 300-400 900 Shisha paxtasi 200-600 600 Mineralshishali paxta KCh 600 Kaolin paxtasi 0,2-0,5 1200 1.10. Qizdirish elementlari. Qizdirish elementlari qarshilik pechlari konstruksiyasining asosiy qismi bo’lib, pechlar ishlashining ishonchliligi va zarur bo’lgan texnologik rejimga rioya qilinishi ko’p jihatdan ularga bog’liq. Qizitish elementi materialini tanlash pechning ishlash harorati va atmosferasiga bog’liq bo’lib, bu elementlarga quyidagi talablar qo’yiladi : yuqori haroratlarda oksidlanmaslik xususiyati. (issiqbardoshlik), yuqori haroratlarda mustahkamlikni yo’qotmaslik xususiyati (issiq barqarorlik) yuqori darajadagi haroratlarda ishlov beruvchanlik, payvandlanish va boshqa xususiyatlarini saqlab qolish. Bundan tashqari qizitish elementlariga o’ziga xos spestifik talablar qo’yiladi: Yuqori solishtirma elektr qarshiligiga ega bo’lish. Qarshilik o’zgarishining kichik harorat koeffitsientiga ega bo’lish. Bu holda qizitish elementlarining issiq va sovuq holatlaridagi qarshiliklari bir biridan juda kam farq qiladi. Elektr qarshiligining o’zgarmasligi. Material qarshiligi vaqt o’tishi bilan oshmasligi, ya’ni material «eskirmasligi» kerak. Haroratiga qarab qizdirish elementlari quyidagi turlarga bo’linadi: past haroratli qizdirish elementlari -500-700 K; - o’rta haroratli qizdiruvchi elementlar – 900-1200 K; - yuqori haroratli qizdiruvchi elementlar – 2500 – 3300 K. Konstruksiyasiga ko’ra qizdiruvchi elementlar, – ochiq konstruksiyali qizdiruvchi elementlar va yopiq konstruksiyali qizdiruvchi elementlarga bo’linadi. O’z navbatida ochiq konstruksiyali qizdiruvchi elementlar – kesim yuzasi doira shaklidagi spiralsimon va zig-zag ko’rinishdagi hamda kesim yuzasi to’g’ri to’rtburchak (kvadrat) lenta ko’rinishdagi zig-zagsimon qizdiruvchi elementlarga bo’linadi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling